Mavzu: diqqatning fiziologik mexanizmi


Download 28.07 Kb.
bet1/3
Sana28.02.2023
Hajmi28.07 Kb.
#1235850
  1   2   3
Bog'liq
DIQQATNING FIZIOLOGIK MEXANIZMI


MAVZU: DIQQATNING FIZIOLOGIK MEXANIZMI


Rеja:

1.Diqqat to`g`risida tushuncha.


2.Diqqatning fiziologik asoslari.
3.Diqqatning turlari va xususiyati.
4.Diqqatning rivojlanishi.


Tayanch so`z va iboralar: Diqqat, optimal qo`zg`alish, tormozlanish, manfiy induktsiya, diqqatning bo`linuvchanligi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat, diqqatning yo`naltirilganligi.

Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi.


Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir.
Inson his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz yo`qolmaydi. Ular ma’lum miqdorda xotirada saqlab qolinadi, mustahkamlanib va kerak bo`lganda qayta esga tushiriladi. Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idrokimiz miya po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirilishidan, ular ma’lum vaqt davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi. O`tmish tajribamizda nimaiki hodisa yuz bergan bo`lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirishi yoki tanish xotira deb aytiladi. Agar odamlar o`zlarining o`tishish tajribalarini esda saqlay olmasa va qayta tiklash qobiliyatiga ega bo`lmasa bilimlarni egallashning har qanday imkoniyatidan mahrum etilgan va ularning aqli darajasida qolavergan bo`lar edi. Shu sababdan ham har bir odamning vazifasi o`z xotirasini boyitishdan iboratdir. Esda olib qolish jarayonida odamda bir narsa yoki hodisa bilan boshqa narsa yoki hodisa o`rtasida o`zaro aloqa bog`lanadi. Masalan, biz yangi topishgan kishining ismini esda qoldirishda bu isimni hamma mazkur kishi bilan uning tashqi qiyofasi va boshqa xususiyatlari bilan bog`laymiz. Ma’lum bir tarixiy faktni o`zlashtirishda uni boshqa tarixiy hodisalar bilan bog`laymiz, uning ma’lum bir davrga taalluqli ekanini aniqlaymiz. Shunday qilib esda qoldirish - biron bir yangi narsani ilgaridan odam ongida mavjud bo`lgan boshqa narsa bilan bog`lashdan iborat.
Odamga juda kup tashki qo`zg`aluvchilarr ta'sir qilib turadi, odamda har turli bir xil extiyojlar bo`ladi. Shu extiyojlarga mos kеladigan tashki ko`zgalish shaxs uchun har xil axamiyat kasb etadi. Ayni paytda juda katta axamiyat kasb etgan ichki mayllar bilan tashki ko`zgatuvchilarning o`zora munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik haraktеrida ifodalanadi. Ma'lum ob'еktni mukarrar tanlab olish diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi.

Download 28.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling