1. Dunyoqarash tushunchasi va uning mohiyati. Qur’oni Karim, Hadisu Sharif-diniy axloqiy manba. Tafakkur shakllari


Qur’oni Karim, Hadisu Sharif-diniy axloqiy manba


Download 22.34 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi22.34 Kb.
#192589
1   2   3
Bog'liq
falsafa

2.Qur’oni Karim, Hadisu Sharif-diniy axloqiy manba.Islom dinining manbalari «Qur’on» va «Hadis» larda «… ilohiyot, diniy masalalar bilan birga o‘z davrining axloqiy va siyosiy an’analari, insonparvarligi, insonlarni qovushtiruvchi, ular o‘rtasida ziddiyat, nizolarning oldini oluvchi, adolat o‘rnatishga qaratilgan axloqiy fikrlar ham keng o‘rin olgan»31. Darhaqiqat Islom dini ma’rifatparvarlik va yuksak axloqiylik g‘oyalarini ilgari surish bilan ajralib turadi. «Qur’on» va «Hadis» larda ilgari surilgan axloqiy qarashlar inson ma’naviy-axloqiy tarbiyasida eng ta’sirchan, eng baquvvat xalqa, usiz jamiyat, xalq, inson ma’naviyatini tasavvur qilish mumkin emas. Aytish joizki «Qur’on» ning har bir oyati, «Hadis»larning har bir naqli mo‘min-musulmonlarning axloqodob sifatlarini yoritishga, ularning o‘ziga xos go‘zal qirralarini ochib berishga va shu ruhda tarbiya topishga yo‘naltirilgan. Ularda har bir insonni insonparvar, vatanparvar, adolatli, ma’rifatli, ma’naviyatli, yuksak axloq-odob sohibi, bunyodkor, yaqinlarga g‘amxo‘r bo‘lishi takror va takror uqtiriladi. «Qur’oni karim, hadislar va shariat ko‘rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo‘lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o‘z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo‘lgan fikrlarning mukammal to‘plamidir. Qur’oni karim, hadislarni, shariat ko‘rsatmalarini o‘rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, imon va vijdon bilan bog‘liq bo‘lgan birorta ham muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini ko‘ramiz. Ayniqsa, Islom harom va halol masalasiga musulmonlar e’tiborini qaratadi»32. Islomda, xususan Qur’oni Karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Islom ta’limotiga ko‘ra, oila yaratganning roziligini topish, payg‘ambarimiz (s.a.v.) ahloqlari, islomiy odob bilan ziynatlanish va pok yo‘l bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi va nikohni insoniy aloqalarning eng muhimi sifatida yuksak qadrlaydi. Oila kichik bir jamiyatdir. Oilaning tinchlik hotirjamligi va saodatini ta’minlash oiladagi har bir shaxsning o‘z ma’suliyatini his qilishi va bajarishi bilan barqaror bo‘ladi. Jamiyatning kelajagi porloq, katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun , avvalo , uning ajralmas negizi oilalarning ma’nan sog‘lomligi talab qilinadi. Bu esa quyidagi shartlarga rioya qilinishiga bog‘liq : Oilaning bir biriga munosib odamalrdan tashkil topishi; Er –xotin orasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik; Erkak kishi o‘zining oila ustuni ekani hamda rahbarlik mas’uliyatini his etishi va bunga amal qilib yashashi; Ayol kishining oila ichki holatlarga mas’ullligi; Ota –ona farzandlarining rioyasini qilib, ularga adolatli bo‘lishlari; Farzandlarning ota –onalarga yaxshilik qilishlari;

Download 22.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling