2. Don zararkunandalari Zararkunanda kemiruvchilar va qushlar


-rasm. Ombor kanalari (Tyroglyphidae)


Download 1.85 Mb.
bet8/15
Sana11.05.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1450496
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
don zararkunandalari

53-rasm. Ombor kanalari (Tyroglyphidae).
Un kanasi (Acarus siro yoki Tyroglyphusfarinae).
Birinchi marta unda topilgan. Undan tashqari ko’pgina donlarda (bug’doy javdar) yormada, quritilgan sabzavot va mevalarda, dorivor giyohlarda, terida, pishloqda, quritilgan go’sht va boshqa mahsulotlarda yaxshi rivojlanadi.
Tanasi oval shaklda, oqish, boshi va oyog’i pushti yoki qizg’ish, sochlari qisqa. Tanasining uzunligi 0,35–0,70 mm. Yaxshi sharoitda (yetarlicha namlik va 20–25C harorat) 14–16 kunda to’liq rivojlana oladi. Urg’ochisi 200 tagacha tuxum qo’yadi. Un kanasi donga nisbatan unda va yormada yaxshi rivojlanadi. Tabiatda keng tarqalgan bo’lib, don kanalari ichida eng ko’p uchraydi. Rodionov kanasi (Caloglyphus Rodionivi A. Zachv) kattaligi 0,6–1,2 mm, qizg’ish tusli 20% dan kam bo’lmagan namlikda ko’payadi. Issiqlikka talabchan. Issiqlik va namlikka bo’lgan yuqori talabi uning ko’payishini chegaralab turadi.
Kattaligi 0,5–0,7 mm oyoqlari yorqin rangda ajralib turadi. Qorin qismining oxirida 8 ta sochi bor. Issiqtalab, 350C haroratda ko’plab to’planishadi.

54-rasm. Tuk oyoqli kana. (Alenroglyphus ovatus Troup)
K attaligi 0,3–0,5 mm, sarg’ish yoki oq tusda. Uzunligi enidan 2,2–2,3 marta katta bo’lganligidan ingichka deb nomlangan. Donda, unda, dorixona mahsulotlarida, chirigan o’simlik qoldiqlarida uchraydi.
Tanasi ko’p miqdorda har xil tuklar bilan qoplangan bo’ladi.
55-rasm. Ingichka kana (Thyrophagus entomophagus Lab).

Bu oilaga kiruvchi oddiy tukli kana (Glycyphagus destructor ouds) keng tarqalgan. Kattaligi 0,30–0,55 mm. 24-250C haroratda yaxshi rivojlanadi. Urg’ochisi butun umri davomida 100 tagacha tuxum qo’yadi.
56-rasm.Tukli kana (Glycyphagidae).
Y irtqich kanalar (Glycyphagidae) Bu oila vakillarining tanasida boshi va qorin qismining ajralganligi yaqqol ko’rinib turadi. Og’iz bo’shlig’i sanchib-so’ruvchi xususiyatga ega bo’lib, suyuq oziqalar bilan oziqlanishga mo’ljallangan.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling