2. Don zararkunandalari Zararkunanda kemiruvchilar va qushlar


Download 1.85 Mb.
bet1/15
Sana11.05.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1450496
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
don zararkunandalari




Mundarija:
Kirish

  1. ToshkentDonmaxsulot” aksiyadorlik jamiyati tarixi

2.Don zararkunandalari

3. Zararkunanda kemiruvchilar va qushlar

4. Zararkunandalarga qarshi kurash va profilaktik

chora-tadbirlar




1. Don zararkunandalari


Don va don mahsulotlari sifati va vaznining saqlash davridagi kamayishi “don zaxiralari” zararkunandalari deb nomlanuvchi tirik organizm vakillari ta’sirida ham yuzaga kelishi mumkin.
Don zararkunandalari qadim-qadimdan ma’lum. Inson qadim zamonlarda ham donni zararkunandalardan saqlash maqsadida turli chora-tadbirlar qo’llab kelgan. Ilk bora don omborlarining yuzaga kelishi bilan u yerda turli kemiruvchilar va hasharotlar to’plana boshladi. Ba’zi turlar uchun bu yangi ekologik muhit maqbul bo’lib, ular asta-sekin faqatgina shu yerlarda yashashga va rivojlanishga moslasha bordi. Natijada “ombor” zararkunandalarining butun bir guruhi vujudga kela boshladi.
Ma’lumki donning sifati va miqdoriga turli zararkunandalar katta xavf soladi. Don zaxirasi zararkunandalariga qarshi inson, hatto ibtidoiy jamoa davrida ham zararkunandalardan saqlash yo’l-yo’riqlarini qo’llab kelgan.
Dehqonchilikning rivojlanishi, xalqlar o’rtasida savdo-sotiqning kengayishi, zararkunandalarning yer shari bo’ylab tarqalishiga zamin bo’ldi. Natijada zararkunandalarning turli sharoitlarga moslashuvi jarayoni ro’y berib, ularning ba’zilari butunlay omborxonalarda ko’payib, rivojlanishga moslashdilar va amalda tashqi tabiatdan butunlay uzildi (ombor uzunburuni, xrushak, ombor kuyasi). Ba’zilari esa tashqi tabiatda ham, omborxonada ham ko’payib, rivojlana oladi
(sholi uzun tumshug’i, don kuyasi, fasol donxo’ragi, kanalar) uchinchilari esa faqatgina tabiatda ko’payib, rivojlanadi va don saqlash inshootlariga yig’ib olingan hosil bilan birga kelib tushadi (no’xat donxo’ri, don to’plami zararkunandalari va b.q). Don mahsulotlarining qabul qiluvchi korxonalarda bu zararkunandalar rivojlanar ekan donga katta ziyon yetkazadilar. Ularning faoliyati natijasida mahsulot kamayadi, shuningdek o’limtiklari g’umbaklari va boshqalar bilan donni ifloslantirib yuboradi, natijada xomashyo sifati pasayadi. Bundan tashqari, ba’zilari donda namlik va issiqlik hosil bo’lishining manbayi bo’lib xizmat qiladi, ba’zilari esa ishlab chiqarish moslamalari, idishlar va boshqalarni ishdan chiqaradi (kemiruvchilar) shuningdek, ba’zilari ko’pgina yuqumli kasalliklarni tarqalishi vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, zararkunandalar turli oziq-ovqat sanoati korxonalarida qayta ishlangan donga va unga ham katta ziyon yetkazadilar. Statistik ma’lumotlarga ko’ra zararkunandalar dunyo bo’yicha don zaxirasining 5% ni yo’qolishiga olib kelar ekan.
Donlarning zararkunandalar bilan zararlanishi ko’pgina omillarga bog’liq. Masalan, don va don mahsulotlarning sifatli saqlanishi geografik mintaqaga, o’simlikni yetishtirish agrotexnikasiga, yig’ibterib olish uslubi va sharoitiga, shuningdek saqlash usuli, sharoitiga, saqlanadigan mahsulot miqdoriga, saqlanish muddatiga, zararkunandalarga qarshi kurashish choralariga va boshqalarga bog’liq.
Respublikamizda ham boshqa ko’pgina mamlakatlar singari har yili zararkunandalarga qarshi kurashish uchun ko’plab moddiy xarajatlar sarflanadi. Faqatgina donning holatini muntazam nazorat qilib borish, don zaxiralari inshootlarining takomillashtirish, zararkunandalar tushishining oldini oluvchi hamda ularga qarshi keskin kurash choratadbirlarini qo’llash orqaligina mustahkam himoyani tashkil etish mumkin.
Dunyo amaliyotida hasharotlarning bir necha yuzlab turi, kanalarning esa o’nlab turi ma’lum. O’zbekiston sharoitida bularning bir qismigina uchraydi. Quyida ularning ko’payishi va rivojlanishi, don uyumlariga keltiradigan zararlari hamda ularga atrof-muhit sharoitining ta’siri tavsiflanadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling