Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
Agar ilmi nujumdan qiblani aniqlash, namoz vaqtlarini bilish yoki boshqa shar’iy zaruratlar uchun ta’-
lim olsa, me’yorida o’rganishi joizdir. Chunki bu, sa-bablardan bir sababdir. 
Тib ilmini ham o’rganmog’i joizdir, balki kerak hamdir. Bemorning tuzalishiga, shifo topishiga bois 
bo’lish ham sabablardan bir sababdir. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning davolanganlari tarixdan ma’lum.
Hazrat Imom Shofi’iy (rahmatullohi alayh):
-Ilm ikki xildir. Birinchisi ilmi fiqh -bu diniy muomalotlarga rioya qilish uchundir. Bunda avvalo 
Alloh taoloning haqqi, bandalarningAlloh va bandalardagi haq va majburiyatlari, dunyoviy va uxroviy 
muomalalarni nizomga solish kabi ilmlar ta’lim beriladi. Ikkinchisi esa ilmi tibdir. U inson jasadi tuzi-
lishiga oid ilm bo’lib, unda turli kasallik va tibga aloqador holatlarning illatini tahlil qilib, uni bartaraf 
etish usullariii o’rganishdir. Bu ikki ilmdan boshqa ilmlar esa «Bulhatul majlis», yani «Majlisning 
yetukligi»ga xizmat qiladigan, uni sermahsul va sermazmun bo’lishiga omil hisoblanadi. ' Ilm amal 
qilgan kishiga nur baxsh etadi. Fiqh - ilmning nozik nuktalarini bilish, o’rganishdir. Demak fiqh, ilmga 
nisbatan chuqurroq ma’noga ega ekan. Fiqh keng qamrovli, ko’p tarmoqli, serqirra ekan. Imom A’zam 
Abu Hanifa (r.h.) fiqhga ta’rif berib shunday deganlar: 
Fiqh - kishi nima foydali va nima zararli ekaniny bilmog’i va o’rganmog’idir. Ilm unga amal qilishi 
uchundir. Aslida, ilmga amal qilish nakdni nasiyaga qoldirishdir. Ya’ni, amalining mukofotini darhol 
talab qilmaydi, balki uni oxiratga olib qo’yadi. 
Inson dunyo va oxiratiga nima zarar va nima foyda ekanini bilishdan g’aflatda qolmasligi lozimdir. Bu 
bilan foydalarini o’ziga jalb etadi va Alloh taoloning rahmati va barakotlariga noil bo’ladi. Zarar va 
ziyon amallardan o’zini saqlab, ulardan uzoqlashadi. Aqli va ilmi o’zining zarariga hujjat bo’lmasligi 
uchun harakat qiladi. Zero, mana shular qiyomat kunida azobu uqubatni ziyoda bo’lishiga olib keladi. 
Alloh barchalarimizni beamal bo’lishdan va O’zining g’azabidan panohiga olsin! 
Bu haqda «Ilm va uning fazilati manoqiblari» nom-li kitobda ko’p oyat va xabarlar keltirilgani sababli 
kitobimiz uzayib ketmasligi uchun, ularni biz zikr etmadik. 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling