1 Depozit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi


Download 442.85 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi442.85 Kb.
#1241401
  1   2   3

1) Depozit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.
2) Faktoring operatsiyalari mohiyati va ularni tashkil etilishi.
3) Trast operatsiyalari hisobi.


  1. Depozit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.

Bank resurslari tarkibida depozitlar operatsiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning zarurligi - bank amalga oshirayotgan aktiv faoliyatda hamda operatsiyalar miqdorida bilinadi. Bank resurslari aktiv operatsiyalar orqali iqtisodiyotga joylashtirilgan miqdoridan daromad shakllanadi. Crunonchi, bank resurslari qancha ko‘p bo‘lsa, daromadi ham ko‘payadi.


Odatda, bank xodimlari banklarga jalb qilingan operatsiyalarni passivlar deb atashadi. Bu ibora bank resurslarining asosan bank balansining passiv qismida joylashganligidan kelib chiqqan. Yf’ni, bank passivlari uning resurs mablag‘larining vujudga kelish manbalari va ularning qaysi guruhga taalluqliligini belgilab beradi.
Tijorat banklari aktiv faoliyatini o‘zlarida mavjud bo‘lgan va jalb qilingan pul mablag‘lari doirasida yurita oladilar. Aynan passiv operatsiyalar aktiv operatsiyalarni olib borish uchun asos yaratadi hamda daromadli operatsiyalarning hajmini va salmog‘ini aniqlab beradi.
Shundan kelib chiqib, tijorat banklarning depozit operatsiyalari deganda aktiv operatsiyalariga asos yaratuvchi va ularni amalga oshirish uchun ishlatiluvchi, ularning hajmi va salmog‘ini aniqlab beruvchi mablag‘lar tushuniladi.
Depozit (omonat) — talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan milliy va chet el valyutasidagi pul summasi.
Depozitlar depozit operatsiyalari ob’ektlari bo‘lmish jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan muayyan muddatga yoki talab qilinganida beriladigan qilib bankdagi depozit hisob raqamiga kiritiladigan muayyan miqdordagi pul mablag‘laridir.
Depozitlar banklarda ma’lum vaqt qolib, kredit oluvchi mijozga, shu bilan birga bankga xam daromad keltiradi. Banklarning daromadi qarz oluvchining foiz so‘mmasidan kreditorga to‘lovchi foiz summasi farqi orqali kelib chiqadi.
Depozit operatsiyalarining sub’ektlari: bank - qarz oluvchi bo‘lib, pul egalari – depozit egasi hisoblanadi. Ya’ni, sub’ekt sifatida davlatning korxona va tashkilotlari, muassasalari, kooperativlar, aktsionerlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, jamiyat tashkilotlari va fondlari, moliyaviy va sug‘urta kompaniyalari, investitsion va trast kompaniyalar va fondlar, jismoniy shaxslar, bank va boshka kredit tashkilotlari ishtirok etishi mumkin. Ob’ekt esa bankga berilgan pul mablag‘lari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra depozitlar omonat tarzida talqin etilib, “Quyidagi shartlarning barchasiga muvofiq bo‘lgan, qo‘yilgan pul mablag‘lari omonatdir (depozitdir): mijozning talabiga binoan yoki muddat o‘tganidan keyin foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz yoxud omonatchi yoki uning vakolatli vakili va pul mablag‘larini qabul qiluvchi bank o‘rtasida, kelishilgan shartlar asosida qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari; subordinar qarzga, egalik qilish huquqlariga yoki xizmatlariga, shu jumladan sug‘urta xizmatlariga taalluqli bo‘lmagan pul mablag‘lari; pul mablag‘larini qabul qiluvchi bankning tegishli hujjati bilan yozma shaklda tasdiqlangan pul mablag‘lari1” ma’nosida ta’rif beriladi.
Ushbu qonunga muvofiq depozit ma’lum bir shartlar asosida mablag‘larning qabul qilinganini tasdiqlab qabul qilinishidir.



Download 442.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling