Dielektrikning fizik xossalari
Dielektrikning zichligi ni bilish mahsulot tayyorlashda materialga bo‘lgan ehtiyojni, uning hajmi yoki massasini aniqlash uchun zarurdir. Zichlik jism massasi m ning, uning hajmi V ga nisbati orqali aniqlanadi:
kg/m3 (4.1)
Organik materiallarda = (0,5-1,5) 103kg/m3, anorganik materiallarda esa =(2,5-1,5)103kg/m3. Materialning gigroskopikligi jismni ma’lum vaqt suvda ushlab turish orqali aniqlanadi:
(4.2)
bunda m1-quruq namunaning massasi, m2- namunaning suvda ma’lum vaqt ushlagandan keyingi massasi (gr). Bu kattalik dielektrikning namga chidamliligini baholashda yordam beradi.
Izolyasiyani namlikdan himoya qilish.
SHimdirish usulida izolyasiya bo‘shliqlari gigroskopik bo‘lmagan yoki kam gigroskopik qattiq yoki suyuq dieliktrik bilan to‘latiladi. SHimdirilgan materiallarga avvaliga nam singmay, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu xossa yomonlasha boradi. Ba’zi shimdirilgan materiallar o‘ziga nam olmaydi. Havo bo‘shliqlari bo‘lgan va shimdirilgan matolar qisqa muddatli namlikka bardoshli bo‘lib, ularda ET qiymati quruq shimdirilgan metallarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Izolyasiya tavsifini o‘zgartirmasdan saqlash va namlik ta’sirini kamaytirish maqsadida shimdirish usulidan tashqari, laklash usulidan ham foydalaniladi. Bunda shimdirilgan jism qalinligi 0,1-0,2 mm li lak qatlami bilan qoplanadi, lekin bu usul namlik 80 % dan oshganda o‘zini oqlamaydi.
Bundan tashqari, siqish usuli yordamida mahsulot yuzasi qalinligi 1-2mm bo‘lgan plasmassa qoplamasi bilan qoplanadi. Bu usul havo namligi 90% gacha bo‘lgan hollarda ishonchli himoya qiladi.
Mahculot yuzasini qoplash usullaridan biri, ishlov beradigan yuzaga tayyorlangan kompaund quyish usulidir. Bunda detalning tashqi qismiga mos qilib maxsus qolip yasaladi va unga suyuq holdagi plasmassa to‘ldiriladi.
Barcha hollarda jismni namlikdan himoya qilishda organik materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gigroskopik hususiyatiga ega bo‘lgani uchun o‘zidan namlikni o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |