1. ehmlarning sonli elementlari va triggerlarning turlari


Download 172.29 Kb.
bet6/6
Sana13.04.2023
Hajmi172.29 Kb.
#1352877
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-amaliyot Triggerlarning parametrlarini hisoblash

Qt+1

Izoh

0

Qt

Saqlash

1

Qt

Inversiya




Quyida asinxron T-triggerning vaqt diagrammasi hamda ikki taktli RS- triggerdan tashkil topgan sxemasi keltirilgan. Ushbu sxemada «S» kirish yo‘liga T=1 signalini berish orqali, ikki taktli RS triggerga oldingi taktga teskari bo‘lgan ikkilik kodni yozish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Sinxron T-trigger Sinxron ikki taktli ushbu qurilmada birlik kodni triggerga yozish S=1 bo‘lganda bajariladi. T- kirish signali S=1 bo‘lganda yuqori kuchlanish bilan ifodalanadi. Demak, triggerning holati T=1 bo‘lganda teskarisiga o‘zgaradi va T=0 bo‘lganda esa uning holati o‘zgarmaydi. Sinxron T-trigger quyidagi o‘tish jadvali asosida ishlaydi:


O‘tish jadvali

S

T

Qt+1

Izoh

0

*

Qt

Saqlash

1

0

Qt

Saqlash

1

1

Qt

Inversiya

Quyida sinxron T-triggerning vaqt diagrammasi, shartli belgilanishi va sxemasi keltirilgan.


2. D-triggerlar va ularning ishlash prinsipi
D-triggerlar ( ing. Delay-ushlash) bitta D informatsion kirish yo‘liga ega bo‘lib, vaqtincha signallarni saqlab turish (zaderjka) uchun xizmat qiladi. Trigger bitta kirish yo‘liga ega va ikkita turg‘un holatning birida ( 0 yoki 1) bo‘lishi mumkin. Bunday trigger bir taktli va ikki taktli bo‘lishi mumkin.
Quyida D-triggerning o‘tish jadvali, vaqt diagrammasi hamda shartli belgilanishi va sxemasi keltiriladi:

O‘tish jadvali

S

D

Qt+1

Izoh

0

*

Qt

Saqlash

1

0

0

0-ni o‘rnatish

1

1

1

1-ni o‘rnatish



D -triggerni universal trigger sifatida ham qo‘llash mumkin. Unda u ham RS-trigger vazifasini ham dinamik D – trigger vazifasini bajaradi. Bunday triggerning shartli belgisi quyidagi ko‘rinishga ega:





Sxemada S va R –da signal 1-ga teng bo‘lgan vaqtda u D va S kirish yo‘llariga ega bo‘lgan universal dinamik D- trigger kabi ishlaydi. Triggerning o‘tish jadvalida keltirilgan quyidagi qonuniyat asosida ishlaydi:
O‘tish jadvali

C

D

S

R

Qt+1

Izoh

0

*

0

0

-

Ta’hihlangan

0

*

0

1

1

1-ni o‘rnatish

0

*

1

0

0

0-ni o‘rnatish

0

*

1

1

Qt

Saqlash

1

0

*

*

0

0-ni o‘rnatish

1

1

*

*

1

1-ni o‘rnatish



3. JK-triggerlar va ularning ishlash prinsipi
JK-triggerlar (ing. Jerk-tezkor yoqish, Kill-tezkor o‘chirish) RS triggerdan farqi shundaki, agar RS triggerlarning kirish yo‘liga R=1 va S=1 signallari berish ta’qiqlangan bo‘lsa, JK –triggerlar kirish yo‘lidagi birlik signallarda u o‘z holatini teskarisiga o‘zgartiradi. Jadvalda JK-triggerning o‘tish qonuniyati, shuningdek uning vaqt diagrammasi hamda funksional sxemasi keltirilgan.
Sxemada «S» kirish yo‘liga impulsning oldingi fronti berilsa, unda birinchi sinxron RS- trigger ishlaydi. RS triggerning chiqish yo‘lidagi qiymatlari J va K kirish yo‘llari qiymatlari bilan belgilanadi. Ikkinchi RS- trigger saqlash rejimida bo‘ladi. «S» kirish yo‘liga sinxroimpuls-ning orqa fronti berilsa, birinchi RS-trigger ikkilik kodni saqlash rejimiga o‘tadi. Uning chiqish yo‘lidagi qiymati ikkinchi RS-triggerga o‘tadi.
O‘tish jadvali

S

J

K

Qt+1

Izoh

0

*

*

Qt

Saqlash

1

0

0

Qt

1-ni o‘rnatish

1

1

0

1

1-ni o‘rnatish

1

0

1

0

0-ni o‘rnatish

1

1

1

Qt

Inversiya


4. Universal JK-triggerlar
Universal JK-triggerning xususiyati shundaki, u D, T i RS-triggerlar sifatida ishlatilishi va ularning funksiyalarini bajarishi mumkin. Quyidagi sxemalarda JK-triggerni D, T i RS-triggerlar sifatida qo‘llash sxemalari keltirilgan.
Cinxron RS-trigger





Asinxron T-trigger



TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR

  1. T- triggerning asosiy vazifasi va ishlash prinsipini tushuntiring.

  2. Asinxron T-trigger va sinxron T-trigger nima bilan farq qiladi.

  3. Asinxron T-triggerning vaqt diagrammasini quring.

  4. Sinxron T-triggerning o‘tish jadvalini izohlang.

  5. D- triggerning ishlash prinsipini tushuntiring.

  6. Qanday qilib, D-triggerni universal trigger sifatida ishlatish mumkin?

  7. JK-triggerning ishlash prinsipini tushuntiring.



TAYaNCh IBORALAR
T-trigger, D-trigger, JK-trigger, impulsning oldingi fronti, impulsning orqa fronti, sinxroimpulsning orqa fronti, universal JK-trigger.
Download 172.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling