1. Drozofila pashshasi qanotining uzun bo‘lishini dominant a geni va kalta bo‘lishini retsessiv a


Download 37.99 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi37.99 Kb.
#1247187
  1   2
Bog'liq
Genetika Oraliq (1)


1.Drozofila pashshasi qanotining uzun bo‘lishini dominant A geni va kalta bo‘lishini retsessiv a
geni ta’minlaydi. Gomozigotali uzun qanotli pashshalar kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 pashshalarining qanoti qanday bo‘ladi(I)? F1 da olingan urg‘ochi va erkak pashshalar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday
bo‘ladi(II)? F1 pashshalari kalta qanotli pashshalar bilan qayta chatishtirilsa-chi(III)? Javob: I-Uzun qanot; II- genotip 1:2:1 nisbat; fenotip 3:1 nisbat; III-genotip va fenotipda 1:1 nisbat
2. G‘o‘za tolasining qo‘ng‘ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvotrangda bo‘ladi. Qo‘ng‘ir tolali bilan oq tolali g‘o‘za navlari chatishtirilganda F1 da 1800
ta o‘simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi novvotrangda bo‘ladi? Javob: 1800 ta
3. Odamlarda I qon guruhi I°I°, II qon guruhi I AI A yoki I AI°, III qon guruhi I BI B yoki I BI °, IV qon guruhi I AI B genotip bilan ifodalanadi. Raxit kasalligi X xromosomada joylashgan dominant
gen ta’sirida yuzaga chiqadi. Raxit bilan kasallangan II qon guruhili ayol va III qon guruhili sog'lom erkak oilasida I qon guruhili sog‘lom qiz tug'ildi. Ushbu oila haqida bildirilgan qaysi fikr noto’g‘ri?
B) Kasal va sog'lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 1:2 nisbatda bo‘ladi
4. Tariq o‘simligida poyasining baland va donining yirik bo`lishi poyaning past va donining mayda bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Tajribada digeterozigotali tariq navlari o‘zaro
chatishtirildi. Agar 400 ta past poyali o‘simlik olingan bo‘lsa, o‘simliklarning qanchasi baland bo‘yli yirik donli bo‘ladi?
A) 300 B) 100 C) 400 D) 900
5. Odamlarda sepkillarning bo`lishi (P) sepkilsizlik (p) ustidan to`liq dominantlik qiladi. Qon guruhini belgilovchi genlar autosomada joylashgan va mustaqil irsiylanadi. Ota IV qon guruhiga, ona II qon guruhiga ega (ota-ona digeterozigotali) oilada nazariy jihatdan tug`ilishi
mumkin bo`lgan uchinchi qon guruhli farzandlarning necha foizi sepkilsiz bo`ladi?
A) 25 % B) 75 % С) 0 % D) 12,5 %
6. Odamda A geni bo`yning normal bo`lishini, retsessivi nanizmga olib keladi. B geni esa terida normal pigmentlilikni, retsessiv alleli esa, letal hisoblanadi.Har ikkala belgisi bo`yicha
geterozigota ota onalardan letal belgili farzandlarning tug`lish ehtimoli qanday?
J: 25%

7. Genotipi ikki xil bo`lgan oq pillali tut ipiak qurtlari chatishtirilgan, F1 da duragaylar sariq pilla hosil qilgan. Ularning erkak va urg`ochilari o`zaro chtishtirilganda, F2 da ikki xil fenotipik


sinf: sariq va oq pillali ipak qurtlari hosil bo`lgan(9:7). Chatishtirishda ishtrok etgan F1 va F2 da genotipik va fenotipik sinflar va ularning nisbatlarini aniqlang.


8. Sachratqi mevasi rangining sariq bo’lishi to'q sariq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi. eterozigotalar mevasining rangi oraliq bo‘ladi. Meva rangining yuzaga chiqishi ikkinchi juft
ominant genga bog'liq. Uning retsessiv alleli ingibitorlik vazifasini bajarib, meva rangining oq o’lishiga olib keladi. Tajribada seleksioner olim tomonidan sachratqi mevasining rangi oraliq o‘lgan digeterozigota o'simliklar o‘zaro chatishtirilishi natijasida avlodda 960 ta o'simlik olingan o‘lsa, necha % o’simlik keying avlodda ajralish bermaydi.
A) 25%

9. Oshqovoq mevasi og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominant gendn iborat bo`lsa, 4.8 kg, ikki juft retsessiv genga ega bo`lsa, 1.6kg og`irlikka ega


bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1a2a2 chatishtirishdan olingan mevalarning nechtasi 3200 g og`irlikka
ega bo`ladi?

Download 37.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling