Mavzu: pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati


Download 27.36 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi27.36 Kb.
#1115616
Bog'liq
MAVZU1 PEDAGOGIKA


MAVZU: PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O‘QITUVCHI MAHORATI
Annotatsiya: Maqolada Sharq mutafakkirlarining pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlari, pedagogik faoliyatni rejalashtirishning asosiy qonuniyatlari va unga qo‘yiladigan didaktik talablar yoritilgan.Tayanch iboralar: Pedagogik faoliyat, muloqot, bilim, maqsad, ta’lim, tarbiya, mutafakkirInson -tabiatning bir bo‘lagi. Inson bolasi ma’lum layoqat kurtaklari, ma’lum imkoniyatlar bilan tug`iladi. Ammo bular -imkoniyat. Bu layoqat kurtaklarining rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhit, sharoit, ta’lim-tarbiya zarur.Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar ham inson tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar ahamiyatiga katta e’tibor berib kelganlar. Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: “Munosib inson bo‘lish uchun odamda ikki imkoniyat -ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa bu kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo‘ldir”, -deydi[1]. O‘tmishda yashagan buyuk mutafakkir va donishmandlar, ayniqsa, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino o‘z asarlarida tarbiyaning shakllari va usullari haqida qimmatli fikrlarni bayon qilganlar.Abu Nasr Forobiy (873-950) ta’lim-tarbiyaga oid asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish, ta’lim-tarbiya usullari haqida fikr yuritadi. Bu jihatdan uning “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv to‘g`risida”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari to‘g`risida” kabi asarlari muhim ahamiyatga ega.Forobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim hisoblanadi. Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya esa -shaxsiy fazilatlarni, mas’ul hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim.Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba orqali o‘rganishdir. Forobiy o‘zining “Baxt-saodatga erishuv to‘g`risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida quyidagi fikrni bayon etgan. U: “Avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu -olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni o‘rganish zarur. Undan so‘ng umuman, jonli tabiat -o‘simliklar va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi”,-deydi[1].
Forobiy fanlarni tasniflash bilan birga, ularni qanday o‘rganish masalasiga ham alohida to‘xtalgan. Uning fikricha, har bir fanni o‘rganuvchi oldin o‘zini shu ilmni o‘zlashtirishga tayyorlashi, so‘ngra haqiqatni izlashi, o‘zining salomatligi, odob-axloqiga jiddiyroq e’tibor berishi lozim. Kimki ilm hikmatini o‘rganishni istasa, bu ishni yoshligidan boshlasin.Forobiy o‘zining didaktik qarashlarida ustoz, o‘qituvchining mas’uliyatini alohida ifodalaydi. “Ustoz, -deydi u,-shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchaklik ham qilmasligi lozim”[1]. Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg`otadi, bordi-yu ustoz juda yumshoq bo‘lsa, shogird uni mensimay quyadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Ayniqsa, Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Hikmat xulosalari”, “Sharhlar” kabi asarlarida insonni tarbiyalash usullari haqida ham fikr yuritadi.Forobiy tarbiyalanayotgan kishining sharoiti va xarakteriga qarab ikkita pedagogik usuldan foydalanishni tavsiya etadi. Agar tarbiyalanayotgan kishi fan va hunarni o‘rganishga o‘zi xohish bildirayotgan bo‘lsa, unga nisbatan yumshoq usulni qo‘llash zarur. Bordi-yu tarbiyalanuvchi o‘zboshimcha va itoatsiz bo‘lsa, unga nisbatan qattiq usul qo‘llaniladi, deydi[1]. Forobiy o‘z asarlarida shaxsning rivojlanish muammolarini bayon etib, inson boshqa jonzotlardan sifat jihatidan tubdan farq qiladi, deb ko‘rsatadi.Birinchidan,-deydi u,-inson -aqlli mavjudot bo‘lib, aql va jon insonning tabiiy ibtidosidir. Ikkinchidan, insonning tili va nutqi bor. Uchinchidan, inson kasb-hunarga ega. Bir-biri bilan bog`liq bo‘lgan bu barcha xususiyatlar insonning rivojlanishi va takomillashuviga imkon beradi.Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonning o‘z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarash yotadi.Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida inson kamolotiga juda kattae’tibor bergan. Uning aqliy ta’lim haqidagi fikrlarini o‘rganar ekanmiz, eng avvalo, uning ilm olish, bilimdagi ta’lim uzviyliklari, o‘qish, o‘qitish va o‘quv qurollari, yozuv belgilari haqida aytgan fikrlari g`oyat qimmatlidir. Beruniy o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Kitob as-Saydana” kabi asarlarida bayon etgan. U o‘z asarlarida dunyoni ilmiy bilish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Beruniyning fikricha, kishining aql bilan o‘ylashi, hayol surishi, fikrlashi –bu uning bilim jarayoni manbai hisoblanadi.Beruniy ta’lim-tarbiyaga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg`ulotlar davomida o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaslik uchun ta’lim olishning turli yo‘llari, shakl va metodlariustida to‘xtaladi. U: “Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirmaslik, hadeb narsa o‘qib berish zerikarli bo‘ladi va toqatni toq qiladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog`larda sayr qilgandek bo‘ladi...”-deydi[2].Beruniyning ta’kidlashicha, bilim olishda imkoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun o‘quvchida intilish va qiziqish bo‘lishi kerak. Beruniy ilm olish yo‘li bilan dunyoni bilishning bosqichlarini ko‘rsatib beradi. Olim asosiy pedagogik, didaktik talab –taqqoslash, mashq, tajribalar o‘tkazish deb biladi, bular bilim olishdagi uzviylikni yaxshilaydi. Beruniy o‘sha davrda mavjud bo‘lgan aniq faktlardan har birining maqsad va vazifalarini o‘quvchi ongiga to‘liq yetkazilgan
Beruniy hamma fanlarni biri-biri bilan bog`liq holda o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Har bir o‘quvchini bilim olishdagi vazifasi haqida ham qimmatli fikrlar bayon etgan.Ta’lim -inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. Ta’lim -o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallash bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish, ularning tafakkur va qobiliyatlarini o‘stirish, dunyoqarash, ma’naviy sifatlari, axloqiy, estetik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.Beruniy shaxs rivojlanishi, kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Ya’ni hozirgi davr pedagogikasida e’tirof etilganidek, shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Beruniy insonning rivojlanishida ilm-ma’rifat, san’at, adabiyot, amaliy faoliyat, ayniqsa, ijtimoiy turmushning ham ahamiyati katta ekanligini ta’kidlaydi[2].Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino pedagogik qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. SHarqda «SHayx ar-Rais» nomi bilan mashhur bo‘lgan alloma -Abu Ali ibn Sino o‘qituvchi mahorati haqida fikr yuritar ekan, quyidagilarni eslatib o‘tadi:-bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;-berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;-ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;-talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;-aqliy darajasiga mos ravishda ta’lim berish;-har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg`otishi darajasida bo‘lishiga erishish zarur.U o‘zining bir qator asarlarida, jumladan, “Donishnoma”, “Shafo kitobi”, “Tib qonunlari” va boshqalarda ta’lim-tarbiya masalalariga keng to‘xtaladi. IbnSino bola tarbiyalashning qiyin va murakkab tomonlarini alohida ta’kidlaydi. U o‘zining “Tib qonunlari” asarida ushbu masalaga “Tarbiya to‘g`risida” degan bir bobni bag`ishlaydi. Bunda u yosh bolalarda harakatlarni qanday tarbiyalash kerakligi to‘g`risidaqimmatli fikrlar bayon qiladi. U bolalarga nisbatan bo‘ladigan jismoniy jazoning har qanday holatini qattiq qoralaydi[3].Yosh bolalar tarbiyasiga kattalarning ta’siri tez o‘tishini Ibn Sino alohida uqtiradi. Yosh bolalar hamisha o‘zidan kattalarga taqlidqiluvchan bo‘ladi. Ularning yaxshi tarbiya topishida yaxshi xulq, odobli va aqlli kishilarning ta’siri ijobiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun Ibn Sino yosh ota-onalarga va hamma tarbiyachilarga bolalarga shaxsiy namuna ko‘rsatishni maslahat beradi. Uning fikricha, bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi qiliqlarga o‘rgatilishi zarur. Bu kelajakda uning mustahkam xarakterli bo‘lib yetishishiga olib keladi.Ibn Sino inson rivojlanishida, kamolotida aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyani o‘zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy asoslarini ko‘rsatib berdi. Bolaning har tomonlama rivojlanishida oila tarbiyasining o‘rni katta ekanligini, agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo‘lishini ta’kidladi[3].Shaxs tarbiyasida o‘qituvchining o‘rni nihoyatda katta ekanligi ma’naviy merosimiz durdonalari bo‘lmish Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy asarlarida markaziy o‘rinni egallaydi. Ular bolani to‘g`ri tarbiyalash, uning shaxsini shakllantirishda o‘qituvchi mehnatining ahamiyati, uning mas’uliyati masalasida qimmatli fikrlar qoldirganlar.
Xalq pedagogik merosi –ummon, biz bilgan pedagogik fikrlar undan bir tomchi xolos”, -deb yozgan edi atoqli pedagog RahimjonUsmonov. Pedagogika fani va uning tarixini ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, ta’lim-tarbiyaning jamiyat paydo bo‘lishi bilan shakllanganiga ishonch hosil qilamiz. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi, insonni har tomonlama yetuk qilib shakllantirishdir.Allomalarimizdan biri Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg`u bilig” asarida shunday deb yozadi: “Bilim –bu insoniylikning poydevori, uning negizida axloqan mukammal shaxs shakllanadi”. Uning fikricha, jamiyatdagi noloyiq ishlarning sababi bilimsizlik va savodsizlikdir[4]. Pedagogika tarixi ta’lim-tarbiya paydo bo‘lishi bilan asta-sekin insoniyat tomonidan o‘zi bilmagan holda rivojlantirib kelindi. Shunday qilib, pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi. Har bir davrda yangi-yangi pedagogik fikrlar paydo bo‘ladi va shuning asosida ta’lim-tarbiya rivojlanadi. SHu davrda yashab ijod etgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘z davrining ilg`or ma’rifatparvar allomasi sifatida ta’lim-tarbiya aqidalarini, o‘zidan ilgari ijod etgan mutafakkirlarning pedagogik qarashlarini davom ettirdi. Ayniqsa, insoniy kamolotda ilm-fanning o‘rni beqiyosligini ta’rifladi. Navoiy o‘zining axloqiy asarlarida komil inson haqida fikr yuritadiva unga xos fazilatlarni sanab o‘tadi.Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimu mudarrislar hamda ustozu-murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. U nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid etadi va o‘qituvchi ma’lumotli, o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur, deydi. «Mahbub ul-qulub» asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘ta qattiqqo‘l, johil va ta’magirliklarini qoralash bilan birga, o‘qituvchi mehnatining og`irligi,murabbiylik haqqini xolisona baholaydi[4]. Abdulla Avloniy fikricha, bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug`ullanish benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «Diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir... Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog`liqdir».Xulosa qilib aytganda, pedagogika tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ko‘plab bunday qimmatli fikrlar diqqatimizni tortadi. Bugungi kunda ham mutafakkirlarimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari yetuk avlodni tarbiyalashda dasturulamal bo’lib xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.
Toshkent: Xalq merosi, 1999. –224 b.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Toskent, 2006.-125 b.Abu Ali ibn Sino. Ziynat.
Toshkent: SHarq, 1992.-203 b. Asqarova O‘. Qoraboyeva Z. Pedagogik mahorat asoslari.
Muammoli ma’ruzalar matni. Namangan, 2005.-84 b.
Download 27.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling