Somoniylar davlat boshqaruvi Davlat ishlari nazorati


Download 418.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi418.5 Kb.
#265940
Bog'liq
Somoniylar davlat boshqaruvi

Somoniylar davlat boshqaruvi

Davlat ishlari nazorati

  • Amid il-mulk. Davlatlararo munosabatlar Sohibi ashshu’rat. Harbiy ishlar Sohibi al-barid. Pochta aloqalari xizmati Muhtasib devoni. Bozor, savdo-sotiq ishlari Davlat mulklari devoni Vaqf devoni. Diniy muassasa mulklari Qozilik (sud ishlari) devoni Nuh ibn Nasr (Nasr II) davrida buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida saroy qurilib, barcha devonlar unga joylashtiriladi. Mahkama xizmatchilari muayyan bilimga ega bo’lgan, arab va fors tilini puxta bilgan zadogon va ruhoniylardan tanlangan. Pochta-aloqa xizmatidan boshqa hamma devonlarning viloyatlarda vakillari bo’lib, ular ham markaziy devonga, ham viloyat hokimiga bo’ysungan. Har bir shaharda shahar boshlig’i – rais ma’muriyati mavjud bo’lgan. Davlatda islom dinining ta’siri g’oyatda katta bo’lganligidan, oliy diniy mansab – Shayxul islomning roli yuqori darajada e’tirof topgan.

Somoniylar davrida qishloq xo’jaligi, mahalliy ishlab chiqarish, hunarmandchilik, savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi.

  • O’lkaning Shosh, Farg’ona va Xorazm vohalarida turli xil g’alla ekinlari etishtirish, bog’dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxta etishtirish ancha kengayib bordi. Ko’plab suv inshootlari barpo etiladi. Qishloq ahli mavjud xomashyo mahsulotlaridan turlicha ishlov berish yo’li bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi. Jumladan, Zandana qishlog’ida sifatli, tilla rang «zandanachi» deb nom olgan bo’z to’qish (u chetga ham chiqarilgan), Samarqand yaqinidagi Vador qishlog’ida sarg’ish tusli chiroyli yumshoq, pishiq «vodoriy» deb nomlangan matolar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg’ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g’oyatda ravnaq topgan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ular etishtirgan barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini ta’minlagan. Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma’danlardan qimmatli, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan.

  • Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg’ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g’oyatda ravnaq topgan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ular etishtirgan barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini ta’minlagan. Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma’danlardan qimmatli, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan.

. Uch joyda (Buxoro, Samarqand, Farg’ona) kumush pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari, Farg’ona va Iloqda qurolyarog’lar yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdek, Farg’ona vodiysi, Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarining tog’li hududlarida kon-ruda ishlab chiqarishi taraqqiy topdi. Ip - yigirish, to’quvchilik va to’qimachilik (gilamlar, poyondozlar v.b) hunarlari rivojlangan bo’lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan.

  • . Uch joyda (Buxoro, Samarqand, Farg’ona) kumush pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari, Farg’ona va Iloqda qurolyarog’lar yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdek, Farg’ona vodiysi, Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarining tog’li hududlarida kon-ruda ishlab chiqarishi taraqqiy topdi. Ip - yigirish, to’quvchilik va to’qimachilik (gilamlar, poyondozlar v.b) hunarlari rivojlangan bo’lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan.

Somoniylar davrida er egalari

  • Mulki sultoniy (davlat tasarrufidagi erlar)
  • Mulk erlari (xususiy erlar)
  • Mulki xos (oliy martabali ruxoniylar va sayyidlar tasarrufidagi erlar)
  • vaqf erlari (diniy muassasalarga tegishli)
  • jamoa erlari

Somoniylar davrida davlat boshlig’i o’z farzandlari, yaqinlariga, amirlar, hokimlar, lashkarboshilarga ularning xizmatlari evaziga tuman, shahar, hatto viloyatlarni ham in’om qilgan. Bunday mulk iqto, ularning egalari iqtodorlar deb atalgan. Iqtodorlar o’ziga in’om etilgan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning bir qismini o’ziga olish evaziga daromad olgan.

  • Somoniylar davrida davlat boshlig’i o’z farzandlari, yaqinlariga, amirlar, hokimlar, lashkarboshilarga ularning xizmatlari evaziga tuman, shahar, hatto viloyatlarni ham in’om qilgan. Bunday mulk iqto, ularning egalari iqtodorlar deb atalgan. Iqtodorlar o’ziga in’om etilgan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning bir qismini o’ziga olish evaziga daromad olgan.

Aholi iqtodorga bug’doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to’lagan. Iqtodan foydalanish muddati davlat boshlig’iga bog’liq bo’lgan. Avvallari iqto vaqtincha berilgan, iqtodor bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlar esa iqtodan umrbod foydalanganlar.

  • Aholi iqtodorga bug’doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to’lagan. Iqtodan foydalanish muddati davlat boshlig’iga bog’liq bo’lgan. Avvallari iqto vaqtincha berilgan, iqtodor bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlar esa iqtodan umrbod foydalanganlar.

Download 418.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling