Imom Buxoriy hazratlari
Download 32 Kb.
|
Meni qoyil qoldirgan alloma
Imom Buxoriy hazratlari Imom Buxoriy rohimahulloh 810 yil tavallud topgan. Ismiga to’xtaladigan bo’lsak, to’liq ismlari Abu Abdulloh Muhammad ibn Abul Hasan Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug’ira ibn Bardezbax bo’lgan. Abu Abdulloh kunyalari bo’lgan. Ismi Muhammad bo’lgan. Bu zot otadan erta yetim qolgan. Onasini qo’lida qolgan paytda 8 oylik bo’lgan. Olamdan o’tayotgan Buxoriyni otasi onasiga vasiyat qiladiki, Muhammadga faqat ilm o’rgatasiz. Aksiga olib Muhammadni ko’zi ko’r bo’lib qoladi. Shunda ona bechora kunduz kunlari ro’za tutib, kechalari bilan allohga ibodat qiladi. Kunlarning birida Buxoriyning onasi tushiga Iso alayhisalom kirib Alloh o’g’lingni ko’ziga shifo berdi deb xushxabarni yetkazadi.Buxoriymi bobolari Ibrohim ibn Mug’ira Buxoriyni eng kata boylaridan bo’ladi. U aytadiki meni topgan molimdan bir dirhami ham xarom ekanligiga shubham yo’q. Bundan ko’rinib turibdiki, nasabi ulug’ zotning vorisi Buxoriy bo’lmish shu sabab buyuk olim darajasiga yetdi. Onasining oldidan ilm olish uchun safarga otlandi. 40 yil hadis to’pladi. Jami 600 mingta hadisnni to’plab, sahih (ishonchli) va nosahih(ishonchsiz) ga bo’lib chiqdi. Buxoriy bu harakati 16 yilda sodir bo’ldi. Imom Buxoriy Muhaddislar sultoni unvoniga sazovor bo’ldi. Sahih hadislar sonini jami 7275 taga yetkazdi. Sovet davrida 1953 – yilda Amerikalik fan doktori Nabil Jisr ismli olim O’zbekistonga telefon qilib, sayohatga borishini aytadi, Sovet ittifoqiga bunga rozilik bildiradi. Keyin u olimga qayerlarni ziyorat qilishligi to’g’risida ro’yhatni taqdim etishadi. Olim bunga javoban men sizlarni yurtingizga borishimdan maqsadim sizlarda bir hadisshunos olim Imom Buxoriy ismli zot yotibdi Samarqandda birinchi ana shu joydan ziyoratni boshlayman deydi. Keyin Moskvadan telefon qilishib bizda shunday zot bormi deb so’rashadi. Shu paytda bizning yurtimizda muftiy bo’lib ishlab turgan Ziyovuddin qori akamiz ha bor deya javob beradi. Samarqandga telefon qilib Imom Buxoriy yotgan joyni ahvolini so’raydi. Afsuski javob qoniqarli bo’lmaydi. Biz u yerni dehqonchilik anjomlari turadiga omborxona qilib qo’yganmiz deyishadi. Nima bo’lsa ham 3 kunda tozalab qo’yinglar deya topshiriq olishadi. Lekin buning iloji yo’q deb aytishadi. Olim Nabil Jisrni samalyotda emas Poezdda obkelishadi bu esa Sovet davrini hiylasi edi. Shunday qilib olimni 5 kun deganda Samarqandga olib kelishadi. Imom Buxoriyni qabriga ataylab kechqurun olib kelishadi. Sababi olim tez ziyorat qilib ketadi deb o’ylashgandi. Afsuski unday bo’lmadi. Qabrga 50 metrga yaqin masofa qolganda mashina shafyorini to’xtating deya mashinadan tushadi. Tiz cho’kib embalagancha qabr tomon yig’lagancha yurib boradi. Olim Nabil Jisr qur’on tilovat qilishni boshlaydi ertalab bomdodga qadar kalomullohni hatm qilgan ekan. Tugatib bo’lib atrofga qarasa hammayoqni o’t o’lan bosib yotganini ko’radi. Olim 1 gramm tuproqqa 1 gram oltin berishini taklif beradi. Imom Buxoriyni qabrini olib ketmoqchi bo’ladi. Bu juda ham foydali biznes edi Sovet davri uchun lekin ularda siyosat nihoyatda jiddiy bo’lgan. Sovet davrini odamlari aytadiki bilasiz yaqinda urushdan chiqdik siz kelishizdan oldin ta’mirlaymiz deb aytishadi. 1997 – yilda marhum birinchi prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida Imom Buxoriyni majmuasi qayta rekonstruktura qilininb xalqimiz uchun topshirildi. Bu zotga Abu Iso at Termiziy shogird bo’lganlar Imom Buxoriy vafotidan so’ng yig’layverib ko’zlari ko’rmay qolgan ekan. Bu ustoz deb ataluvchi zotga hurmatni keying avlodlarga ham na’muna qilib ko’rsatishga arzigulik ish deb o’ylayman. Zamon rivojlangani bilan 50 ta olim birlashib telegram, facebook, faksdan foydalanib bo’lsa ham 16 yilda 600 mingta hadisni to’play olmaydi va ularni ishonchli va ishonchsizga ajratib chiqolmas ekan Bu degani Imom Buxoriydek zot boshqa dunyoga kelmaydi degani. Hazrat Imom Buxoriy 870 yili Samarqandning Xartang qishlog’ida olamdan o’tadi. O’sha davrda Buxoro xalifasi Xolid Ibn Valid o’glimga ta’lim bersangiz saroyimga tashrif buyurib deya Imom Buxoriyga xat yozadi. Ul zot bunga javoban shunday javob beradi. Ta’lim olish uchun kelinadi, ta’lim berish uchun borilmaydi . Shundan keyin quvg’in qilishni buyuradi. Buxoriy Samarqandda faoliyatini olib borishga to’gri keldi Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling