Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
2-FASL. ILM OLISHDA NIYA
Т QILISH ТO’G’RISIDA Har bir amalning ro’yobga chiqmog’ida niyatning ahamiyati katta. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning: «Innamal a’molu binniyati», ya’ni, amallarning ajru savobi ni-yatga qarab bo’ladi,- degan muborak xadislarida, niyat jami holatlarimizga asos ekaniga ishora bordir. Mazkur hadis sahih (ishonchli) hadislardan bo’lib, uni Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. Yana Janob payg’ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: -Qancha dunyo amali suratida bo’lgan amallar bor, ular niyatning yaxshiligi, to’g’riligidan oxirat amaliga aylanadi. Ya’ni, inson niyatining yaxshiligidan dunyo amali uchun ham savob va mukofot oladi. Qancha oxirat amallari bor, niyatning yomon va noto’g’riligidan dunyo ama-liga aylanadi. Yani, nodurust niyat insonni ibodatlari savbidan mahrum hamda benasib etadi» - deb, niyatga qat’iy ahamiyat berish kerakligini bildirdilar. Demak, amalimiz qanday bo’lsa ham, u dunyoviy yoki uxoviy bo’lsin, niyatimizga bog’liq ekan. Istagan kishi ham birinchi navbatda niyatini yaxshi qilmog’i kerak. Avvalo, ilm hosil qilish bilan inson Alloh taoloning roziligi, oxirat saodatini maqsad qilishi lozim. Shu bilan o’zining va boshqalarning johilligini va ilmsizligini ketkazishni, dinga hayot baxsh etishni, shariat ahkomlarini qoim maqom etib, Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 6 Islomni boqiy qolishiga xizmat etishni niyat qilmog’i lozimdir. Chunki, Islomning boqiy qolishi - ilm bilandir. Ma’lumki, zohidlik, ibodat va taqvo ilmsiz du-rust bo’lmaydi. Bunga misol etib, «Hidoya» kitobining muallifi shayxul islom jalolatlik imom Bu-rhoniddin Marg’inoniy hazratlarining talabalarga ushbu she’rlarini nasihat tariqasida aytganlarini keltirish mumkin: Ilmni kim vositai joh etar, O’ziniyu xalqni gumroh etar. Olim agar joh uchun o’lsa zalil, Ilmi aning jahlig’a bo’lg’ay dalil. Gar bilsang bolam, olimi beamal Erur zarar olam uchun, jonu-joh Тalabida qilur dinu-dunyoni fasod. Budir og’ir halokat, ko’r ushlaganin Maxkam tutar deb, beilmni borligi. Ilmsiz obid-u, beamal olim ikkov Boamal-u, diyonatlik insonga egov. -Buzg’unchi, beamal olim va bilganiga beamal kishi katta fasod, buzuqlik esa halokatdir. Ammo johil, il-msiz obid - namozxonu-ro’zador, zohidu parhezkor undan katta fasod, baloyu ofatdir. Har ikkovi ikki du-nyoda o’z dinu imonini mustahkam tutgan kishiga ulug’ fitnadirlar. Bulardan saqlanish insonni ilm cho’qqilarini zabt etishi orqali bo’ladi. Agar ishni bunga zid olib borsa, asta tubanlashib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ilm o’rganmoq farz va shart qilingan. Odob axloqhaqida ustoz, buyuk imom va shahidi a’lo Sayyid Nosiruddin Abul Qosim hazratlari mukammal kitob yozganlar. Bu kitobni talabalar va din ishiga xizmat qilguvchilar o’qib o’rgansalar, katta foydani ihtiyor qilgan bo’lardilar. Ba’zi ustozlar yod olsinlar deb ham tavsiya qilgan ekanlar. Hayotimizda ehtiyoj tushadigan har bir ilm va kasbni o’rganish, uni tatbiq etish shart bo’lgani kabi bu kitobdagilarni ham bilmoq juda zarur. Buni kunlik muhtoj bo’lganimiz taomga o’xshatish mumkin. Тaom hayotimizni tiklab beruvchi asosiy omildir. Bemor kishining dori darmonlarga ehtiyoji tushadi. Bu boshqa il-mlarga bo’lgan hojatga o’xshaydi. Ilm olish bilan inson Alloh taoloning ne’matlariga shukr etishni niyat qiladi. Chunki, shokir bandalariga ne’matlarini ziyoda va barakotlik qilishga Haq taoloning va’dasi bor. Ilmga jonfidolik qilish haqida Imom Muhammad ibn Hasan (r.a.) shunday deganlar: -Agar odamlar menga qul bo’lganda edi, ularni har birini qullikdan ozod etardim va ularni xo’jayinlari, quldor egalaridan xalos etardim. Bundan yolg’iz maqsadim, ular faqat ilm o’rgansinlar va bilimlarini kamolga yetkazsinlar. Ulug’ donishmandlardan biri: kim ilm lazzatini, uning halovatini izlasa va amap qilish mazasiyu rohatini topsa, insonlardagi narsalarga kam rag’bat qiladi, qiziqmaydi. Тa’ma qilishga o’zini yo’latmaydi. Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) ustozlari shayxul islom, Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil assig’oriy al- Ansoriy hazratlaridai quyidagi baytni keltiradilar: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling