Mavzu: Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy –psixologik xususiyatlari


O‘rta osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oila haqidagi qarashlari


Download 99.5 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1531672
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oilada bola tarbiyasini

2. O‘rta osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oila haqidagi qarashlari
Jahon fani va madaniyatiga g‘oyat ulkan hissalar qo‘shgan O‘rta Osiyolik donishmandlar o‘zlarining keng qamrovli fikrlari bi­lan insonni qanday qilib baxtli hayotga yo‘llash mumkinligi borasida ham riyozat chekib izlanganlar, bu xususda oqilona yo‘l topish uchun intilganlar. Ular o‘zlarining ana shu mazmunda yaratgan asarlarida axloqli, odobli bo‘lish, fayz-barakali, totuv oila qurish baxt-iqbolga eltuvchi ishonchli yo‘llardan ekanligini ko‘rsatib berishgan.
O‘rta Osiyodagi axloq, odob, oila haqidagi qarashlarning boshida xalqning o‘lmas daxosi yorqpn nur sochib turadi.
«Mifologik va afsonaviy qaxramonlarning obrazlari,— deb yoza­di professor Y. Jumaboyev,— xalq xotirasida asrlarcha yashab va qayta o‘zgartirilib keldiki, ularshshg aks-sadolari xozirgi kunga qadar O‘rta Osiyo xalqlariniig badiiy ijodida ham saqlanib qolgan. «Kitobi Jamshid», «Erxubba afsonasi» kabi o‘zbek ertaklari, folklor asarlari, bir qancha qadimiy shaharlar, xalqlar va hokazolarning bunyod etilishi xaqidagi afsonalar va rivoyatlar bun-ga yorqin misol bo‘la oladi... O‘sha qadimiy zamonlarda O‘rta Osiyo­dagi kuchmanchilar va utroq xalqlar orasida ko‘pgina axloqiy rivoyatlar bo‘lib, ular asosini O‘rta Osiyo xalqlariniig vatanparvarlik kurashi tashkil etgan. Bu rivoyatlarda vatanga va hurriyatga bo‘lgan qizg‘in muhabbat tarannum etiladi; ularda or-nomus, do‘stlarga va safdoshlarga sadoqat kabi eng ezgu insoniy tuyg‘ular o‘z ifodasini topadi, o‘z burchini ado etish, dushman ustidan g‘alaba qilish yo‘lida qahramonlarcha o‘z jonlaridan kechishga, har qanday mashaqatlarga bardosh berishga, sevgi-muhabbatdan kechishga, o‘z qabiladoshlarining or-nomusi uchun turadilar»
Aytilgan so‘zning uddasidan chiqishdek mardlik, kechirimlilik, botirlarga xos insoniylik, oliy qimmatlik, sevgi va muhabbatga sodiqlik kabi chin insoniy axloqlar ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan muqaddas fazilatlardir. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining o‘sha qabi- lachilik hayot tarzlarini aks ettiruvchi eposlarida mardlik, jasurlik, kamtarlik, sevgiga sadoqat, do‘stlik va birodarlik, tinch-totuv yashash uchun kurash, insoniy qadr-qimmat, halol va pok turmush oilada poklik ulug‘langan. Biz bu ulug‘ g‘oyalarning «Alpomish», «Kuntug‘mish», «Gurug‘li» turkumidagi barcha dostonlarda, ajoyib xalq ertaklarida talqin etilganini ko‘ramiz.
Shunisi diqqatga sazovorki, qadimiy eposlarimizda ayollar erkaklar bilan teng mavqeda tasvirlangan, ular ham barcha sohalarda erkaklar bilan teng jasorat ko‘rsata olganlar.
Sevib turmush qurish, sevgiga vafodorlik, oilaviy totuvlik kabi insoniy xislatlar O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek urug‘lar va elatlarining xarakterli xususiyati sifatida saqlanib qolgan.
Hozirgi o‘zbek xalqining millat sifatida tarkib topishida 92 urug‘, elat, qabila a’zolarining o‘zaro birlashuvi, yagona ittifoqi bor ekanligini o‘qituvchi aytib o‘tishi ham o‘rinlidir.
O‘zbek xalqining tarkibida mazkur elat, qabila va urug‘lar ishtirok etgan, ular O‘zbekistonning bir yoki ikki joyida emas balki butun Turkiston hududida yashaganlar. Shu boisdan ham ularning turmush tarzlarida ayrim farqlar ko‘rinib turadi. Bu hol faqat qadimgi davrlar uchungina hos bo‘lib qolmay, balki uning ba’zi bir unsurlari hozir ham yashab kelayotganligi bilan ham belgilanadi. Masalan, Toshkent shahri bilan uning viloyatida yashovchi aholi, Farg‘ona vodiysining turli rayonlarida istiqomat qiluvchi o‘zbeklarning nikoh to‘ylarida o‘ziga xosliklar mavjud.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling