Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 Ilm va fikh insonlarga dunyo va oxiratda eng to’g’ri yo’l ko’rsatuvchidir. Uning sohibi esa barcha axloqi hamidalarga erishadi. U saxiy, juvonmard, kamtarin, jur’atli, shikastadil, iffatli har ma’noda pokiza va boshqa xislatlarning fayzu-barakotlaridan bahramand bo’lish baxtiga erishadi. Baxillik - qizg’anchiq, qo’rqoq va jur’atsizlik, manmanlik, isrofgarlik va o’ta iqtisodchi ziqna bo’lish kabi axloqi zamimalardan o’zini saqlab, kishilar ko’rganlarida suhbatiga oshiqadigan go’zal xulqegasi bo’lib kamol topadi. Ilm insonga nima foyda-yu, nima zarar ekanini bildiradi. Inson orzu-maqsadlariga ilm orqali yetishadi. Insonning kibr-havoga berilishi, manmanlik qili-shi, baxillik va mol-dunyoga hirs qo’yishi, qanoatsiz yoki isrofgar bo’lishi Islomda harom qilingani ma’lumdir. Bulardan saqlanish esa, ilm cho’qqilarini zabt etish orqali bo’ladi. Aksincha, bunga zid bo’lsa, ineon asta-sekin tubanlashib boradi. Shuning uchun ham in-sonning ilm o’rganishi farzdir. Odob-axloq to’g’risida sayyid, jalolatlik imom, shahidi a’lo, muhtaram ustoz Nosiruddin Abul Qosim hazratlari ajoyib bir kitob yozganlar. Ba’zi ulamolarimiz ushbu kitobni juda dolzarbligi uchun yodlashni tavsiya qilibdilar. Hech bo’lmasa farzi kifoyalikka ko’ra yodlasinlar deb buyurganlar." Farzi kifoya - shahar va biror o’rinda bu amalni bir kishi bajarsa, boshqalardan soqit qiladi. Agar hech kim ijro etmasa, hamma gunoxda sherik bo’ladilar. Ahli kishilar o’z manfaatlarini ko’zlamoqlari uchun bir-birlarini zaruriy ilm va hunarni qoim ettirishga buyurishlik yuklatilgan. Lozim topilsa, bunga xarakat qilmoqlari, sarf-xarajatlarini ko’tarmoqlari kerakdir. Hayotimizda har bir sohada insonlar ehtiyoji tushadigan ilm-hunarlarni o’rganishimiz shartdir. Masalan, insonning taom sohasidagi ehtiyoji, nima xalol, nima harom va zararli ekanini bilmoqqa yoki kasal bo’lib qolsa, doridarmonning qaysi biri uning dardiga malham bo’lmog’ini bilmoqqa ehtiyoji tushadi. Shu bilan bu ilmni ham bilishga zaruriyat chiqadi. Ilmi nujum (yulduzlar haqidagi ilm) - yulduzlarga qarab fol ochish va g’ayb ilmini bilishni taqozo etadi, bu Islrm shariatida harom (noshar’iy) amaldir. In-sonning e’tiqodiga zarar beradi. Alloh taoloning qazoi qadaridan qutulib bo’lmaydi. Bu aslo mumkin emas. Demak, har bir musulmon hamma ishlarini yolg’iz Allohga topshirishi, O’zigagina tavakkap qilmog’i kerak. Bu doimo Yaratganni zikr qilish bilan, Unga duoyu iltijolar qilib, o’zi va xalqi uchun tazarru’, shikastalik izhor qilmog’i bilan amalga oshadi. Kamtarin bo’lish axloqi hamidadir. Qur’oni karim o’qish, uni taammul etish hamda ezgu amallar qilish, xayru saxovat bilan mashg’ul bo’lish bu maqsadga yordam beradi. Shuningdek, Alloxdan qilgan xatolari uchun afv so’rash, nuqsonlari uchun gunohlaridan mag’firat talab qilish, salomatlik vaqtinchlik xotirjamlik so’rashi ham kerakdir. Zero, duolarning samarasi o’laroq, kishi turli baloyu ofat, musibatlardan xalos bo’lish baxtiga muyassar bo’ladi. (Inshaalloh). Alloh taalo bandasiga duodan nasiba bergan bo’lsa, albatta bu duoning ijobatini O’zi ato etadi. Duosining natijasidan bandasini zinhor mahrum etmaydi. Daryoning ostida bo’lsa joying, Bahona birla yetkuzur Хudoying. Mabodo, bu balo yoki imtihon takdiri azaliyda bo’lsa ham, ya’ni ilojsiz ro’y beradigan bo’lsada, Alloh uni yengilroq, unga quvvati kifoya bo’ladigan qilib yuboradi va sabr bilan rizqlantiradi. Bu faqat duoyu iltijolar mevasidir. Iloho Parvardigoro, bizlarga ham mana shunday bo’lishni nasib etsin! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling