Abdurasulova Qumriniso
Download 354.81 Kb.
|
Abdurasulova Qumriniso
Abdurasulova Qumriniso KIRISH Ayollarga berilgan taʼriflar juda koʻp va xilma-xildir. Shulardan kelib chiqib, ayol siymosiga quyidagicha taʼrif berish mumkin, Ayol – moʻtabar ona, aziz opa-singil, suyukli va vafodor yor, sirdosh, maslahatdosh, tarbiyachi, ustoz, siyosatchi, tashkilotchi, tadbirkor va avlod davomchisidir. Bir soʻz bilan aytganda ayol – goʻzallik timsolidir. Jamiyatning sogʻlomligi, uning barqarorligi va porloq kelajagi yoʻlida ishlarni amalga oshirishda ayollarning oʻrni beqiyosdir. Mamlakatimiz aholisining qariyb 49,8 foizini xotin-qizlar, jumladan, ularning 29 foizini 14 yoshgacha boʻlgan qizlar, 28 foizini 15-30 yoshlilar, 21 foizini 31-45 yoshlilar, 15 foizini 46-60 yoshlilar, 7 foizini esa 60 yoshdan oshgan xotin-qizlar tashkil etadi. Soʻnggi yillarda gender tenglikni taʼminlashning qonunchilik va institutsional negizini mustahkamlash yoʻlida muhim choralar koʻrildi. Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, bu borada jamiyatning eng asosiy jabhalari – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda ayollar nufuzini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoyalash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatish mumkin[1]. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirishga jadal kirishildi. Jumladan, gender tenglikni taʼminlash siyosati davom ettirilmoqda, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshirildi, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarning taʼlim olishlari va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish davom etmoqda. Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlash borasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, ularning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini koʻpaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash jadal amalga oshirilmoqda. Biroq, xotin-qizlarning qator muammolari ham borligi hech kimga sir emas. Ushbu muammolarni hal etishning bir yoʻnalishi sifatida moddiy jixatdan qiynalgan ayollarga qashshoqlikdan chiqishlariga koʻmaklashish maqsadida “Ayollar daftari” joriy etildi. “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning muammolari oʻz vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirilmoqda.[2] Shuningdek xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, fikrimizni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida fuqarolarning jinsi, millati, diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar teng huquqli ekanligi, 46-moddasida ayollar va erkaklarning teng huquqliligi, 117-moddasida saylash va saylanish huquqlarining kafolatlanganligini bevosita tasdiqlaydi. Konstitutsiyaning mazkur moddalari ayollarga erkaklar bilan teng asosda ilm olish, kasb egallash, mehnat qilish, xizmat pillapoyalaridan koʻtarilish, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalarda faoliyat koʻrsatish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda respublikamiz ayollari erkaklar bilan bir qatorda jamiyat hayotining turli jabhalarida, jumladan, ilgari faqat erkaklarga imtiyoz berilgan sohalarda ham samarali faoliyat olib bormoqdalar. Ammo, shuni alohida taʼkidlash joizki, ayollarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani va hozirda ham bu jarayon davom etayotganligiga qaramay oila gavhari boʻlmish – ayollar tomonidan jinoyatlarning sodir etilishi juda ham ayanchli holdir. Oʻtkazilgan tahlillar oxirgi yillarda sodir etilgan jinoyatlarda ayollar tomonidan respublikamiz boʻyicha 2019-yilda ayollar sodir etgan jinoyatlarning 10,2 %ni qasddan odam oʻldirish, 17,3 %ni qasddan badanga yengil shikast yetkazish, 24,7 %ni qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, 18,2 %ni qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, 12,4 %ni haqorat qilish, 5,7 %ni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish, 9,0 %ni bezorilik, 8,8 %ni nomusga tegish, 4,1 %ni qiynash, 3,0 %ni oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, 9,3 %ni boshqa turdagi jinoyatlar tashkil etgan. 2017-yilda Respublikamizda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 17,03 %ga 2018-yilda 37,6 %ga 2019-yilda esa, 30,3 %ga kamayganligini kuzatish mumkin. Shundan 2019-yilda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar viloyatlar kesimida tahlil etilganda Andijon viloyatida 9,4 %ga, Buxoro viloyatida 14,1 %ga, Sirdaryo viloyatida 3,3 %ga, Toshkent shahrida 9,7 %ga kamayganligini koʻrish mumkin. Keltirilgan raqamlar unchalik koʻpga oʻxshamaydi, ammo har bir ayolning zimmasida oilasi, bolalari tarbiyasi, jamiyatimiz kelajagi turganligini koʻz oldimizga keltirsak, bu fikrning toʻgʻri emasligiga ishonch hosil qilamiz. Chunki onasi jinoyatchi boʻlgan oila tanazzulga uchraydi, bolalari nazoratsiz qoladi. Tadqiqotlardan maʼlumki, nazoratsiz qolgan bolalarning voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga “hissa” qoʻshishi darajasi yuqori boʻladi. Tadqiqotlardan maʼlumki, umumiy jinoyatchilikda ayollar sodir etadigan jinoiy xatti-harakatlar erkaklar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlardan farq qiladi. Shu bois ayollar jinoyatining tabiati va oqibati, sodir etish usuli va jinoyat qurolini maʼlum bir vaziyatlarda qoʻllanishi, jinoyat sodir etilishida ishtirok etishdagi oʻrni, jinoyat qurbonini tanlash, maishiy turmush sharoiti kabilarga kriminologiyada alohida eʼtibor qaratilgan holda tadqiqot ishlari olib boriladi va zarur tavsiyalar beriladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda taʼkidlash joizki, bugungi kunda ayollar jinoyatchiligi bilan bogʻliq sabab va sharoitlarni kriminologik va jinoyat huquqiy jihatdan oʻrganish hamda ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning profilaktikasini samarali tashkil etish zarurati mavjud. Download 354.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling