Reja: Kirish. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari
Download 80.48 Kb.
|
moliya bolimi xisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Mahalliy budjetdan umumtaʻlim maktablari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmi. 5. Mahalliy budjetdan sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish mexanizmi.
- “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”
REJA: Kirish. 1. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari. 2. Mirobod tumani mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibi. 3. Mahalliy budjetdan maktabgacha taʻlim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmi. 4. Mahalliy budjetdan umumtaʻlim maktablari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmi. 5. Mahalliy budjetdan sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish mexanizmi. Xulosa. Kirish. Joriy yilning 7-mart sanasidan 16-aprel sanasigacha Mirobod tumani moliya bosh boshqarmasiga ishlab chiqarish amaliyoti oʻtash uchun keldim. Amaliyot jarayonida avvalo moliya boshqarmasi ichki tartib qoidalari, ish rejimi hamda boʻlimlar joylashuvi va ular tomonidan bajariladigan vazifalar bilan tanishdim. Avvalo moliya boshqarmasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishi, budjetdan mablagʻ ajratish nima uchun zarurligi yuzasidan quyidagi maʼlumotlarga ega boʻldim. Davlat oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishi uchun maʻlum bir xarajatlarni amalga oshirishga ehtiyoj yuzaga keladi, jumladan jamiyatga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, milliy xavfsizlikni taʻminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish (bepul taʻlim, aholi sogʻligʻini saqlash va hakozolar) va boshqa vazifalarni amalga oshiradi hamda bularning barchasi xarajat talab qiladi. Mazkur xarajatlarni taʻminlash manbasi budjet daromadlari soliqlar, bojlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Davlat oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun aniq vazifalar bajarishini belgilagan holda davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlab turiladigan, davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkilotlar tashkil qiladi. Ushbu notijorat tashkilotlar budjet tashkiloti hisoblanadi. Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, oʻz navbatida iqtisodiyotni boshqarishning taʻsirchan dastagi hisoblangan davlat budjeti mablagʻlari doimo aniq bir maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Bunda, albatta, budjet-soliq siyosatni toʻgʻri yuritish, budjet mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, budjetda koʻzda tutilgan tadbirlar va dasturlarni aniq va oʻz vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada toʻliq bajarilishini taʻminlaydi. Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan oʻzgarishlarning markazida davlat budjetining shakllanishi va uning xarajatlaridan yanada samarali foydalanish, budjet taqchilligi oʻsishiga taʻsir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlashni taʻminlash, shu bilan birga budjet mablagʻlaridan foydalanish jarayonida budjet intizomlariga rioya etilishini va bunda budjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat budjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi. Joriy yilning 28-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” PF-60-son Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmonda keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur Farmonda belgilangan vazifalar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishgaga qaratilgan boʻlib, ettita ustuvor yoʻnalishdan iborat: I. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; II. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; III. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʻatlarini taʻminlash; IV. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; V. Maʻnaviy taraqqiyotni taʻminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; VI. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; VII. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish. Shuningdek, Farmonda: 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan toʻliq qamrab olinishi; “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslar boʻyicha alohida maʻlumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” bilan integrasiya qilish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-toʻrtinchi sinf oʻquvchilarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan taʻminlashni yoʻlga qoʻyish; 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobarigacha oshirish; 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlari daromad soligʻidan ozod etilishi; umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 605,0 mlrd. soʻm ajratish; 141 mingta yangi oʻquv oʻrinlarini yaratish va ularning sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish; hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini “bir qadam” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etish; xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolashga yoʻllashning elektron axborot tizimi orqali ularga bepul tibbiy xizmatlarni koʻrsatish mexanizmini joriy qilish; 2022-yilda yillik inflyatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz hamda fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari koʻrilishi, keyinchalik inflyatsiya va Davlat budjeti taqchilligi ushbu koʻrsatkichdan oshmasligini taʻminlash; 2023-yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 12 foizgacha hamda bank, moliya va telekommunikasiya kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda soligʻi stavkasini 15 foizgacha tushirish; sharoiti “ogʻir” boʻlgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subʻektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada toʻlash tizimini joriy etish; ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va maʻmuriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam koʻrsatish tartibini joriy etish va shu kabi boshqa masalalar belgilangan; Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil boʻyicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilgan. Oʻz-oʻzidan maʻlumki, mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ham qoʻshimcha budjet mablagʻlari talab etiladi. Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʻminlash, budjet mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanish muammosi hamisha dolzarb masala boʻlib kelgan va hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda. Download 80.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling