Meva, urug’ tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi reja


Download 177.63 Kb.
bet6/9
Sana29.10.2023
Hajmi177.63 Kb.
#1732954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 meva urug tuzilishi tiplari va klass

1. Shamol -Anemofil-veteropыlyayemыye rast.
2. Xashoratlar yordamida -Entomofiliya-nasekomoopыlyayemыye.
Ba’zi o‘simliklar, mayda qushlar, mayda xayvonlar yordamida changlanadi. Hashoroatlar yordamida changlanishni entomofiliya deyiladi. Entomofil o‘simliklarning guli yaxshi rivojlangan, ko‘pincha to‘pgullarga birlashgan bo‘ladi. Gultoj barglari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ranglari: oq, pushti, sariq, ko‘k, qizil. Gullarida nektar bezlari yaxshi rivojlangan changlari yirik tukli yopishqoq bo‘ladi. O‘rik, gilos, shaftoli, anjir, nok kabi daraxt o‘simliklar hashoratlar yordamida changlanadilar. M.tropik mamlakatlarda ba’zi o‘simliklar va mayda daraxtlar kolibri degan kichkina qush yordamida changlanadi. Avstraliya o‘rmonlaridagi o‘simliklar olmaxonlar yordamida changlanadi. O‘simliklar suv yordamida ham changlanadi. Bunday changlanish gidrofiliya, o‘simliklar esa gidrofil o‘simliklar deyiladi. Suvda o‘sadigan elodeya, valesneriya o‘simliklar suv yordamida changlanadi. Bularning changlari po‘sti bir qavat, changni tashqi qavat ekzina bo‘lmaydi.Changning shakli ipsimon. Changning solishtirma og‘irligi suvning solishtirma og‘irligi bilan teng. Shamol bilan changlanadigan o‘simliklar anemofil o‘simliklar, changlanish esa anemofiliya deb ataladi. Anemofil o‘simliklarning gullari ko‘rimsiz, mayda va ko‘pincha kuchala to‘pgulga birlashgan. Nektar bezlari yo‘q. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklarga ochiq urug‘li o‘simliklardan: archa, qarag‘ay, yopiq urug‘li o‘simliklardan:terak, tol, yong‘oq, nasha, jo‘xori kiradi. M.qandlavlagining otalik changi shu qadar yengilki 2000 m balandlikka ko‘tarila oladi. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklarning changlari juda ko‘p bo‘ladi va kichikroq bo‘ladi. M.o‘rmon yong‘og‘ining 1 ta otalik gulida kuchalasida 4 mln. chang bo‘ladi.
1 ta jo‘xorining otalik to‘p gulida 50 mln.chang bo‘ladi. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklarning gul to‘plamlari, otaliklari, tebranib turadi. Onalik og‘izchasi ham katta bo‘ladi. O‘simliklarning ko‘pchilik qismi xashoratlar yordamida changlanadi. Gulli o‘simliklarning 9/10 qismi xashorat, 1/10 qismi shamol yordamida changlanadi. Xashoratlar yordamida changlangan o‘simliklarning gullari katta, chiroyli xidli bo‘ladi. Ko‘knori, gulsafsar, beda, mevali daraxtlar. Xashoratlar yordamida changlanuvchi o‘simliklar gullarida shira ishlab chiqaradigan nektarniklari bor. Bular shirani ishlab chiqaradigan nektar deyiladi. Uning tarkibida 25-90% suv, 3-72% saxaroza, glukoza bo‘ladi. Bulardan tashqari xashoratlar o‘simlik changidan oziqlanadi. M.asalari chang bilan lichinkalarini boqadi. Xashoratlar yordamida changlanuvchi o‘simliklarda nektarning qayerda bo‘lishini ko‘rsatuvchi belgilari bor: M.gulsafsarning toj bargida sariq tukchalar, lola, lolaqizg‘aldoq, ko‘knorini tojbargida qora dog‘lar bor.
OTALIK CHANGINING TARAQQIY ETISH VA RIVOJLANISHI
MIKROSPOROGENEZ
Otalik changi changdoni ichida:changdonning epidermisi-da, ya’ni subepidermal qavatida bo‘lgan meristemaning ba’zi bir xujayralari boshqalariga nisbatan kuchliroq taraqqiy etgan bo‘ladi. Bu xujayralar birlamchi arxesporalar deyiladi. Birlamchi arxesporalar kariokinez yo‘lida 2 bo‘linib, ko‘payib 4 ta xujayra xosil qiladi. Xosil bo‘lgan xujayralarning 2 tasi fibrioz, 3 si tapetum, 4 si ikkilamchi arxespora deb ataladi. Ikkilamchi arxesporalarning xujayrasi reduksion yo‘lda bo‘linib, 4 ta qiz xujayrani xosil qiladi. Bu 4 ta xujayrani tetrada deyiladi. Tetradaning xar bir xujayrasi rivojlanib changga aylanadi. Chang 2 qavat po‘st bilan o‘ralgan. Tashqi qavati ekzina, ichki qavati intina. Ekzina qalin bo‘ladi. Intina yupqa bo‘ladi, sellyulozadan tashkil topgan. Changning ichida 2 ta yadro vegetativ va generativ yadro bo‘ladi. Generativ xujayraning bo‘linishidan ikkita spermiy (otalik gametalari) hosil bo‘ladi. Vegetativ xujayradan chang naychasi o‘sib spermiylarning murtak xaltachasiga yetib borish yo‘li hisoblanadi.
(Onalik embrion xaltachasining rivojlanishi va tuzilishi)
MAKROSPORAGENEZ
Onalik tugunining subepidermal qavatida meristemadan birlamchi arxespora xosil bo‘ladi. Birlamchi arxespora 2 marta bo‘linib, 4 ta xujayra xosil qiladi. Birlamchi arxespora 2 marta bo‘lingandan, 4ta xujayra xosil bo‘lgandan so‘ng xujayralarning yuqoridagi 2 tasi pariyental qavat, 3 chisi tapetum, 4 si 2 lamchi arxespora deyiladi. 2 lamchi arxespora reduksion yo‘lda ko‘payadi. Natijada 4 qiz xujayra tetrada xosil bo‘ladi. Tetradaning 3 tasi nobud bo‘ladi, 1 tasi rivojlanadi. Tetradaning 1 xujayrasining yadrosi 3 marta bo‘linadi. Natijada bu xujayrada 8 ta yadro xosil bo‘ladi. Yadroning 4 tasi xujayraning shimol qutbida 4 tasi janub qutbida joylashadi. Yuqoridan 1 tasi o‘rtaga tushadi. Pastdan ham 1 tasi o‘rtaga chiqadi. Bu yadrolar qo‘shiladi. Bu qo‘shilgan yadrolarni bola qopchig‘ining markaziy yadrosi yoki ikkilamchi yadro deyiladi.
Yuqorida qolgan 3 ta yadroning 1 tasini tuxum xujayra, qolgan 2 tasini sinergida deyiladi. Pastdagi 3 tasini esa antipodalar deyiladi. Demak, yetilgan bola qopchig‘ida 7 ta yadro bo‘ladi.

Download 177.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling