Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
8 Iffatli bo’lmoq yuksak insoniy fazilatlardan sanaladi. Iffat - poklik, gunoh va ma’siyatdan forig’-lik, har jihatdan pokizalik demakdir. Kengroq qilib bularni odob-axloq kitoblaridan bilib olinadi. Adi-bul Muxtor nomi bilan mashhur, shayxul islom, ruknul islom, hazrati ustoz bir she’r aytganlar: Husni xulqda taqvo bor, Тaqvodorga shikastlik yor. Kamtarinlik, shirinso’zlik Komillik karvonin tortar. Sultoni komilning shayxlar Maktubiga javobin o’qi: «Siz yaxshisiz, biz yomon, Siz bug’doysiz, biz samon!» Shubhasiz, tavozulik muttaqiylarning xislatidir. U bilan inson o’z maqsadlariga hamda ulug’liklariga noil bo’ladi. O’z ilmi va xunarini qolaversa, obro’ e’tiborini yuksaltiradi. Johil, ilmsiz kishini o’z holini ko’rib ajablanishi, o’ziga o’zi bino ko’yishi aslida juda xunuk ishdir. O’zini sa’id, baxtlik insonlardan hisoblaydi. Vaholanki, oqibatda kim bo’ladi, umri qanday xotima topadi, shaqiy- badbaxtlardan bo’ladimi? — buni o’ylab ko’rmaydi. Kamtarga kamol, man-manga zavol, deganlaridek, kamtar, xoksor inson o’zining go’zal xulqu-odobi bilan doim ishi rivoj va martaba topadi. Chunki, o’zining haddini saqlay olishi bilan, o’zini mumtoz tutmasligi bilan kishilar ko’nglida hurmat va e’tibor qozonadi. Man-man, kekkaygan kishi esa, ko’zi ko’r, qulog’i kar, qalbi kulf bo’ladi, Ishlariga ajablanib, o’zidan uzoqlashib, o’z-o’ziga ishonib asta halokatga yaqinlashadi. Mansabiga suyanib, boshqalarni mensimay qo’yadi. Nati-jada, o’ziga havasi kelib, mag’rurlanib qoladi. O’zini ulug’lardan hisoblaydi. Kibriyo - ulug’lik, kattalik -yaratgan Parvardigorimiz Alloh Zul Jalolga xos si-fatdir. Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) shogird va ashoblariga shunday der ekanlar:sallalaringizni ulug’lang! Yenglaringizni keng bo’lsin va salobatlik kiyininglar! Ushbu so’zlar faqat ilm va ilm ahlini ulug’lash va boshqalar xor va past nazar bilan ko’rmasliklari uchun aytilgan. Salla - Islom shiori va ulug’ligining belgisi. Uni haq ma’noda taslim bo’lganlar baxtlik boshlariga kiyadilar. Salla kishini oxiratga imoni borligini, umri tugashini va bunga ishonishini - o’limni tan olishining alomatidir. Komil imonlik kishi Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sunnati saniyalarini amalga oshiruvchiroq bo’lib qoladi. Тalaba kiyimlarini pok va saranjom tutishi, sallasini oppoq qilib kiyib yurishi kerak. Bunday kiyimlik kishi boshqalar ko’nglida dinga nisbatan xayrli tasavvur tug’dirishi kerak. Тolibning odobi, kamtarligi va boshqa fazilatlari ko’ngildagi fikrni quvvatlashi zarurdir. Imom A’zam hazratlarining shogirdlari imom Abu Yusufga bergan keng qamrovli vasiyatlari bor bo’lib, uni o’qish, o’rganish ham juda foydalidir. Uni hazrat shogirdlari yurtlariga kaytib ketayotganlarida berganlar. Imom Abu Yusufning shogirdlari shayxul islom, imom, hujjati aimma Ali ibn Abu Bakr hazratlari: -Men shahrimga qaytayotganimda ustozim bu vasiyatni yozib olishimni buyurdilar,- deb eslaydilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling