Meva, urug’ tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi reja


Download 177.63 Kb.
bet1/9
Sana29.10.2023
Hajmi177.63 Kb.
#1732954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 meva urug tuzilishi tiplari va klass


MEVA, URUG’ TUZILISHI, TIPLARI VA KLASSIFIKATSIYASI



Reja:

1.Meva haqida tushuncha;


2.Mevalar klassifikatsiyasi;
3.Urug’ tuzilishi va tiplari;
4.Meva va urug’lardan foydalanish.

Tayanch iboralar: Karpologiya fani va uning ob’ekti, meva morfologiyasi; mevalarni tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishiga ko‘ra turlari:oddiy, soxta, murakkab, to‘pmeva, chinmeva, ho‘l meva, quruq mevalar; urug‘larning tuzilishiga ko‘ra tiplari, ularda yuz beradigan jarayonlar hamda ulardan foydalanish.




1. Meva haqida tushuncha
1.Meva-urug’ni himoya qiladigan va tarqalishiga yordam beradigan asosiy generativ organ.
2. Meva – guldagi urug’langan ginetseydan ya’ni undagi tuguncha devoridan rivojlanadi.
3.Mevalarni – Karpologiya fani o’rganadi.
Meva faqat yopiq urug’li o’simliklar uchun xosdir. Mevaning shakli, o’lchami, rangi turlicha. Uning vazifasi urug’ni himoya qilish, tarqalishiga xizmat qilishidir. Qo’sh urug’lanish jarayonidan keyin urug’chi qismlari o’zgarib ketadi. Natijada tuguncha devori o’zgarib meva qatini hosil qiladi. Meva qavati quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan bo’ladi. Mevaning tashqi qavati - ekzokarp. Mevaning o’rta qavati-mezokarp. Mevaning ichki qavati -endokarp. Ekzokarpning asosiy vazifasi mevani himoya qilishga xizmat qilishidir. Mezokarp qavati zahira oziq moddalarni saqlashga xizmat qilib, boshqa qavatlariga nisbatan yaxshi rivojlangan bo’ladi. Endokarp urug’ni tashqi tomonidan o’rab turishga xizmat qiladi.
2.Mevalar klassifikatsiyasi
Hozirgi kunga qadar mevaning tugallangan klassifikatsiyasi yo’q. Mavjud klassifikatsiyalar sun’iy bo’lib, ayrim morfologik belgilarga asoslangandir. Keyingi yillarda genetik klassifikatsiya yaratilgan bo’lib uning asosiga morfologik belgilar va mevaning tarixiy kelib chiqish fiziologiyasi asos qilib olingan. Sun’iy klassifikatsiya bo’yicha mevalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1.Kelib chiqishiga ko’ra;
2.Meva qatining tuzilishiga ko’ra;
3.Urug’larning soniga ko’ra.
Mevalar kelib chiqishiga ko’ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to’p mevalarga bo’linadi.

  1. CHin yoki haqiqiy meva faqat urug’chi tugunchasining o’zidan rivojlanib, ularga Cerasus, Persica, Armeniaca mevalari kiradi.


  2. Download 177.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling