Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
-FASL ILMNI VA ILM AHLINI ULUG’LASH HAQIDA
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
4-FASL ILMNI VA ILM AHLINI ULUG’LASH HAQIDA
Bilgilki, tolibi ilm ham, tolibi kasb-hunar ham faqatgina ilm va ilm ahlini.hurmatini o’z o’rniga keltira olishi uni hurmatlab, ta’zimini ado eta olishi bilangina ilmga, kasbga erishib, ulardan muvaf-faqiyat ila manfaaat topadi. Ustozni hurmatiga e’ti-bor va uni qat’iyan ulug’lash, salobatli tutish esa alohida ahamiyat kasb etadi. Donishmandlarimiz: Hurmat saqlash toat-ibodatdan ko’ra afzalroqdir,-deganlar. Yana bir ulug’ zotdan: -Ilm afzalmi yoki odob?- deb so’raganlarida, ul zot: -Odob afzal,- deb javob berganlar. Haqiqatda ham, go’zal xulq, odob har qanday olimu-xunar egasining benazir ziynatidir. Yana shunday mo’’ta-bar insonlardan: kim nimaga erishgan, fazilat va daraja topgan bo’lsa faqat hurmat, odob saqlash bilan erishibdi. Kimki o’z obro’-e’tiboridan, erishgan fazilatidan ayrilgan bo’lsa, bilsinki, u faqatgina bu ayriliqni odob saqlashni loyiq ko’rmagani, hurmat va e’zozni tark qilgani sababidandir,- deb ogoh qiladilar. Yana: -Ogohlik, ziyrak fahm bilan bir oz fikr qilgin, inson gunohu ma’siyat bilan imondan ajrapmaydi. Balki izzat-ikromni va odobni tark etgani uchun kofir bo’ladi. Farishtalarga dars o’tagan Iblisni yodingga ol! U beodoblik va tarki ehtirom-la Alloh taoloning rahmat dargohidan quvildi, Unga osiy bo’ldi. Vahhobiylarni ko’r! Kattalarga hurmatlari, kichikka izzatlari yuzakilikka, yohud yo’qlikka yuz tutgani sabab ustozning ulug’ligini e’tirof etmadilar. Barcha us-tozlarining norizolik dastorlarini boshlariga qo’yib, ustlariga duoibaddan iboratliboslar kiydilar. «Ilmu taqvolari» bilan muborak, pok dinimizga qancha zarar keltirdilar. Ushbu harakatlari natijasida to’g’ri yo’ldan chiqdilar, Allohning roziligiga muyassar bo’ladigan yo’ldan adashib, dunyoga, shayton rizoligi tomoniga o’tdilar. Musannif (a.r.) hazratlari, muallim va ta’lim-tarbiya beruvchi insonni hurmatini qoim qilish, ular huzurida odobu ahloq sulukotlariga rioya qilish bevosita ilmni hurmati, ta’zimidan sanaladi, - deb qayd etadilar. Hazrati Ali (r.a.)ning ushbu so’zlarini gapimizning tasdig’i desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Hazrati Ali aytdilar: - Menga bir dona harf o’rgatgan kishining quliman. Хohlasa sotsin, xohlasa qullikdan ozod qilsin, xohlasa kul qilib ishlatsin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling