Mavzu: Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy –psixologik xususiyatlari
Kirish
Asosiy qism
1. O’zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlari.
2. O’rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oila haqidagi qarashlari.
3. Oilada bola tarbiyasining psixologik – pedagogik tomonlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Farzandini har tomonlama kamol topgan haqiqiy inson qilib tarbiyalash har bir ota – onaning ezgu niyatidir. Chunki, aqlan va axloqan barkamol bo’lgan kishi ona yurti oldidagi xizmatlari uchun doimo xalq orasida hurmat e’tiborda bo’lgan va e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar insoniylik fazilatlari poydevorining faqatgina oilada qo’yilishini, ya’ni odob – axloqning avvali oiladan boshlanishini azal – azaldan sezishgan va oila tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qarashgan.
Ajdodlarimiz o’z nasllarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota – bobolarimiz asrlar davomida tilimizni, dilimiz va dinimizni, o’zbekning o’zligini har tomonlama asrab – avaylab, barkamol avlodlarni voyaga yetkazdilar. Bunday fazilatlar asl e’tiboriga ko’ra bizning zahmatkash xalqimizga munosibdir va bu bilan har qancha g’ururlansak arziydi”.
Kishilik jamiyati paydo bo’lgandan boshlab oilasi masalasi, shaxslararo munosabat ayniqsa oilada bolalar tarbiyasi dolzarb masalalardan biri bo’lib
kelmoqda. Ana shu boisdan ,,Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari” mavzusida bitiruv malakaviy ishi tayyorlashni o’z oldimizga maqsad qilib belgilab oldik.
Mustaqil ishining maqsadi. O’zbek oilasining milliy etnopsixologik xususiyatlari va bola tarbiyasidagi rolini o’rganish.
Mustaqil ishining vazifalari.
O’zbek xalqi etnopsixologiyasining o’ziga xos tomonlarini
o’rganish, tahlil etish.
O’rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oila haqidagi
qarashlarining ahamiyatini o’rganish, aniqlash.
3. Oilada bola tarbiyasining psixologik – pedagogik tomonlarini tahlil qilish.
4. O’zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatlar jarayonini o’rganish.
5. Bolalarda axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishda oilaning o’rnini, rolini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |