marosim orqali muloqotning boshqa vositalari samara bermaydigan
vazifalarni bajaradilar. Unda harakat yoki munosabat muayyan
sirli mazmunni ifodalaydi. Har bir harakat yoki o‘qilgan duo
ramziy mazmun kasb etadi. Inson va sig‘inish ob'ekti o‘rtasida
g‘ayritabiiy aloqa mavjudligiga ishonch mustahkamlanadi. Kishi
diniy marosimlarni bajarish bilan g‘ayritabiiy kuchni o‘z
ittifoqchisi va madadkoriga aylantirishga umid qiladi.
7.Dinshunoslikni axloqshunoslik, arxeologiya, sotsiologiya,
psixologiya, falsafa, antropologiya, madaniyatshunoslik, filologiya,
tarix fanlari bilan bog‘liq holda o‘rganish kerak.
8. axloqshunoslik, arxeologiya, sotsiologiya, psixologiya, falsafa,
antropologiya, madaniyatshunoslik, filologiya, tarix fanlari
9. Din – o‘ta murakkab ijtimoiy hodisa. U o‘ziga xos tarkibga ega
bo‘lib, kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyoti hosilasidir. Din kishilarning g‘ayritabiiy kuchlarning
mavjudligiga ishonishdan yuzaga kelgan. Zero, «din» so‘zi arab
tilidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «ishonch», «ishonmoq» degan
ma'nolarni anglatadi.
Hozirgi zamon dinlari murakkab tarkibiy qismga ega. Uning
tarkibiy qismiga diniy ong, marosim va tashkilotlar kiradi.
Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutadi. Diniy
ong diniy tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni
ifodalaydigan qarashlar tizimidir. Dinni tarkibiy qisimlari qatorida
diniy ong ustuvor ahamiyatga ega, chunki diniy marosim va diniy
tashkilot kishilar ongida va jamiyatda diniy tasavvurlarni
mustahkamlaydi va saqlanib qolishiga ko‘maklashadi.
10. Din – e'tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi.
Diniy nuqtai nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e'tiqodlarga, ya'ni
ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar etkazuvchilarning
g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar
atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada
turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot
kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga
(muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga,
qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo
muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan
belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni
aqida sifatida qabul qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |