Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 1 IMOM BUXORIY NOMIDAGI TOSHKENT ISLOM INSTITUTI IMOM ZARNUJIY ILM OLISH SIRLARI Tarjimon: Zokirjon Sharifov Movaraunnahr Toshkent-2004 MUQADDIMA Bismillahir rohmanir rohiym Inson zotini ilm bilan barchadin ortiq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin! Bashariyatning komilrog’i, payg’ambarimiz Muhammad alayhis sapom va ahli ayollariga, ashobi kiromlariga hamda ularga ergashgan insonlarga Allohning salomlari, rahmatu barakotlari yor bo’lsin! Ammo ba’d: Janob payg’ambarimiz va ashobi kiromlar ilmu hikmat va odob axloqi hamidalarning sarchashmasi, tuganmas buloqlaridirlar. Zamonamizning ko’plab yoshlarida ilm o’rganish borasida jiddi-jaxdlari, yaxshigina harakatlari bo’lsada, ilm hosil qila olmayotganlarini shohidi bo’lib, ko’p mulohazaga bordik. Ushbu ulug’ maqsadlarni hosil bo’lishida ularga odob-axloq ko’rsatmalari zarurligini bildik. Mo’’tabar ustozlarimiz odobu axloq buloqlari hisoblanadilar. Ushbu kitobni o’quvchilarga ilm sa-rhadlaridan bahramand bo’lishni tilab, mehribon ustozlarimiz va kaminani duoyu xayr bilan yod etib, qiyomat kuni Maxshargohda najot topuvchilar qatorida bo’lishimizni zikr etishlarini umid etamiz. Kamina ko’p istixoralar qilgan holda, yolg’iz Allohning, qolaversa, aziz ustozlar irshodu barokatlaridan, fayzu futuhotlaridan imkon qadar nasiba olib, ushbu kitob tasnifiga baqadri hol kirishdik. Kitobni « Тa’limul mutaallimu tariqat taallumi», ya’ni «Shogirdning ilm egallash yo’l-yo’riqlarini o’rganishi» deb nomladim. Kitobni bir necha fasllarga bo’ldim: 1.Ilm va fiqhning mohiyati va fazilati to’g’risida; 2.Ilm olish vaqtida niyatning xosligi to’g’risida; 3.Ilm, ustoz va sherik tanlash va bu ishda mustahkam bo’lish to’g’risida; Ilm va ilm ahlini ulug’lash haqida; 4.Ilm olishdagi jiddu jahd, bardavomlik va himmatu g’ayrat to’g’risida; 5.Saboqni boshlash, uni miqdori va tartibi to’g’risida; 6.Tavakkul qilish to’g’risida; 7. Тahsil olish vaqti to’g’risida; 8.Nasihat va mehru shafqat to’g’risida; 9-fasl. Nasihat va mehru shafqat to’g’risida; Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 2 10.Foyda talab qilish to’g’risida; 11.Ilm hosil qilish holatidagi parhezkorlik va taqvo to’g’risida; 12.Ilm talab qilishda zehnni mustahkamlaydigan va yoddan ko’tarilishini ketkazadigan illatlar to’g’risida; 13.Rizq va umrni ziyoda qiladigan va kamaytiradiganlar haqida fasl. Alloh taoloning O’zi barcha yaxshiliklarga muvaffaq etguvchidir. Yolg’iz o’ziga tavakkul qilish ne’matlar um-moniga yo’ldir! Nuqsonu kamchiliklar avf etilib, husni qabul ila dargohiga yuzlanmoq benazir baxtdir! Download 212.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling