Bismillohiyr rahmoniyr rohiym!
Download 18.91 Kb.
|
09.12.2021 Maktab chempionati
BISMILLOHIYR RAHMONIYR ROHIYM! 1-savol: Tarqatma material. Birinchi Jahon urushi qurboni bo`lgan Jon Uotsonning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. London. 1920-yil. Diqqat savol: Ushbu matnda ortiqcha bo`lgan so`zni yozib bering! Javob: Birinchi! Izoh: 1939-yillargacha odamlar bu urushni birinchi jahon urushi deb atamagan. Chunki keyingi urush bo`lishini hali hech kim bilmasdi. 2-savol: Shaftolini sevib iste`mol qiladiganlar oramizda ancha. Uning ruscha nomini esga oling. Diqqat savol: Shaftolining vatani qaysi davlat? Javob: Fors, Eron. Izoh: Fors olmasi degani. 3-savol: Abdulla Avloniy tomonidan maktablarda hozirgacha amalda qo`llanilayotgan yangiliklar kiritilgan. Masalan, sinfdan sinfga o`tayotganda imtihonlar o`tkazilishi, tabiiy fanlarning o`tilishi va hokazo. Avloniy joriy etgan yana bir yangilik haligacha amalda. Bu yangilikning aniq o`lchamlari bor. Pandemiya sharoitida esa bu o`lchamlar ma`lum miqdorda oshirildi. Diqqat savol: Avloniy hozir maktablarda mavjud bo`lgan qaysi yangilikni ilk bora amalga kiritgan? Javob: Darslar orasida tanaffus qilish. 4-savol: Ispanlarda ham o`ziga yarasha irim-sirimlar bor. Avvallari ispan ayollari bolalariga ko`z tegmasligi uchun ularning yelkasiga uni tikib qo`yishgan. Shu orqali yomon ko`z balosidan asray olishlariga ishonishgan. Diqqat savol: Ular nimani tikishgan? Javob: Ko`zgu. 5-savol: Odam nafas olganda diafragma reflektor qisqarib nafas yo`llaridan o`ziga xos tovush chiqishi shunday ataladi. Biz esa bu holatni sodir qilgan odamni jinoyatda ayblab ko`ramiz. Bu qaysi holat? Javob: Hiqichoq. 6-savol: Rivojlangan AQSH davlatida yiliga taxminan 100 million qush ular tufayli hayotdan ko`z yumadi. O`zbekistonda bu ko`rsatkich yuqori emasligi aniq, chunki bizda ular yaqingacha mavjud emasdi, va ularning birinchisi endigina paydo bo`ldi. Siz menga ular nimaligini emas, O`zbekistondagi uning birinchisining nomini yozib bering. Javob: Nest One! 7-savol: Ulkan oila Parijda ta`tilni o`tkazish uchun Piter va Keytning uyiga to`planadi. Uy egasining 8 yoshli o`g`li Bazz ismli qarindoshi bilan umuman chiqisha olmasdi. Mojarodan so`ng mansardga badarg`a qilingan bola oilasining yo`q bo`lishini tilaydi. Diqqat savol: O`sha bolaning ismi nima edi? Javob: Kevin! Izoh: Bu “Uyda yolg`iz” filmining syujeti. 8-savol: Hindistonniki eng katta va murakkabi. Buyuk Britaniyada uning yagona shakli yo`q, uning o`rniga Magna Carta nomli to`plam ishlatiladi. Eng qadimiysi San Marinoga tegishli, 1600-yilda yaratilgan. U nima? Javob: Konstitutsiya. 9-savol: DUPLET. 1-savol: Ibn Sino xalqimizga xush keluvchi bu narsaning juda zararli ekanligini, insonning tomoq yo`lida og`ir kasalliklar keltirib chiqarishi mumkinligini yozib ketgan. Shu nomda bir o`zbek filmi ham ekranlarga chiqqan va yaxshi kutib olindi. Bu narsani ikki so`z bilan yozib bering. Javob: Issiq non. 2-savol: Xalqimizga xush keluvchi bu narsaning zararli ekanligini, oshqozonga yomon ta`sir qilishini xitoyliklar aytishgan. Yaponlar esa bu mahsulotni iste`mol qilgandan ko`ra, sizni ilon chaqqani yaxshiroq ekanligini aytadi. Bu mahsulotni ikki so`zda yozib bering. Javob: Sovuq choy. 10-savol: Adolf Gitler qayergadir borsa, uchrashuvlar juda yuqori ruhda o`tgan va uchrashuv tugaganida ham odamlar uni qo`yib yuborgisi kelmagan. Undan dastxat olish, yana suhbatini eshitishni xohlashgan. Bu esa Gitlerga maqul kelmagan. U uchrashuvlarining yakunida UNDAN foydalangan va vaziyatdan chiqib ketgan. U nima? Javob: Madhiya! 11-savol: Bu jonzot haqidagi qiziqarli faktda 1 kilogramm 300 ming kilometr va 19 million sonlari esga olinadi. Bu qaysi jonzot? Javob: 1 kilogramm asal olish uchun asalari 300 000 kilometr masofani bosib o`tadi va 19 million dona gulga qo`nadi. 12-savol: Bu sport turi endigina o`ynala boshlaganida o`yin maydonida 2 ta narvon turishi shart edi. Hozir esa bunga hojat qolmagan. Diqqat savol: Qaysi sport turi? Javob: Basketbol. 13-savol: Ulardan biri sizni to`xtashga undaydi, biri esa bir to`xtab, yana davom etishingizni uqtiradi. Boshqari biri sizdan izoh talab qilsa, yana boshqasi sizdan javob kutadi. Diqqat savol: Ularni ikki so`z bilan yozib bering. Javob: Tinish belgilari. 14-savol: Qadimgi Misr aholisi ham, yurtimizda eng qadimda yashagan ota-bobolarimiz ham don, g`alla kabilarni sopol idish, xumlarda saqlashgan. Bunga sabab esa ular edi. Diqqat savol: Ular nimalar? Javob: Kemiruvchi-zararkunandalar. 15-savol: U insonning miyasi qo`llariga nisbatan tezroq ekanligining isbotidir. U bo`yicha statistika o`tkazishganida shifokorlar eng yuqori o`rinni band etishgan. U deb nimani nazarda tutayotganimni ikki so`z bilan yozib bering! Javob: Xunuk yozuv! 16-savol: Bir ingliz kompaniyasi o`quvchilar orasida chekishga qarshi kurashish maqsadida bu predmetga inglizchalab “Sigareta chekma” so`zini yozib, ishlab chiqarishadi. Ammo bu mahsulot tez orada aks ta`sir bera boshlagan va savdosi to`xtatilgan. Diqqat savol: Bu yozuv qaysi mahsulotga tushirilgan? Javob: Qalam! Izoh: Don`t smoke cigarettes yozuvining don`t qismi o`chib, sigareta chek ma`nosi kelib chiqqan. 17-savol: Avstraliyaning Sidney shahrida mashhur mushakbozlik marosimi o`tkaziladi. Yangi yil kirib kelganida uzoq muddatli va katta hajmli mushakbozlik boshlanadi. Sidney hukumati 31-dekabr kuni soat 21-00 da ham shunday mushakbozlikni uyushtiradi. Bu mushakbozlik kimlar uchun mo`ljallangan? Javob: Bolalar uchun! Izoh: Ular ertaroq uxlab qolishadi. 18-savol: Tarqatma material: Kiralyi francia kremes Vengriyada bu yegulikni shunday atashadi. Biz esa bu yegulikni bir inson ismi bilan bog`laymiz. Qaysi yegulik? Javob: Napoleon torti. 19-savol: DUPLET. 1-savol: Topishmoq. Qilich uchi qaltiroq. U nima? Javob: Sham. 2-savol: Kichkina sandiqcha, ichi to`la mixcha. U nima? Javob: Gugurt. 20-savol: “Kelajakka qaytib” filmini ko`rgan bo`lsangiz kerak. Filmning birinchi qismi kinoteatrlarda qo`yila boshlagach, katta daromad va mashhurlikka erishadi. Buni ijodkorlar kutishmagan edi. Shundan so`ng film ijodkorlari film yozilgan videokassetalar sotuvga chiqarilayotganda filmning oxiriga montaj qilib bir gapni kiritib ketishadi. Diqqat savol: Qaysi gapni? Javob: Davomi bor… Izoh: Nasib qilsa, bu turnirlarimizning hali davomi bor!
Download 18.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling