Esse namuna


Download 25 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi25 Kb.
#1236261
Bog'liq
ESSE Namuna (2)


ESSE Namuna
MAVZU: O‘QUVChI QANDAY BO‘LIShI KERAK?
O‘quvchini mehnat qilishga o‘rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg‘unlashishga ko‘niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o‘rgatki, uning uchun o‘z kuchi bilan biron-bir narsani bilib olomaslik aqlga sig‘maydigan holat hisoblansin; u mustaqil o‘ylamog‘i , izlanmog‘i o‘zini sobitli inson qilib yetishtirmog‘i lozim.
A. Disterveg
Hayotda har xil odamlar bor, ular o‘zlarini xulq-atvorlari, tarbiyalari va o‘zlarini tutishlari bilan ajralib turadilar. O‘quvilar ham shular jumlasidandir. O‘quvchi qanday bo‘lishi kerak? Ushbu savolga hamma har xil javob berishi tabiiy albatta. Chunki yuqorida aytib o‘tganimdek insonlar har xil bo‘lishadi.
Shuni alohida ta’kilab o‘tish joizki, biz g‘aroyib davrda yashayapmiz: atrofimizdagi olam juda tez sur’atlarda, tanib bo‘lmas darajada o‘zgaryapti. Shuning uchun o‘sib kelayotgan avlod, jumladan o‘quvchi eng avvalo yaxshi tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Sababi inosnda tarbiya bo‘lsa ilm olishda, do‘st ortirishda boshqalardan ajralib turadi hamda o‘zidan kattalarga va ustozlarga hurmat ko‘rsatadi. Bir so‘z bilan aytganda, barcha ishlarda o‘z tengdoshlariga chinakkam namunaviy o‘quvchi bo‘la oladi.
O‘quvchi uchun yana bir muhim jihatlardan biri bu shubhasiz uning bilimi hisoblanadi. Chunki yaxshi bilimli o‘quvchi har bir ishda aql-idroki bilan qiyin vaziyatlarda yuemalol chiqib ketishi mumkin. Shunday qilib, olingan bilim hayotda foydali bo‘ladi va o‘quvchining rivojlantirish uchun muhim rol o‘ynaydi hamda muvaffaqiyatli inson bo‘lishga yordam beradi, chunki bilim olish o‘quvchi uchun quvonch va zavq beradi.
Bundan tashqari, o‘quvchi yaxshi bilim sohibi, dilkash, xushchaqchaq, sezgir, halol, to‘g‘ri va mas’uliyatli, o‘ziga ishongan va quvnoq, talabchan va o‘z-o‘zini yetarli manfaatdor, jonli, g‘amxo‘r, ochiq kungil barchaga birdek munosabatda bo‘ladigan inson bo‘lishi kerak. Mana shunday hislatlari orqali o‘quvchi, avvalo, o‘qituvchilarga ham, tengdoshlari orasida ham hurmat-ehtiromga ega bo‘ladi. Bunday o‘quvchilar kuchli inson sifatida ulg‘ayadilar. Bundan tashqari kuchli iroda, sabr hamda muvaffakqiyatga ega bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, o‘quvchi bilimga, o‘z-o‘zini rivojlantirishga, mehr-oqibatga, o‘z qobiliyatiga ishonchga ega bo‘lishga intiladigan kishi bo‘lsagina hamma xavas ko‘zi bilan qaraydigan bo‘lib yetishadi va barchaga namuna sifatida namoyon bo‘ladi. Shubhasiz, bunday o‘quvchi, hayotda o‘z bilim va mehnati bilan yuksaklikka erisha oladi.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling