Misol. Ikki komponentli, shaffoiligi 35 va 60 % bo'lgan don partiyasidan, shaffofligi 50 % bo'lgan pomol pariiyasi tuzish kerak.
35 10
50
60 15
"Pomol" partiyasidagi qismlar soni 25 ni tashkil qiladi. Shunda shaffofligi 35 % boigan pomol partiyasi bo'lgan komponentning ulushiga 10 qism va ikkinchi komponentning ulushiga 15 qism to'g'ri keladi.
Komponentlami aralashtirish uchun:
Birinchisiga Ikkinchisiga
100x10 100x15
-----------------=40% ----------------=60%
25 25
35x40+60x60
Aralashmani shaffofligini tekshirib ko'ramiz: C= ----------------------------- =50%
100
Shunga o'xshash uch yoki to'rt komponentlar uchun hisob-kitob qilinib, boshqa grafiklar tuzamiz.
Jadvalda ikki variant asosida misol keltirilgan. Unda birin-chi komponentning ulushi 12, ikkinchisiniki 16, aralashma esa 28 qismdan tashkil topgan.
32 - jadval
Donning "pomol" partiyasini hisoblash
100x2 100x16
Binobarin, m1=--------------------------=43% m2=---------------------=57%
28 28
Teginnon boshlig'i, laboratoriya mudiri, bosh muhandis shu usulda "pomol" partiyalarni tuzib, tegirmondagi asosiy uskunalar bo'lgan valli stanok, rassev va sovurish — elash elaklardan unumli foydalanib, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqishga erishadilar. Bu masala tegirmonning eng asosiy mezoni hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. Don tayyorlash partiyasini tuzishning maqsadi nima?
2. Don tayyorlash partiyasini to'g'ri tuzish qanday natijaga olib keladi?
3. Don tayyorlash partiyasini tuzishda nimalarni bilish shart?
4. Don tayyorlash partiyasiga necha% gacha kuchli bug'doy aralashtrish tavsiya etiladi?
5. Don tayyorlash partiyasi retsepturasi qanday ko'rsatkichlar orqali amalga oshiriladi?
6. Don tayyorlash partiyasini necha xil usul bilan hisoblash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |