Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 Shubhasiz, bu ishlar bilan seni hijo-lat bo’lishing va aziyat chekmog’ingni xohlaydilar. Sening haq ekaningni bilsalar ham nazarga olmaydilar, parvo ham qilmaydilar. Shuning uchun ham bu toifalardan yiroq bo’lishga harakat qil! Ey, shogird! Biron joy ulug’larining huzuriga kirsang, ular bilan talashib-tortishma, ularga baland ke- laman dema! Ziyon-zahmati tegmasligi uchun ular baland kelgan narsalarda, ovozingni ham, hujjatlarin-gni ham baland qilma! Namozda darhol imomatlikka o’tib ketmagin, imkon bo’lsa umuman imomatlikka o’tma! Hurmat bilan, e’zoz-ikrom bilan o’zlari imomatlikka o’tib berishingni so’rasalar, unda joizdir. Erta tongda va kun qizib turgan vaqglarda hammomga kirma! Nazorat va vazirliklarga chiqma! Podshoh va amaldorlar mazlumlarga hukm chiqaradigan joylarida hozir bo’lma! Magar, biron holda so’zin-gni qabul qilishlarini bilsang, haqni qaror toptira olsang bormog’ing durustdir. Chunki, agar sen hozir bo’lganingda, ular noshoista ish qilsalar, ularni qaytarishga qodir bo’lmaysan. Odamlar sukut saqlaganing uchun bu ishni haq deb biladilar. Odamlar orasida, ayniqsa, ilmiy majlisda g’aza-bingga erk berishdan saqlan! Odamlarga har xil qissa va latifalar hikoya qilishdan uzoq bo’l! Chunki, har qanday hikoya qiluvchi yolg’on gapni aralashtirishga majbur bo’ladi. YOLG’ONCHILIK esa hamma jihatdan zarardir. Ahli ilmlardan biron kishi ilmiy majlis o’tkazishni iroda qilsa va bu majlis fikhiy majlis bo’lsa, unga o’zing hozir bo’lgin! Faqat aniq bilgan hujjatlar bilan dalillik munozara etgin! Bilmaganingni bil- madim, deyishdan xijil bo’lmagin! Shunda mag’rurlan-maysan, kibr-havoga ketmaysan! Agar g’urur va mutakab-birlik qilsang, odamlar seni ilmli, lekin usti yalti-roq, ichi qaltiroq deydilar. Agar xujjat va ilmlar fatvo berishga yaroqlik bo’lsa, uni ham gapirib o’tgin! Agar fatvo va e’tiborli to- monlarga mos kelmasa, zinhor yod etma! Ilm uchun, bilib olsinlar, deb ham aytma! Biron kishi ilm olishni xohlab kelsa, unga dars berishga o’zing kirishma. Huzuringda boshqa kishi dars berishiga ham yo’l ko’yma! Agar shunday bo’lsa, shogirdlardan birini u bilan dars qilishga tayinlab ko’y. Dars beruvchiga ham shogirdlardan birini nazoratga ko’ygin, toki unyng majlisida nima gaplar bo’layotganini xabar berib tursin. Ilmi qay darajada ekanini ham aniqlasin, Hurmatingdan foydalanib o’tkazilayotgan majlis va ma’ruzalarga qatnashma, bu joylarga kelishdan saqlan! Agar seni bu joylarga chaqirsalar, shogirdlardan birini ularga bosh qilib yubor! Тinchlikni va ortiqcha tashvishlardan xalos bo’lishni iroda qilsang, nikoh-taloq masalalarini mavzu xatibiga topshir. Albatta, janoza va hayit namozlarini ham o’zi mas’ul kishiga topshir! Duo va iltijolaringda meni ham unutma! Ushbu vasiyat va nasihatlarimni qabul qilgin! Faqat sening va barcha musulmonlarni manfaatlari uchun bu vasiyatni topshiryapman. Download 212.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling