1. Diqqat xajmi Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash
Download 34.78 Kb.
|
Diqqat xajmini o’lchash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotira turlari, faoliyatga ko’ra xotira turlari, maqsadiga ko’ra xotira turlari, muddatiga ko’ra xotira turlari.
Xotiraning nerv-fiziologik asosi. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o`rganish bo`yicha uchta nazariya mavjuddir. Bular psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalardir.
Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jixatdan eng eski nazariya bo`lib, u fanda ko`p va turli – tuman nazariyalarning olg`a surilganligi bilan mashxurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol o`ynashligi va bunda faollikning moxiyatiga qanday yondoshuv zarurligi bilan baxolash mumkin. Nazariyaning birinchi guruxi assoo`iativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga ko`ra, muayyan psixik xosilalar ongda bir vaqtning o`zida yoki bevosita birin-ketin paydo bo`lsa, u xolda xosilalar o`rtasida assoo`iativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir kismi takroran paydo bo`lishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assoo`iao`iyalar uch turli bo`ladi: o`xshashlik, yondoshlik va qarama – qarshilik assoo`iao`iyalari. Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari xaqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog`liqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari xaqida» gi ta’limotining eng muxim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko`ra xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada xosil bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog`lanishlar qanchalik mustaxkam bo`lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo`ladi. Ana shu muvaqqat bog`lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so`nib, yo`q bo`lib ketishi esa unitishga sabab bo`ladi. Bioximik nazariya. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o`rganishning neyrofiziologik usuli bioximik Tadqiqotlar darajasiga tobora yakinlashib va kushilib ketmokda. Bu usul ushbu fanlarning o`zaro tutashgan joyida olib borilayotgan ko`plab tadqiqotlarda o`z tasdigini topdi. Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat. Birinchi bosqichda (ko`zgovchining bevosita ta’siridan sung) miya xujayralarida asl xoliga qaytuvchi fiziologik o`zgarishlarni keltirib chiqaradigan qisqa muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oksil moddalarning xosil bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni qisqa muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi deb xisoblaydilar. Xujayralarda qaytarilmaydigan o`zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi xisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashkqi qo`zgovchilar ta’siri ostida nerv xujayralarida ro`y beradigan o`ziga xos ximiyaviy o`zgarishlarning izlarini mustaxkamlash, esda saqlab qolish va yana qayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi. Xotira turlari, faoliyatga ko’ra xotira turlari, maqsadiga ko’ra xotira turlari, muddatiga ko’ra xotira turlari. Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo`ladigan faoliyatining xususiyatlariga bog`liqligi xotiraning xar xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo`lib xizmat qiladi. Bunda xotira uchta mezonga muvofiq bo`linadi: Psixik faollik xususiyatiga kura xarakat, emoo`ional obrazli va so`z-mantiqli turlariga bo`linadi. Faoliyat maqsadiga ko`ra ixtiyorli va ixtiyorsiz turlarga bo`linadi. Materiallarni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga kura,qisqa muddatli, o`zoq muddatli va operativ xotira turlariga bo`linadi. Download 34.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling