1. Diqqat xajmi Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash


Download 34.78 Kb.
bet2/5
Sana17.10.2023
Hajmi34.78 Kb.
#1705581
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqat xajmini o’lchash

Ixtiyorsiz diqqat maqsadsiz, rejasiz yuz beradi. Bunday xollarda faoliyat marokliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda sodir bo`lishligi bilan o`ziga jalb qiladi. Odam o`ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, xodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi.
Ixtiyoriy diqqat deb ongimizni aniq maqsad asosida va idoraviy kuch yordamida keraqli ob’ektga yunaltirishga aytiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ijtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni karatish uchun o`z oldimizga ongli suratda maqsad qo`yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash uchun kurashib va xar qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatimizni ongli ravishda narsaga karatamiz. Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi.
Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shugullanishga qaror qilar ekanmiz, diqqatimizni xatto ayni chog`da biz uchun qiziqarli bo`lmagan, lekin biz shugullanishni lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Demak, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jixatdan farq qiladi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan kelib chiqqan. Odamda ixtiyoriy diqqat mexnat jarayonida yuzaga keladi. CHunki mexnat maqsadga muvofiq fasliyatdir. Maqsad ko`zlash esa o`z tarkibiga diqqatni yo`naltirishni ham oladi. Ijtimoiy xayot extiyojlari odamda o`z diqqatini mexnat faoliyati uchun muxim ahamiyatga ega bo`lmagan narsalarga qaratmaslik va mexnat jarayoni bilan bog`liq narsa ustida to`plash ruxida tarbiyalaydi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat kabi odamning qiziqishlari bilan mustaxkam bog`liqdir. Lekin, agar ixtiyorsiz diqqatda qiziqishlar bevosita bo`lsalar, ixtiyoriy diqqatda bavosita xarakterga ega bo`ladi. Faoliyatning o`zi bizni qiziqtirmasligi mumkin, ammo faoliyatni bajarishda yuklangan vazifani xal qilish uchun zarur bo`lgani tufayli ana shu maqsad nuktai nazaridan faoliyat biz uchun qiziqarli bo`lib qoladi.
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning ana bir to`rini qayd qilib o`tish lozim, bu diqqat, ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga kartilgan bo`lib, lekin doimiy irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Masalan, o`quvchi uy topshirigini bajarishga kirishganda dastlab bu ishga o`zini majbur qiladi, ataylab diqqatni ish ustiga to`playdi, irodaviy zo`r beradi. Lekin ishga kirishib olgach, endi irodaviy zo`r berish pasayadi, diqqat o`z-o`zidan ish ustiga to`planadi, o`quvchi esa ishni berilib bajara boshlaydi. Ana shu paytda o`quvchining diqqati ixtiyoriy diqqatdan muvofiqlashgan diqqatga aylanadi.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo’lmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ong­li suratda ko’zlangan maqsadlar bilan bog’liq bo’ladi va ongli qiziqishlar qo’llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o’xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ix­tiyoriy diqqat paytida irodaviy zo’r berish deyarli bo’lmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jiha­tidan farq qiladi. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat ko’lami, diqqat taqsimlanishi.
Diqqat bir necha xususiyatga ega bo`ladi:

  1. Diqqatning ko`lami.


  2. Diqqatning kuchi va barqarorligi.


  3. Diqqatning bo`linishi.


  4. Diqqatning ko`chishi.


  5. Diqqatning tebranishi.


  6. Parishonlik.




Diqqatning barqarorligi deganda biror faoliyat ustida uzoqroq vaqt ushlanib turishligini tushinamiz. Diqqatning barqarorligi uning kuchi bilan chambarchars bog`langandir. Odatda kuchli diqqat o`z navbatida barqaror ham bo`ladi.
Diqqat tebranish xususiyatiga ham egadir. Agar juda kuchsiz, zo`rga eshitiladigan ovozga kulok soladigan bo`lsak, masalan, soatning chikqillashiga kulok solsak, diqqatimiz jiddiy karatilgan bo`lishiga qaramay, bu ovoz gox baland, gox past eshitiladi. Bir – biriga yaqin bo`lgan yorug`lik farqini ajratishda ham xuddi shunday xodisa yuz beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari xisoblab chiqilgan. Ma’lum bo`lishicha, diqqat tebranishning davomiyligi uncha katta bo`lmay, 1,5 sekunddan 2,5 sekundgacha etadi.
Diqqatning bo`linishi – psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o`zida diqqatimiz ikkita va undan ortik narsalarga karatiladi. Diqqat xakikatan ham bo`linadimi? Bu soxada Ko`plab tajribalar utkazilgan. Natijada, ayrim Tadqiqotchilar diqqat bo`linadi desalar, boshqalari u bo`linmaydi, aksincha bir faoliyatdan ikkinchi faolyaiga tez kuchadi degan xulosaga kelganlar.
Albatta, diqqatning bo`linishi uchun bajarayotgan ishlarimiz ma’lum darajada avtomatlashgan bo`lishi lozim. Masalan, rulga yangi utirgan shofyor tormozni bosaman deb gazni bosib yuboradi yoki mashinani boshqarishga diqqat qilgan xolda yuldagi chuqurlikni kurmay koladi.
Diqqat xususiyatlaridan yana biri uning ko`chishidir. Diqqatning ko`chishi deganda uning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez o`tishini tushunamiz. Masalan, talabaning diqqati ma’ro`za tinglashdan uni yozishga, sung yozganini tushunishga, yana ma’ro`za tinglashga tez kuchib turadi. Diqqatning kuchishini olimlar komplikao`iya degan asbob bilan ulchaydilar.
Parishonxotirlik – bu diqqatning kerak bo`lganida boshqa ob’ektga tez kuchmasligidir. Parishonxotirlik diqqatning salbiy xususiyati bo`lib xisoblanadi. Uni ikki xil ma’noda tushinish mumkin: biri kerak bo`lganida diqqatning kuchmasligi bo`lsa, ikkinchisi, aksincha, uning bir faoliyat ustida tuxtab turmasdan chalg`ib ketaverishidir.
Birinchi xil parishonlik ko`proq yozuvchilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi fikrga astoydil berilganligi sababli atrofidagi narsalarni, xatto yonidagi odam murojaat qilayotganini ham sezmaydi.
Ikkinchi xil parishonxotirlikda odam biror narsa ustida diqqatini o`zok to`play olmaydi, bir narsadan ikkinchi narsaga, bir xodisadan ikkinchi xodisaga tez o`tib turadi. Bu xolat yosh bolalarda tez uchrab turadi, ya’ni ular aytilgan gapni tez uno`tib quyadi. Diqqatning salbiy xususiyatlaridan yana biri uning chalg`ishidir.
Diqqatning chalg`ishi deganda uning asosiy faoliyatdan ikkinchi darajali narsalarga o`tib ketaverishi tushuniladi. Masalan, sinfda utirgan o`quvchi diqqatini kuldan tushib ketgan kalam tovushi ham, deraza orkasida eshitilayotgan odam tovushi ham chalgitishi mumkin.
Diqqatning xususityalariga uning ko`lamini ham qo`shish mumkin. Diqqat ko`lami jixatdan tor va keng bo`lishi mumkin. Buni biz taxistoskop degan asbobda o`lchab bilishimiz mumkin. Shaxsda diqqat rivojlanishi.
Ta’lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg’ayishi ta’siri ostida o’sib boradi.
Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatin biron-bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko’rina boshlaydi. Bunda bola diqqatini to’planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o’ziga jalb qiladigan qo`zg`atuvchilarning taassurotini engishga to’g’ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo’lishga va jamiyatda yashash qoidalariga o’rgatadilar. Bularning hammasi ixtiyoriy diqqat bolaning o’z tashabbusi bilan ham o’sa boshlaydi.
Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o’sa bosh­laydi. O’qish jarayonining o’zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to’planishi va barqarorligining o’sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg’aygan sari diqqatning ayrim sifatlari ko’lami, ko’chuvchanligi, kuchi va barqarorligi o’sib boradi. Bolalarning diqqati avvalo ko’lamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan ko’chishi va bo’linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni ko’rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qo’liga ushlatib qo’yib, ikkinchi qo’liga boshqa narsa bersak, u birinchi qo’lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o’z qo’lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bo’linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning o’yin faoliyatlarida, o’qish va amaliy mehnat jarayonida o’sib boradi.
Bolalarning yoshlari ulg’aygan sari diqqatning kuchi va barqarorli­gi o’sa boradi. Bu xususiyatlari o’yin, mehnat va o’qish jarayonlarida o’sadi.
O’qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo’lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o’sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o’sishi katta yordam beradi. Bola xabtining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo`zg`atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta’sirli bo’ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob’ektning tashqi tomonlariga ko’proq qiziqa boshlaydi. Endi bola biror predmetga ko’proq qarashi, uni og’ziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.
Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bo’la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqat­ning rivojlanishida o’yin katta ahamiyatga egadir. Agar bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo’lmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bo’lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o`quv jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya’ni darsda qanday o’tirish, maktab topshirig’lari, o’g’ituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol o’ynaydi.
Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalar o’z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ix­tiyoriy turi o’yin davomida faqat epizodik tarzda sodir bo’ladi. O’quv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rshojlanishiga jiddiy talablar qo’yadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatinint asosiy xususiyati ix­tiyoriy diqqatning o’sib borishidir. Quyi sinf o’quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab ular asab tizimining gez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun o’qituvchi o`quvchilar diqqatini tarbiyalashda o`quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko’rgazmalar, xilma-xil bo’lishiga harakat qilishi kerak, o`quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg’ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o’ylab ko’rishi lozim.
O`quv faoliyatini to’g’ri tashkil etish boshlang’ich sinflardayoq shakllanib, o’smirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O’smirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko’p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo’shqin G’ayrat, istak uyg’onadi. Bu bir tomondan, diqqatning turlanishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalg’ish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali o’smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo’naltirish va unda tutib turish imkonini beradi.
O’qituvchining mohirona o`qituvchiligi va kuchli nazorati o’rta yoshdagi o`quvchilarning diqqatini to’g’ri tarbiyalashni ta’minlaydi. Bunday sharoitda o’smirning o’zi ham o’zida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi.
Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bog’lig’. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan ta’limga oliy ma’suliyatli bo’lish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor so’nggi ixtiyoriy diqqatning, ya’ni irodaviy diqqat­ning paydo bo’lishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi.
Ko`p yillik o’qish davomida tobora g’iyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo bo’ladi, uning natijasi yug’ori sinf o`quvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bo’lgan ish ustida ham o’z diqqatini nisbatan engil to’play oladigan bo’ladi.
Bunday yigit-qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan o’rganish qobiliyatiga ega bo’ladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, xatto o’smir ham ko’rgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj bo’ladi. YUg’ori sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda o’qitishning mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Maktab yoshidan boshlab esa ixtiyoriy diqqat juda tez usa boshlaydi. O`qish ishida – darsni eshitish, kitob o`qish, masalalarni echishda ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Bundan tashqari, o`qish ixtiyoriy diqqatni o`stirib qolmasdan, balki uning kuchi, barqarorligini o`sishiga ham yordam beradi. Iroda diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turuvchi asosiy faktordir. SHuning uchun diqqatga doir bu sifatlarning keyingi taraqqiyoti ham iroda taraqqiyoti bilan bog`liqdir.
O`quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg’ulotlarini intizomlashtiruvchi ta’siri, dars davomida sinfda o’tirish, o`quvchilarning so’zlarini eshitish zaruriyati, chalg’imaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. har turli ta’lim ishlari maktabdagi o`quv mashg’uloti ustida ongning yo’nalganligi va to’planganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko’pincha kuchli bo’ladi. SHuning uchun ularning diqqatlari qisqa vag’t ichida davom etsa ham kuchli bo’ladi.
Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo’la boshlaydi. SHuning uchun pedagog o`qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o`quvchi uzog’ vag’t diqqatli bo’lishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib g’olsa, u zarur vazifani bajarishdan chalg’ib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni o’rganayotgan o`quvchi kino yoki biror o’qigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o’tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. O’zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan o’tirgan o`quvchilar boshqa darslarda o’qituvchilarni ancha tashvishga solib qo’yishlari mumkin.
O`quvchilarning o`quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qaragan ko’p jihatdan darsda o`quvchining o`quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda o`quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, o’qitishning mazmunini jiddiy o’ylab ko’rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu shart-sharoitlarga rioya qilinsa o’smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba’zi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay o’z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to’xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o’zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo’lsa, o’zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan: hamma predmetlardan beriladigan vazifalar.
O’smirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham o’zgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab o`quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, o’smir esa o’zining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o’g’ituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlashi mumkin. Xotira haqida tushuncha, xotiraning nerv-fiziologik asosi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va uno`tish kabi asosiy jarayonlar mavjud bo`ladi. SHu jarayonlarning xar biri aloxida mustaqil psixik xususiyat xisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o`sha faoliyat bilan belgilanadi.
Muayyan bir materialni esda olib qolish xayot faoliyati jarayonida indiviual tajriba orttirishga bog`liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik faoliyatda qo`llanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog`liq bo`ladi. Chunki xar bir muayyan paytda kishining xulq – atvori uning butun xayotiy tajribasi bilan belgilanadi.
Xotira psixologiyaning eng ko`p o`rganilgan bo`limlaridan biri bo`lib xisoblanadi. Lekin xozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada o`rganilishi uni fanning tag`in ham muximroq muammosiga aylantirib qo`ydi.

Download 34.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling