1. ehmlarning sonli elementlari va triggerlarning turlari


Download 172.29 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi172.29 Kb.
#1352877
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-amaliyot Triggerlarning parametrlarini hisoblash


1. EHMlarning sonli elementlari va triggerlarning turlari

EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi.


Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‘zgaruvchilarning joriy taktdagi qiymatiga bog‘liq bo‘lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‘liqdir.
Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‘zida saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‘un holatga ega bo‘lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
Boshlang‘ich signallar ta’sirida trigger bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‘liga ega: birinchisi to‘g‘ri chiqish yo‘li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‘li teskari chiqish yo‘li deyiladi va bilan belgilanadi.
Triggerning kirish yo‘llarining soni uning bajariladigan funksiyasiga bog‘liq. Axborotlarni yozish bo‘yicha triggerlar 2 ga bo‘linadi:

Asinxron triggerlarda axborotning o‘zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o‘zgaradi.


Sinxron triggerlarning chiqish yo‘lida signallarning o‘zgarishi uchun uning kirish yo‘liga qo‘shimcha sinxrosignal (boshkarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo‘lmaydi.
EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan triggerlar qo‘llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS trigger tashkil etadi.



    1. Asinxron RS trigger

Asinxron RS trigger ikkita mantiqiy elementlar asosida qurilishi mumkin: ”YoKI-YO‘Q” hamda “VA–YO‘Q”. Elementlar qayta aloqa zanjirlari orqali o‘zaro ulanadi.
“YoKI – YO‘Q” elementlar asosida qurilgan asinxron RS triggerning funksional sxemasi va grafik belgilanishi xamda uning vakt diagrammasi quyidagi ko‘rinishga ega:

Bunday trigger ikkita kirish yo‘liga (S va R) hamda ikkita chiqish yo‘liga (Q va ) ega. Bu yerda R-reset-olib tashlash (sbros) va S-Set- o‘rnatish ma’nolarini anglatadi.
Endi asinxron RS triggerning ishlash prinsipini analitik taxlil etamiz:

  1. S=1 va R=0 bo‘lganda triggerga «1» yoziladi (Q=1)

  2. S=0 va R=1 bo‘lganda triggerga «0» yoziladi (Q=0)

  3. S=0 va R=0 bo‘lganda trigger o‘z holatini saqlaydi Ushbu xolat axborotni saqlash rejimi xisoblanadi.

  4. S=1 va R=1 signallarini bir vaktda berish ta’qiqlanadi, chunki bunday kirish signallarida trigger o‘z turg‘un holatini yo‘qotadi.

Demak asinxron RS triggerning o‘tish jadvalini quyidagicha ifodalash mumkin:
O‘tish jadvali

S


Download 172.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling