1. Dinshunoslik fanining maqsadi nima ? Dinshunoslik fanining vazifalari nimalardan iborat ?


marosim orqali muloqotning boshqa vositalari samara bermaydigan


Download 79.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana07.12.2021
Hajmi79.9 Kb.
#178973
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu topshiriqlariga javoblar

marosim orqali muloqotning boshqa vositalari samara bermaydigan

vazifalarni bajaradilar. Unda harakat yoki munosabat muayyan

sirli mazmunni ifodalaydi. Har bir harakat yoki o‘qilgan duo

ramziy mazmun kasb etadi. Inson va sig‘inish ob'ekti o‘rtasida

g‘ayritabiiy aloqa mavjudligiga ishonch mustahkamlanadi. Kishi

diniy marosimlarni bajarish bilan g‘ayritabiiy kuchni o‘z

ittifoqchisi va madadkoriga aylantirishga umid qiladi.

7.Dinshunoslikni axloqshunoslik, arxeologiya, sotsiologiya,

psixologiya, falsafa, antropologiya, madaniyatshunoslik, filologiya,

tarix fanlari bilan bog‘liq holda o‘rganish kerak.

8. axloqshunoslik, arxeologiya, sotsiologiya, psixologiya, falsafa,

antropologiya, madaniyatshunoslik, filologiya, tarix fanlari

9. Din – o‘ta murakkab ijtimoiy hodisa. U o‘ziga xos tarkibga ega

bo‘lib, kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy

taraqqiyoti hosilasidir. Din kishilarning g‘ayritabiiy kuchlarning

mavjudligiga ishonishdan yuzaga kelgan. Zero, «din» so‘zi arab

tilidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «ishonch», «ishonmoq» degan

ma'nolarni anglatadi.

Hozirgi zamon dinlari murakkab tarkibiy qismga ega. Uning

tarkibiy qismiga diniy ong, marosim va tashkilotlar kiradi.


Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutadi. Diniy

ong diniy tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni

ifodalaydigan qarashlar tizimidir. Dinni tarkibiy qisimlari qatorida

diniy ong ustuvor ahamiyatga ega, chunki diniy marosim va diniy

tashkilot kishilar ongida va jamiyatda diniy tasavvurlarni

mustahkamlaydi va saqlanib qolishiga ko‘maklashadi.

10. Din – e'tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi.

Diniy nuqtai nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e'tiqodlarga, ya'ni

ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar etkazuvchilarning

g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar

atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada

turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot

kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga

(muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga,

qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo

muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan

belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni

aqida sifatida qabul qilishdan iborat.

Download 79.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling