1. Dvigatellarning yurgizib yuborish; Yurgizib yuborish qurilmalari; Yurgizib yuborish dvigatellari


Download 57 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi57 Kb.
#1634366
  1   2   3
Bog'liq
Dvigatellarni yurgazib yuborish tizimi, tuzilishi va ishlashi oʻrganish.


Dvigatellarni yurgazib yuborish tizimi, tuzilishi va ishlashi oʻrganish.
Reja:


1. Dvigatellarning yurgizib yuborish;
2. Yurgizib yuborish qurilmalari;
3. Yurgizib yuborish dvigatellari;
4. Yurgizib yuborish tizimining uzatish mexanizmlari.

Porshenli ichki yonuv dvigatellarida yonilgi quyidagi usullarda yondiriladi.


Havoni siqishda hosil boʻladigan issiqdan yondirish traktor va oʻzi yurar QXM yuritmalari dizel dvigatellarida qoʻllaniladi. Dvigatellarning siqish darajasi yuqori (13-20) boʻlganligi sababli silindrga kiritilgan havo siqish takti oxirida (500-6500) gacha qiziydi. Forsunkadan mayda toʻzitib purkalgan yonilgʻi qizigan havoga tegib alangalanib ketadi.
Elektr uchqunidan yondirish. Karbyuratorli va gaz dvigatellarida qoʻllaniladi. Bu tizim tok manbai, yondirish svechasi va ularni bir-biriga ulaydigan simdan iborat.Tok manbai yuqori kuchlanishli tok ishlab chiqaradigan maxsus asbobdan (magnetodan yondirish) yoki past kuchlanishli tok manbai va manba tokini yuqori kuchlanishli tokka aylantiradigan uskunadan(batareyali yondirish) iborat boʻlishi mumkin.
Yondirish tizimining asboblarini notoʻgʻri oʻrnatish yoki notoʻgʻri rost-lash aralashmaning ortiqcha ilgari yoki kech yondirilishiga sabab boʻladi. Yondirish svechasi dvigatel golovkasiga burab qoʻyilib, yonish kamerasidagi siqilgan ish aralashmani alangalash uchun elektr uchquni hosil etadi. Yondirish svechasi yuqorigi temperatura,yuqori bosim,elektr uchquni va yonishdagi boshqa ximiyaviy moddalar taʼsiriga bardosh berib ishlaydi. Qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan svechalar boʻladi.
Qismlarga ajralmaydigan yondirish svechasi yon elektrodli metall kurpus va markaziy elektrodli keramik izolyatordan iborat. Izolyator korpusga jips kirgizilib,ustidan siquvchi halqa oʻrnatilgan. Izolyatorning korpusga jips biriktirilishi va svechaning jips oʻrnatilishi uchun izolyatorga zichlovchi qistirma qoʻyiladi. Yuqori kuchlanishli sim svechaga uchlik orqali biriktiriladi, yoki sim uchligi ilintirilib, gayka bilan siqib qoʻyiladi.
Magnetoli yondirish tizimi. Magnetoni tuzilishi va ishlashi. Magneto magnitli elektr mashina - past kuchlanishli oʻzgaruvchan tok ishlab chiqarib uni yuqori kuchlanishli tokka aylantiradi va koʻp silindrli dvigatellarda yuqori kuchlanishli tokni silindrlarning ishlash tartibiga muvofiq svechalarga taqsimlaydi.
Magneto ikkita qutb boshmogʻili korpus, aylanuvchi magnit rotor, induksion gʻaltak, uchgich va kondensatordan iborat.
Magnetoni korpusi alyuminiy qotishmasidan yasalgan. Rotor vali korpusdagi ikkita sharikli podshipnikda aylanadi.
Induksion gʻaltak, qutb boshmoqlariga oʻrnatilgan oʻzak, unga oʻralgan birlamchi chulgʻam va ikkilamchi chulgʻamdan iborat.
Kondensator birlamchi chulgʻamga nisbatan parallel ulanib, uning bir uchi massaga, ikkinchi uchi esa uzgichga biriktirilgan.
Uzgich massaga tutashtirilgan qoʻzgʻaluvchan kontakt, izolyatsiyalangan qoʻzgʻalmas kontakt va kontaktlar oʻrnatilgan diskdan iborat. Kontaktlar prujina taʼsirida bir-biriga siqiladi, mushtcha esa ularni ajratadi.
Magneto rotori shesternyalar vositasida dvigatelning tirsakli validan harakatga keltiradi. Birlamchi chulgʻamda tok hosil boʻlishi elektr magnit induksiyasi hodisasiga asoslangan.
Magnit aylanib, uning qutblari stoykaga roʻpara kelganda magnit maydoni shimoliy qutbdan janubiy qutbga korpusning chap qutb boshmogʻi, induksion gʻaltakning oʻziga va oʻng qutb boshmogʻi orqali oʻtadi. Magnit shu holatdan chorak aylanaga burilganda neytral holatda rotorning magnit maydoni korpus qutb bashmoqlarining pastki qismi orqali oʻtib, gʻaltak oʻzagidan oʻtmaydi. Magnit yana chorak aylanaga burilganda rotor qutblari yana boshmoqlar roʻparasiga toʻgʻri keladi, ammo oldingi galdagiga nisbatan oʻrni almashganligi sababli oʻzakda paydo boʻladigan magnit maydonining ham yoʻnalishi oʻzgaradi.
Batareyali yondirish tizimi. Batareyali yondirish tizimi karbyuratorli oʻzi yurar QXM yuritmalari dvigatellarida qoʻllaniladi.
V-simon sakkiz silindrli dvigatel yondirish tizimining sxemasi. Bu tizim past kuchlanishli tok manbai - akkumulyatorlar batareyasi yoki generator, yondirish gʻaltagi, kondensatorli uzgich, taqsimlagich, svechalar, yondirish vklyuchateli, past va yuqori kuchlanishli simlardan iborat.
Akkumulyatorlar batareyasidan yondirish gʻaltagining birlamchi chulgʻamiga kelgan past kuchlanishli tok uzgich va kondensator yordamida yuqori kuchlanishli tokka aylantiradi. Taqsimlagich yuqori kuchlanishli tokni dvigatel silindrlarining ishlash tartibiga muvofiq svechalarga yoʻnaltiradi. Yonish kamerasida uchqun hosil boʻlib, ish aralashma alangalanadi. Vklyuchatel past kuchlanishli tok zanjirini uzib dvigatelni oʻchiradi.
Yondirish gʻaltagi past (12V) kuchlanishli tokni yuqori (15-20 ming v) kuchlanishli tokka aylantiradi. Yondirish gʻaltagi oʻzak, birlamchi chulgʻam, ikkilamchi chulgʻam, karbolit qopqoq, tashqi klemmalar, qoʻshimcha qarshilik va tunuka kojuxdan iborat.
Galtakning tunuka varaqlardan yigʻilgan oʻzagiga karton trubka kiygizilib, uning ustidan 16-23 ming oʻramli ikkilamchi chulgʻam oʻralgan. Ikkilamchi chulgʻam ustidan 300-330 oʻramli birlamchi chulgʻam oʻralib, ular qogʻoz va karton trubka bilan bir-biridan izolyatsiyalangan.
Dvigatelni yurgizib yuborishda startyor zanjiri ulanganda qoʻshimcha qarshilik birlamchi tok zanjiridan ajratiladi. Tirsakli valning kichik aylanishlarida uzgichning kontaktlari uzoq vaqt bir-biriga tegib turadi, shu sababli birlamchi chulgʻam orqali koʻproq tok oʻtib, qoʻshimcha qarshilik simi qiziydi va uning qarshiligi ortib, birlamchi chulgʻamni qizishdan va uzgich kontaktlarining orasida uchqun hosil boʻlishidan saqlaydi.
Dvigatelning katta aylanishlarda uzgich kontaktlari qisqa vaqt tutashib, qoʻshimcha qarshilik orqali kam tok oʻtadi, u qizimaydi va qarshiligi ortmaydi, bu esa ikkilamchi chulgʻamda yetarli kuchlanishli tok hosil boʻlishiga va yondirish tizimining ishonchli ishlashiga imkon beradi.
Uzgich -taqsimlagich yondirish gʻaltagining ikkilamchi chulgʻamida hosil boʻlgan yuqori kuchlanishli tokni dvigatel svechalariga taqsimlaydi. Uzgich-taksimlagich past kuchlanishli tok uzgichi, kondensator, yondirishni ilgarilaydigan markazdan qochirma vakuum ryegulyatorlar, oktan-korrektor va yuqori kuchlanishli tok taqsimlagichdan iborat.
Uzgich choʻyan korpus ichiga joylashtirilgan qoʻzgʻalmas disk, uning uyasidagi shariklali podshipnikda turadigan qoʻzgʻaluvchan diskdan iborat. Qoʻzgʻaladigan disk ustiga uzgich kontaktlari joylashtirilgan. Uzgichning va qoʻzgʻaladigan kontakti disk barmogʻiga oʻrnatilgan tebranma richagiga maxkamlangan, massadan izolyatsiya qilingan va yondirish gʻaltagining birlamchi chulgʻami ulanadigan klemmaga biriktirilgan. Uzgichning qoʻzgʻalmas kontakti massaga tutashtirilgan.
Kondensator uzgich kontaktlariga parallel ulangan. Kondensator myetall kojux ichiga joylanib, uzgich-taqsimlagich korpusining sirtiga maxkamlangan, uning tuzilishi va ishlashi magneto kondensatoriga oʻxshaydi. Uzgich-taksimlagichning vali moy nasosining validan harakatga keltiriladi.
Taqsimlagich uzgich ustiga joylashtirilib, tok taqsimlaydigan metall plastinali rotor va klemmali qopqoqdan iborat. Rotor va qopqoq karbolitdan yasalgan. Rotor mushtchasi harakatlantirish validagi vtulkaga maxkamlanib u bilan birga aylanadi.
Markazdan qochirma regulyator qoʻzgʻalmas disk ostiga oʻrnatilib, valga maxkamlangan plastinaga oʻrnatilgan va prujinalar bilan tortilib turadigan yukga shtifti kirib turadigan traversadan iborot.
Yondirish paytini ilgarilaydigan vakuum regulyator yondirishni ilgarilash burchagini dvigatelning nagruzkasiga qarab avtomat ravishda oʻzgartiradi. Dvigatel kichik nagruzkada ishlaganda silindrlar ishlatilgan gazdan yaxshi tozalanmaydi va ish aralashma tarkibida ishlatilgan gaz koʻp boʻlganligi uchun aralashma sekin yonadi. Vakuum-regulyator uzgich-taqsimlagichning sirtiga maxkamlanib, korpus, qopqoq, diafragma, prujina va tortqidan iborat.
Drossellash toʻsma qopqogʻi ozroq ochilib, dvigatel kichik nagruzkada ishlaganda aralashtirish kamerasida va unga birlashtirilgan vakuum regulyator boʻshligʻida siyraklanish kuchayadi. Diafragma atmosfera bosim kuchi bilan prujinaning elastikligini yengib, tortqi vositasida uzgichning qoʻzgʻaladigan diskini mushtchaning aylanishi yoʻnalishiga qarshi tomonga buradi. Natijada yondirishni ilgarilash burchagi kattalashadi.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling