1. Dinning mohiyati va madaniyat va din o'rtasidagi munosabatlar Diniy marosimlar Islom dini madaniyati
Download 53.04 Kb.
|
Diniy madaniyatning jamiyat taraqiyyotiga tasiri 1
ISLOM DINI
Johiliya - so‘zi arab tilida (jahula-bilmaslik) johillik, bilimsizlik, nodonlik ma'nosini beradi. Johiliya so‘zi Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniysh -ko‘pxudolik hukm surib, ular yakkaxudoliqdan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin ko‘mish, mayxo‘rlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan bo‘lib, islom dini ularga chek qo‘ydi. Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o‘z ichiga olgan qismini qadimdan Hijoz deb atashgan. Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga kelguiiga qadar ko‘pxudolik hukm surardi.Arablarning eng qadimgi dinlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizm va o‘tmish avlodlarga sig‘inishini kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko‘p arab qabilalarining nomini keltirish kifoya; asad (arslon), kalb (it), bakr (bo‘taloq), sa'lab (tulki), zi'b (bo‘ri) va h.k. Arabistonda har xil xudolarning timsoli - sanamlar qachoi paydo bo‘lgani haqida konkret tarixiy ma'lumotlar yo‘q. Harqalay, but-sanamlarga sig‘inish - dinning yangi bosqichi bo‘ldi. Eramizdan avvalgi VIII asrdayoq har bir arab qabilasining o‘z sanami bo‘lgan. Ikki qabila urushidan so‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib qabila sanamiga sig‘ina boshlardi Ba'zida g‘olib qabila mag‘lub qabilaning sanamini ham o‘z sanami yoki sanamlari safiga qabul qilishi mumkin edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo‘lib, ular ziyoratgoxlar sifatida ma'lum edi. Makka Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Ka'ba sanamlarning paiteoniga (to‘plangan joyiga) aylanib qoldi. Islom arafasida arablar orasida butparastlik shunchalik avjida ediki, hatto har xonadonning o‘z sanami bor edi, deyish mumkin. Safarga otlangan kishi bunday sanamni qo‘li bilan ishqab, so‘ng yo‘lga tushardi, safardan qaytgach esa, birinchi navbatda u yana sanamini silab-siypardi. Islom ta'limoti. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Falastin, Turkiya, Eron, Pokiston, Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Sudan, Somali singari mamlakatlar xalqlari, O‘rta Osiyo, Efiopiya, Bruney Sultonligi, Malayziya, Indoneziya hamda Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma'lum bir qismi, yevropa qitasida esa Bolqon yarim oroli, Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibirda yashovchi xalqparning bir bo‘lagi islomga e'tiqod qiladi. yer yuzida Islomga e'tiqod qiluvchilar, ya'ni musulmonlar qariyb 1,5 mlrd. ga yetadi va ular soni jihatadan xristianlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Islom so‘zi arabcha «Ollohga o‘zini toshiirish», «itoat etish», «taslim bo‘lish”, «bo‘ysunish» ma'nolarini beradi. Islomning asosiy manbasi bo‘lmish Qur'oni Karim VII asrda nozil bo‘lgan bo‘lsada, islom ta'limotiga ko‘ra bu din, yer yuzida insoniyat paydo bo‘libdiki, barchalariga nozil qilingan. Muhammad s.a.v. avvalgi payg‘ambarlar ishini davom ettiruvchi, ular dinini qayta tiklovchi, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar - Nabiiy va Rasul deb tan olinadilar. Nabiy — payg‘ambar, arab tilidan tarjimasi xabarchi, xabar yetkazuvchi ma'nolarini beradi. Paygambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob va shariatini insonlarga targ‘ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Is’hoq, Yaqub, Zakariyo kabi). Rasul - payg‘ambar, arab tilida elchi ma'nosiii anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan paygambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi (Ibroxim, Muso, Iso kabi). Islom aqidasi, asosan yetti narsa — Allohga, uning farishtalariga, nozil qilgan muqaddas kitoblariga, yuborgan payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, taqdirning yaxshiligi va yomonliga Allohdan ekanligiga, o‘lgandan keyin qayta tirilishga imon keltirishdan iborat. Bu aqidalar imon kalimalari deb atalmish olti kalimada o‘z ifodasshsh tongan. Islom dini har bir o‘zini musulmon deb atagan kishiga din arkonlari deb atalgan quyidagi besh vazifani yuklaydi: 1) Allohning yagona iloh ekanligiga va Muhammad a.s. unish payg‘ambari ekanligiga guvohlik berish; 2) kuniga besh mahal namoz o‘qish: 3) miqdoriga yetganda o‘z molidan zakot berish; 4) har yili Ramazon oyida ro‘za tutish; 5) qodir bo‘lsa umrida bir marta haj qilish. Makka davri. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Mutgalib Arabiston tarixida «fil voqsasi» nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topdilar. Misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha Paygambarning tavallud topishlari milodiy sa)ganing 571 yi/( 21 airel kuniga to‘g‘ri keladi. Otalari Abdulloh Muhammad s.a.v.tug‘ilmaslaridan oldin savdo ishi bilan Shomdan ketayotib Yasrib(Madina)da vafot etdilar va o‘sha yerga dafn etildilar. Bola sog‘lom va ziyrak bo‘lib o‘sishi uchun arablarda saxroyi ayollardan sut-ona topib emizish odati bor edi. Ana shu odatga ko‘ra, Bakri qabilasidan bir guruh ayol go‘dak so‘rab shaharga keladi. Muhammad s.a.v.ga sut-ona bo‘lish Abu Zuaybnoga qizi Halimaga nasib etdi. Halimaning eri chorvador Abu Kabsha edi. Quraysh mushriklari Payg‘ambar a.s.ni masxaralab qulganda u kishini Abu Kabshaga mansub qilib: «Bu Abu Kabshaning o‘g‘li nuqul osmondan gapiradi» deyishardi. Rasulullohni 4 yildan ortiq vaqg ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yog‘ilib turdi. «Sharxul sadr» yoki «Shaqqi sadr» («Ko‘krak yorish») voqyeasi ana shu davrda yuz berdi (Qur'oni Karimning 94-surasi). Rivoyag qilinishicha, Rasululloh Halimaning quylarini yaylovda boqib yurganlarida ikki oppoq yumshoq kishi kelib u kishing ko‘kraklarini yorishadida, ichlaridan bir narsani olib tashlab, kesilgan joyni tikib ko‘yishadi. Muhammad s.a.v.ni ikki oq kiyimli kishi olib ketayotganini ko‘rgan akalari o‘z onalariga bu xabarni yetkazishganida bibi Halima voqyea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib keladilar. Bu vaqgda kichkina Muxammad s.a.v. ranglari bir holatda turgan edilar. Keyin ularga bo‘lgan voqyeani o‘z og‘izlari bilan gapirib beradilar. Shundan so‘ng birovning farzandiga biror shikast yetib qolishidan qo‘rqqan Halima bolani o‘z onalariga toshiiradi. Download 53.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling