Laboratoriya ishi mavzu: invertorlarni tekshirish


Download 19.3 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi19.3 Kb.
#1426698
Bog'liq
7-laboratoriya


7-LABORATORIYA ISHI
MAVZU: INVERTORLARNI TEKSHIRISH
Hozirda kichik va o‘rta quvvatli kuch tiristorlarning to‘liq boshqariluvchi turlari yaratilganligi sababli ularni ochish va yopish amallarini avtongom invertorlarning boshqaruv tizimlarida bajariladi va bu esa ularning kuch sxemalarini yanada soddalashtirishga hamda avtonom invertorlarning ishonchli ishlash darajasini oshiradi..
1 – rasmda tasvirlangan avtonom invertorning uch fazali ko‘prik sxemali eng sodda sxemalaridan bo‘lib, parallel tok avtonom invertori, deb yuritiladi. Kondensatorlar S1, S2, S3, lar asinxron motor fazalariga parallel ulanib, kommutasiya funksiyasini bajarish bilan bir qatorda motoriste’mol qilayotgan reaktiv quvvat o‘rnini tœldirish vazifasini ham bajaradi. Bunday invertorlar yuklanish momenti deyarli o‘zgarmaydigan va chastota rostlash diapozoni uncha katta bo‘lmagan asinxron elektr yuritmalarda qo‘llaniladi. Bu invertorning eng katta kamchiligi chastotaning kichik qiymatlarida (10 Gs va undan kichik) kondensatorlarning sig‘imi juda katta qiymatga ega bo‘lishi zarurligidir. Bundan tashqari asinxron motorga kondensatorlarning parallel ulanishi elektr yuritmada yo‘qotishi qiyin bo‘ladigan avtotebranishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu sxemaning takomillashgan varianti (3.17 – rasm) kondensatorlar asinxron motor stator chulg‘amidan D1 – D6 diodlar orqali ajratilgan. Kondensatorlar orqali kommutasiya vaqtidagina tok o‘tib, boshqa paytda ulardan tok o‘tmaydi. Bu esa kondensator sig‘imlarining chastota o‘zgarishidan qat’iy nazar anchagina kamaytirish imkonini beradi. Ammo kommutasiya jarayonida asinxron motorning stator chulg‘amidagi yig‘ilgan energiyaning kondesatorlariga uzatilishi, kondensatorlarda kuchlanishning o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun kondensatorlarning sig‘imini shunday tanlashi keraki, bir tomondan bu kuchlanish o‘sishini ruxsat etilgan qiymatidan oshmasligi, ikkinchidan esa kondensatorlarning qayta zaryadlash jarayoni uzayib ketmasligi kerak.

1 – rasm. Parallel tok avtonom invertori sxemasi

1 – rasmdagi kuchlanish avtonom invertorining 2 – rasmdagi tok invertoridan farqi shundaki bu sxemaga teskari ulangan D7 – D12 diodlarning ko‘prik sxemasi va kompensasiyalrovchi kondensator S ulangan. Bu sxemadagi kondensatorlar faqat kommutasiya jarayonida ishlaydi. Shuning uchun ularning sig‘imlari yanada ham kam bo‘ladi. L1 va L2 reaktorlarning vazifasi kondensatorlarning teskari ulangan diodlari orqali tez qayta zaryadlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.


3.17 va 3.18 – rasmlarda keltirilgan invertorlarda bir fazadagi tiristorlarning o‘chirilishi ikkinchi fazadagi tiristorlarning esa yoqilishi bilan xarakterlangani uchun bunday invertorlarni fazalararo kommutasiyali invertorlar deb ataladi.



2 – rasm. Kondensatorlar diodlar yordamida ajratilgan tok avtonom invertori sxemasi



Utarmoы (V)

Ud (B)

Id (A)

Rd (Om)

S(mkF)


















Nazorat savollari
1.Avtonom invertor chiqishlaridagi kuchlanish fazalari soniga qarab, sxemalarni qurilishiga qarab, ularni qanday klassifikasiyalash mumkin?
2. Avtonom invertorlarda sodir bo‘layotgan zlektromagnit jarayonlarga qarab ularni qanday klassifikasiyalash mumkin?
3.Tok invertorlaridagi kommutasiyalovchi kondensatorning ulanishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
4. Bir fazali parallel tok invertorining ishlashini tushuntirib bering.
Download 19.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling