2. Don zararkunandalari Zararkunanda kemiruvchilar va qushlar
Zararkunanda kemiruvchilar va qushlar
Download 1.85 Mb.
|
don zararkunandalari
2. Zararkunanda kemiruvchilar va qushlarOziq-ovqat jamg’armasining ma’lum qismi, jumladan donlarning nobud bo’lishi hamda buzilishi kemiruvchilar – kalamush, sichqon va dala sichqonlari tarafidan amalga oshiriladi. Bu turdagi zararkunandalarning ko’payishi va atrof-muhitga tezda moslashishi hanuzgacha insonga undan qutilish imkonini bermayapti. Sichqonsimon kemiruvchilarga qarshi kurash choralari biroz susaytirilsa, ularning tarqalishi va miqdori xavfli ravishda ortib boradi. Kalamush va sichqonlarni o’z ichiga oladigan ko’p turlari kemiruvchilar to’dasiga kiradi. Sichqonsimon kemiruvchilar ko’plab don va don mahsulotlarining yo’qolishiga, oziq-ovqat, idishlar va don omborlarini o’z eksperimentlari bilan ifloslanishiga sabab bo’ladi hamda don mahsulotlari ichiga hasharot va kanalar singari zararkunandalarni olib kiradi; idish brezent va boshqa turli inventarlarni ishdan chiqaradi; inshootlarning yog’och, ba’zida esa beton qismlarini ham kemiradi, shuningdek uskunalarning rezina, plastmassa qismlarini zararlaydi; odamlar va chorva hayvonlarida uchraydigan turli kasalliklar vabo, qorin tifi, sil, yashil brutselloz va boshqalarning tarqalishiga sabab bo’ladi. 59-rasm. Kalamush va sichqonlar. Hamma sichqonsimon kemiruvchilar ichida eng ko’p zarar yetkazadigan kulrang kalamush pasyun yoki norvech kalamushi hisoblanadi. U butun dunyo bo’ylab tarqalgan bo’lib, inson faoliyati bilan bog’langan. Turar joy binolari, iflos maydonlar, ozuqa bazalari ularning qulay joylanishini ta’minlaydi. Faqat don bilan oziqlanadigan kalamush yil davomida 22–25 kg donni yeb qo’yadi. Kalamushlar o’z inlarini omborxona poli ostiga, tuproqqa, ombor atrofiga, iflos joylarga qo’yadi. Tarqalishi va keltiradigan zarari bo’yicha uy sichqoni ikkinchi o’rinni egallaydi. Qora kalamush, Turkiston kalamushi, oddiy dala sichqonlari nisbatan kam tarqalgan. Qushlar. Chumchuqlar, kaptarlar va boshqa qushlar ombor yoki don uyumlariga ochiq maydondagi va xirmondagi donlarga ko’plab qiron keltiradi. Bundan tashqari ular don uyumlarini o’z eksperimentlari, patlari bilan ifloslantirib yuboradi. Qushlarning keltiradigan zararini quyidagi bir misoldan ko’rsatishimiz mumkin: bitta chumchuq bir kunda 8–12 g donni yeb qo’yadi. Bundan tashqari, qushlar kanalarni ko’plab tarqalishiga sabab bo’ladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling