Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
Hayotda avval ilm tahsil qil, keyin kasb-xunar qilib haloldan mol-dunyo to’pla! Shunday keyin uylan! 
Chunki, agar ilm tahsil qilayotgai vaqtingda moldavlat talabiga o’tsang, shubhasiz ilm olishga ojiz 
bo’lasan. Moldavlating ko’payib, maishatga qiziqasan, cho’ri va yosh xizmatchilarga sotib olishga 
rag’batiig oshadi. Shu bilan davlat ko’paytirish va xotinlar bilan mashg’ul bo’lib qolib, ilmdan benasib 
bo’lasan. Umring va qimmatli vaqtlaring bekor ketadi. Keyin bolalaring ko’payadi, ahli ayol g’am-
tashvishlari ham ortib, o’z-o’zing bilan bo’lib qolasan. Shubhasiz, hojatlarini chiqarish va 
manfaatlarini ziyoda jalb qilishga berilasan. Natijada ilmni va uning foydalarini tark qilasan! 
Ey farzand! Yoshlik vaqtingda ilm bilan shug’ullan! Yoshlikni g’animat bilib ilm, kasb-hunar egalla! 
Chunki, unda qalbing turli g’am-tashvish, muammolardan holiy bo’ladi. Nimani qiziqib o’rgansa, 
qalbga o’rnashadi. Ilm va kasb egallagandan keyin moldavlat yig’ishga harakat qilsang, to’g’ri yo’l 
tutgan bo’lasan. Ahli ayol, far-zandlarni ko’pligi, shubhasiz, qalb va hayolingni egal-laydi, tashvish va 
muammolar ko’nglingni band qiladi. Qachon moldavlat to’plasang uylan. Maslahat bilan munosib va 
salohiyatli kishilarning soliha farzandini turmushing mazmuniga aylantir. 
Ey, shogird! 
Тaqvoni, Хudodan qo’rkuvni o’zingga kasb qil! Shioringham, qadamingham muttaqinlar 
shiori va qadami bo’lsin! 
Omonatdor bo’lmoq, omonatni sohibiga belgilangan vaqtda ado etishga qattiqtirishgin! Omonatda 
ham, xalq ommasiga qilgan pandu nasihatlaringga avvalo o’zing amal qiluvchi bo’l! Haqning ham
xalqning ham oldida yuzing yorug’ bo’lishiga sabab yo’lni ravo ko’r! 
Ey, farzand! Zinhor taqvo va ilming yoki boshqa xis-latlaring tufayli odamlarga past nazar bilan qara-
magin. 
Hurmatingni ham unutma! O’zingni qancha e’zoz va ulug’lasang, boshqalarni ham shunchalik e’zozu 
ikromga munosib ko’rgin! Insonlarga qiladigan muomalalaringda juda ham ehtiyot bo’lgin! 
Ularning hayotlariga o’zingcha aralashma! Ishlariga ham kirishib ketmagin! Faqat, agar aloqa 
bog’lasalar, sen bilan salom-alik qilsalar, o’z hurmatingni bilgan holda muomala va muoshara o’rnat! 
Ilm bilan, faqat ilm bilan aloqada bo’l! 
Тurli xayrli masalalar yechimi bilan ularga iqbol qil! Ne 
saodatki, agar ular ilm ahllaridan bo’lsalar, ilm bilan mashg’ul bo’ladilar. Agar unday bo’lmasa, ular 
seni yaxshi ko’radilar, ilm va ilm ahliga qalblarida muhabbat uyg’onadi. 
Ey, shogird! Din ishi, ahkomlarini omma ichida keng ravishda targ’ib va tashviq qilishdan saqlan! 
Dunyo ishlari bilan bog’lab barobar gap yuritishga harakat qilgin! Chunki, odamlar senga ihlos 
qiladilar, gaplarin-gga ergashadilar va batamom din bilan shug’ullanib qoladilar. Buni oqibatini 
tafakkur qil! 
Ey, farzand! Biron masala yuzasidan fatvo so’rasalar, so’ralgan masalagagina javob bergin! Hech bir 
masalaga yana boshqa masalaning javobini qo’shib javob bermagin! Chunki, bunda so’rovchilarni 
chalkashtyrib ko’yish mumkin bo’ladi. Hatto mubham va mushavvish qiladi, aniq javob topolmay 
sarson bo’ladi. Shuning uchun, so’ralgan savolga, o’zi fahmlaydigan qilib, lo’nda va ixcham javob 
axtargin! 
Ey, farzand! Ogoh bo’l! O’n yil kasbu hunarsiz, ovqatsiz qolsang ham ilmdan voz kechma! Zero, 
ilmdan yuz o’girish barcha yaxshilikdan yuz o’girishdir. Ilmdan qornim, mansabim yoki boshqa dunyo 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling