Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
sohib bo’liog’ingga yetarlidir. 
Ey, farzand! Baxillikvauningko’rinishlaridaI sa-qlak! Chunki, baxillik g’azabni qaynatadi, xusumat va 
adovatga sabab bo’ladi. 
Zinhor ta’magir bo’lmagin, yolg’onchi va hiylanay-rang qiluvchi ham bo’lma! 
Sohibi taxlit, ya’ni haq bilan botilni, jiddiy va hazilni aralashtiradigan kishi bo’lmagin! 
Balki, muruvvating’ni har sohada muhofaza Sil! Hamma holatda oq, ochiqroq rangdagi liboslar 
kiyishni odat qil! 
Dunyoga rag’bating, hirsing yo’kligyni o’z harakatlaring bilan ko’rsat! Qalban boy va behojat 
ekaningni izhor qil! Faqirlik alomatlarini umuman ko’rsatma! Buni bildirma! 
Bu janob Rasululloh (s.a.v.)ning «Fakriy faxriy» ya’ni, «Faqirligim, yolg’iz Alloxga muxtojligim 
iftixorim,-degan muborak hadislarining ifodasi bo’ladi. 
Ammo faqirlikni zohir qilsang, unda kufr vg* bo-shqa gunohlarning shabadasi esib qolishi mumkin! 
O-Piy-himmat, muruvvatli fazilatlar sohibi bo’l! Zero, kimning muruvvati va himmati zaiflashsa, 
shubhasiz, uning insonlar o’rtasidagi obro’ hurmati ham tushadi. Ammo sening manziling tushishida 
shariat va ilmning' ham manziliga putur yetadi. 
Yo’lda yursang doim nazaringni yerga qarat! O’ngu so’l, yon-atrofga angrayib yurma! Chunki, bunda 
viqor va sa-lobatni yo’qotasan. 
Hammom va sartaroshga xizmating tushsa, ularning xizmat haqqini halq qatori emas, balki ortiq kilib 
ber! Bu sening boshqalardan muruvvating va himmatingni ko’rsatadi. Shunda, inshaaaloh, kishilar seni 
ulug’ ko’ra boshlaydilar. 
Тikuvchi va boshqa hunarmandlarga molu matolaringni topshirib qo’ymagin. Bu ishlaring uchun ham 
bir ishonchli kishi ta’yinlab olgin va u bajarsin. Mayda o’lchov va og’irliklar ustida savdolashib, 
tortishib qizishib yurmagin, dirham va boshqa chaqa pullarni o’lchatib yurma, balki bu ishlarni o’sha 
ishongan ki-shingga topshir! 
Ahli ilmlar huzurida dunyoni shunday bir xor va haqir qilib ko’rsat, arzimas mato ekanini go’zal 
ifodalagin. Zero, Alloh huzuridagi hamma narsa xayrli va afzalrokdir. 
Ilm bilan shug’ullanishingga ko’proq imkoniyat bo’lmog’i uchun bu dunyo ishlariga ishongan 
kishingny ga’yinlab qo’y! Shunda dunyo hojatlaring qalbingni o’rab olmaydi va qalbingni yaxshiroq 
muhofaza qiladi. 
Ey, shogird! Majnunlar bilan hamda munozara va ilmiy bahs yurita olmaydiganlar bilan so’zlashma! 
Ulardan saqlan. 
Yana muzokara qilish bilan obro’ va hurmat qozonishni niyat qilganlardan ham uzoq bo’l! Odamlarga 
har xil masalalar aytib, unga g’arq qiladilar yoki odamlar ichida g’aroyib savol topib berib, ularni 
o’zlariga qaratadilar. Bu bilan seni manziling va xurmatingga chang soladilar.


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling