1. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og'ganda birdan uyg'onib ketasiz
Download 88 Kb.
|
1, 2 varinat
1- variant 1. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og'ganda birdan uyg'onib ketasiz. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo'llanish sababi qaysi javobda to'g'ri izohlangan? A)qo'shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun B) qo'shma gap qismlari bir paytda sodir bo‘ lgan voqea-hodisalarni ifodalagani uchun C) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun D) o'zidan oldin kelgan bo'lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun 2. Yomon odamdan yaxshi gap kutma. Ushbu maqoldagi nechta so'z tarkibida jarangli til orqa undoshi qatnashgan? A) 1 B) 2 С) 4 D) 3 3. Qaysi javobda paronim bilan bog'liq xatolik bor? A) Bu voqea barchaning boshini xam qildi. B) Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. C) Doktorxona deganda uning ko'z oldiga izvosh va oqpodshoning sur’ati solingan 25 so'mlik pul kelar edi. D) Nodon odamlar bilan suhbatdosh boigandan ko'ra yolg’iz o'tirgan afzal. 4. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bogdiq xatolik mavjud emas? A) Yer don, dehqon xazinabon. B) Yig'ilishda hech kim na Sa'dulla, na Akbarali bu haqda gapirmadi. C) Erkin o'glingman, qabul et, O‘zbegim jon o'zbegim. D) Poytaxt bo‘lish uchun, avvalambor, poytaxtlik maqomi kerak. 5. Qaysi javobdagi ajratib ko'rsatilgan so'zda metafora usuli orqali ma’no ko'chishi yuz bergan? A) Qatardan g'alaba bilan qaytgan “Nasaf” aeroportda tantanali tarzda kutib olindi. B) Ishonchli quloqlardan ma’lumot olib turishni kanda qilmang. C) Bir boshga bir o‘lim.Vatanimiz uchun jon fido qilish biz uchun eng katta sharaf-ku! D) Ana xolos, qozonning qulog’i erib tushibdi-ku! 6. Qaysi javobda 2 o'rinda imloviy xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Chaynagam sari tanasiga issiqlik yugirib, o'zida quvvat sezibdi ... B) Qalamla men to'qiyman qo'shiq. U - insonga, elga hizmatim. C) Bu o'qituvchi o'zining kichkina shogirtiga o'qish va yozishni o'rgatardi. D) U hamma bilan juda chiroyli muomala qilayapti-ya? 7. Qaysi gapda 2 o'rinda imloviy xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Odam onadan tug'ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo'lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. B) Ona tilimiz orqali biz o'z fikrimizni shakllantiramiz, o'ylaymiz, mushohada yurutamiz. C) Do'stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so'nib borayapti. D) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. 8. Qaysi gapda imloviy xatoga yo‘l qo'yilgan? A) Shoir o'z qaxramonini bejiz bunday atamaganini asosladi. B) Mabodo men chiqolmay qolsam, qo'ni- qo'shnilarga o'zing bosh bo'lib borasan. C) Maktabda she’rxonlik kechasi o'tkazilyapti. D) Men otam haqida roman qoralayapman. 9. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so'z mavjud emas? A) Bu fikrimizm sinfdoshlarimiz to‘liq tastiqlaydi. B) She’rni tarixiy va badiiy jihatdan sharhlashga urining. C) Cholning chapdas, chaqqon o'gli bor ekan. D) Ko'rganlar bunday holatdan, albatta, tajjublanardilar. 10. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so'z mavjud? A) Ehtimol, endi u sochlarini yulib faryod chekayotgandir. B) Mayli, hamma olqish, hamma boyliklar o'sha madhiyabozlarga buyursin! C) She’r otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. D) Shu tufayli o'z nasibasini bizga inom etmoqchi bo‘lgan edi. 11. O'sha paytlar... adabiyot tarixi darsi xronologik ... tematik xarakter... ega emas edi, ... adabiyot tarixi dars sifatida o'tilmasdi. Ushbu gapda ko'p nuqtalar o'rnida vozilishi kerak bo'lgan til birliklari to'g ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. A) o’rin-payt kelishigi qo'shimchasi, zidlov bog’lovchisi, jo'nalish kelishigi qo'shimchasi, biriktiruv bog'lovchisi B) jo'nalish kelishigi qo'shimchasi, ayiruv bog'lovchisi, jo'nalish kelishigi qo'shimchasi, shart bog'lovchisi C) tushum kelishigi qo'shimchasi, biriktiruv bog'lovchisi, jo'nalish kelishigi qo'shimchasi, ergashtiruvchi bog'lovchi D) o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi, biriktiruv bog'lovchisi, jo'nalish kelishigi qo'shimchasi, aniqlov bog'lovchisi 12. Ko'zlarim hali harf tanimas edi, Qalam ushlolmasdi hali qoilarim, Kapalak izidan quvib tinmasdim. Yulduzlarni sanar edim tunlari. Ushbu she’riy parchada belgisiz qo‘llangan kelishik qo'shimchalari haqidagi to'g'ri ma’lumotni aniqlang. A) Bir o'rinda tushum, ikki o'rinda qaratqich kelishigi belgisiz qo'llangan. B) Ikki o'rinda tushum. ikki o'rinda qaratqich kelishigi belgisiz qo'llangan. C) Bir o'rinda tushum. bir o'rinda qaratqich kelishigi belgisiz qo'llangan. D) Ikki o'rinda tushum. bir o'rinda qaratqich kelishigi belgisiz qo'llangan. 13. Qaysi javobda paronim bilan bog'liq xatolik bor? A) Shaftolining danagi juda ko'p kasalliklarga da'vo. B) O'choqdagi o't o'chib qoladi, tezroq bo'l, unga o'tin qala. C) Sizning har bir so’zingiz biz uchun tilladan afzal. D) Erta bahorda o'n tup mevali daraxt ko'chatini o'tqazdik. 14. Qaysi javobdagi gapda qatnashgan ko‘makchini unga ma’nodosh bo'lgan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirib qo'llash mumkin? A) Biz har yili dam olish uchun shu yerga kelamiz. B) U Miyonko'lda bo'lgan jangda sher yanglig' kurashdi. C) Sodiq yugurib kelib koptokni zarb bilan tepdi. D) Suvga egilib turgan jiyda barglari kumush kabi tovlanadi. 15. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman. B) Ular xozir. o'smirlik chog'idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi. C) Oradan qancha zamonlar o'tdi, uning nomini fair bilan tilga olayapmiz. D) Vaholanki, til davlat miqyosida keng qo‘llansagina, milliy til bo'lib qoladi va ravnaq topadi. 16. Qaysi javobdagi ajratib ko’rsatilgan so'zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko'chishi yuz bergan? A) Maysa ham uyg‘onar qayta qish o’tib... B) Kemtik oy cho'qqilar orasidan mo'ralaydi. C) Inshoolloh, mehribon qo‘llar sizni qo'llab yuborar. D) Bozor oyoqqa turdi, shovqin-suron yer-u ko'kni tutdi. 17. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud? A) Men sizni, oyijon, juda yaxshi ko'raman! B) Poytaxt bo‘lish uchun, avvalambor. poytaxtlik maqomi kerak. C) Badantarbiya bilan shug'ullanish sog'lik garovi. D) Hamma joyda: osmonda, daraxtlarda, bog‘larda chumchuqlar chirqillashardi. 18. Qaysi gapda ko'makchini unga ma’nodosh bo'la oladigan kelishik qo'shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) Sayyohlar Registon ansamblini zavq bilan tomosha qilishardi. B) Germaniyadan otam uchun antiqa qo‘l soat olib keldim. C) Har bir ona singari u ham farzandining baxtli bo'lishini xohlardi. D) U bizlarni ona kabi e'zozlardi. 19. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko'rsatilgan so'zlar o'zaro bir turkum doirasida shakldoshlik hosil qilgan omonim so'zlar hisoblanadi? A) Maktabda “O'tkir” zehnlilar" musobaqasi boiib o'tdi. Uning “o'tkir” boltasi boisa-yu, shartta bir daraxtni kesib yelkaga olib jo'nasa. B) Ozodlik - biz uchun eng katta davlat. Eli boy davlat kuchli va qudratli boiur. C) O'tmishi toza insonlarning tili qisiq boimaydi. Tog‘ tepasiga chiqqanimizdan keyin zavq bilan toza havodan to'yib nafas olamiz. D) Arg'amchiga qil quvvat. Doniyor senga topshirilgan vazifalarni o'z vaqtida qil. 20. Qaysi javobda paronim bilan bog'liq xatolik bor? A) Do'stim ko'proq ilmiy ish bilan shug'ullanishni afzal ko'radi. B) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. C) Qal’a mustahkam, beklar sadoqatli, shuning uchun dushmanga aslo bo'yin egmaymiz. D) Konstitutsiya 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. 21. Qaysi gapda to'ldiruvchiga tobelanib kelgan aniqlovchilar qatnashgan? A) Kitoblar keksalikda, eng yaxshi do'st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir. B) So'z yovuzlarni yakson etadigan, qa’lalarni yiqadigan ko'zga ko'rinmas quroldir. C) Birdan bir haqiqiy ne'mat odamlarning o'zaro muloqotidir. D) Kitoblar o'zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir. 22. Qaysi gapda sodda gaplarni bog'lab kelgan ayiruv bog'lovchisi qatnashgan? A) Na Sobirjon bir og'iz gapdan qoladi, na Hikmatjon jahlini bosa oladi. B) Unga yo maslahatni, yo ro'zg'or ishim aytib bo'ladi. C) Shuni bilginki, haromning kasri yo farzandga, yo davlatga urar. D) Yo istagan maqsadimga erishaman, yo o'lim mem bu yo'lda halok qiladi. 23. Qaysi gapda hokim qismlari ega va to'ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili birikmalar qatnashgan.’ A) Shiroq shohning ishonchsizlik ko'zi bilan qarayotganini fahmlab, o'z so'zimning to'g'riligini isbotlashga kirishdi. B) Kimdir shunday kichkina teshikdan ho'kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to'g'risida kishilarga gap ma'qullaydi. C) Bema'ni fikrlar har kimda ham bo'ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi. D) Shoirning yuragi sof tuyg'ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab| bo'y cho'zadi. 24. Tarkibida sifatdan yasalgan sodda yasama ravish qatnashgan gapni aniqlang. A) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiq va mardlarcha so:zlang. B) Yarim tunda ko'zi ilingan ayol tong saharlab junjikib uyg'onib ketdi, osmon oqarib kelardi. C) So'nggi vaqtlarda shaharda ijobiy siljishlar ko'zga tashlanayotganligini qayd etib o‘tish lozim. D) Ravshan voqeadan qisman xabardor bo'lganidan Hodiqul akaning kelish sababini payqadi. 25. Qaysi gapda otli so:z birikmasi mavjud emas? A) Noo'rin aytilgan so'z boshga kulfat keltiradi. B) Ezgulik uchun kurashmoq umrga sayqal beradi. C) Mevasiz daraxt faqat o'tinlikka yaraydi. D) Darhaqiqat, shoirning qalbi bu hislardan oziqlanadi. 26. Qaysi gapda balki so'zi zidlov bog'lovchisi vazifasida kelgan? A) Inson go'zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. B) Yillar o'tib, balki, bizni unutib yuborishar. C) Tolibjon, balki, ularni ayblab adashayotgandirsiz? D) Balki, ertalab o'ziga isitib berish uchun shunday degandir. 27. Po’lat nayza qor ostida yotarmi, Temir nayzang egovlasang o’tarmi, Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi?.. Ushbu parcha qaysi xalq dostoni qahramonining sahroda holdan toygan yoriga aytgan nutqidan olingan? A) “Rustamxon” B) “Alpomish” C) “Kuntug‘mish” D) “Ravshan” 28. Bekning oti po’lat suvluq chaynadi. Qizil kiyib, gulday bo’lib jaynadi. Ilon tilli, yashin turli xanjarni Obro’ ber deb xipcha belga boyladi. Tomosha qing xon ... day polvonni. Shirvonning yurtiga talab ayladi. Ushbu misralar qaysi dostonda uchraydi? A) “Rustamxon” B) “Kuntug'mish” C) “Alpomish” D) “Ravshan” 29. Qaysi asarda: olti tup daraxtni ho’l shoxini quruq shoxiga payvand qilur erdi va yana bu aql-u farosati birla o’zini olamni bog’bonidek sobit qadam olur erdi”, - deya tasvirlangan bog’bon timsoli uchraydi? A) “Qisasi Rabg'uziy” (Rabg‘uziy) B) “Hayrat ul-abror” (Navoiy) C) “Tanobchilar” (Muqimiy) D) “Zarbulmasal” (Gulxaniy) 30. Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida emas? A) U chistonnavis ijodkor sifatida anor haqida, yong'oq haqida. kun va tun haqida ajoyib chistonlar yaratgan. B) Ijodkor "Ustina" radifli g'azalida harflardan so’z yasab, uni mazmunga, tasvirga tatbiq etgan. C) Ijodkorning hasbi hol tarzida yozilgan “Dog' o'ldi, dog' o'ldi” g’azalida shoira hayotming ayrim lavhalari, taqdiri uchun muhim bo'lgan hayotiy holatlar bayon etilgan. D) Ijodkorning farzandidan judo bo'lgan onaning iztiroblari, sog'inchi aks ettirilgan “Sog’indim” radifli g'azahda oddiygina askar o'glini suyib “davlatli sultonim” deb ataganini kuzatishimiz mumkin. 2-variant 1. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik bor? A) “Voqealar - deb aytgan edi Mirzo Ulug'bek, - samo gumbazining harakatiga qarab emas, odamlarning intilishi bilan ro'y beradi”. B) “Yaxshi fe’l bilan kishilar ko'nglini olib, o'zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha", - deydi Ahmad Yugnakiy. C) “Otingiz nima edi, singlim?" - deb so'radi dastxat yozishga chog‘lanar ekan yigit. D) O'g‘lingiz qayerda edi? - deb so'radi notanish kishi. - Sizga yordarn bermaydimi?” 2. Qaysi gapda paronim bilan bog'liq xatolik mavjud? A) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda. B) Yo'l yoqasidagi azm yong'oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. C) Xalqimiz uchun o'sha davrlarda bunday tushunchalar butunlay yot edi. D) Mevasini ko'tarolmagan shox qarsillab sindi. 3. Qaysi javobdagi gapda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo‘lmaydi? A) O‘rinsiz g'azab // o'zingga azob. B) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi. C) Uylar, devorlar, daraxtlar // hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi. D) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz. 4. Qaysi javobda imloviv xatolik kuzatiladi? A) Mehnatsevarlik bizni porloq kelajak sari olib boradi. B) Ona tabiat insonga turli-tuman ne’matlarni in’om etib, unga hayot bag'ishlab turadi. C) Allanarsa eshikga gup etib urilganday bo‘ldi. D) Men suygan suyukli shunchalar go'zal, Oydan-da go'zaldir, kundan-da go:zal! 5. O’zbekiston mustaqillikka erishdi. U o’z bayrog’iga ega bo’ldi. O’z gerbini tastiqladi. Birlashgan Millatlar tashkiloti oldida mustaqil davlatlar qatori uning bayrog’i ham xilpirab turibdi. O’zbekiston qadimiy va xamisha novqiron diyordir. Ushbu parchada necha o’rinda imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan? A) 4 B) 5 C) 3 D) 2 6. Qaysi javobda so’zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) hijolat, xamroh, zaxmat B) xijolat, hamrox, zahmat c) hijolat, xamroh, zaxmat d) xijolat, hamroh, zahmat 7. Qaysi javobdagi barcha so’zlarda nuqtalar o’mida o unlisi yoziladi? A) t...bora, mabod..., insho...t B) taq...ozo, udd...buron, saxov...t C) munos...bat, muom...la, isl...h D) muloq...t, mutl...q, muhok...ma 8. Imloviy jihatdan xato yozilgan so’zlar qatorini toping. A) mashuqa, namuna, manaviyat B) anana, taminot, memor C) masud, mezon, madan D) bemor, meyor, marifat 9. Qaysi gapdagi so'zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi? A) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo'lmasa ham, ko‘nglimda o'zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi. B) U endi podshoning topshirig‘ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi. C) Barmog'ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og’rig’i darrov to’xtaydi. D) Ho’kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog' quruq poyani tashlab qo’yar ekan. 10. Qaysi gapdagi so'zlar imlosida faqat tovush ortish hodisasi kuzatiladi? A) Men undan soradim: “Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul terding kimga?” B) Och qornim - tinch qulog'im. C) Yigitning chirog’i - qizi bilan o’gli, bolam, tezroq farzandli bo‘linglar. D) Bundan kuniga burningizga uch-to'rt tomchi tomizib tursangiz, darddan xalos bo‘lasiz. 11. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan siz kishilik olmoshi qatnashgan gaplarni aniqlang. A) Rahbarimiz o'quvchilarga yuzlanib: “Siz ertaga muzeyga borasiz”, - dedi. B) “Odamlar bilan shunday gaplashingki, do'stim, siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar”, - dedi Doniyor. C) Bolalar, ehtimol siz oqayiqni ko'rmagandirsiz. D) Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang, usta! A) 3, 4 B) 1. 3 C) 2, 4 D) 1,2 12. Vatan! Bu so'zni mehr bilan tilga olmaydigan inson topilmasa kerak! Vatan - ko'zlariga hayrat aks etgan bolakayni ilk muallimi. Vatan - kelinchakning orzular qanotida parvoz etib kirgan eshigi. Ushbu parchada necha o‘rinda kelishik , qo'shimchasi uslubiy jihatdan xato qo'llangan? A) 4 B) 1 C)3 D) 2 13. Qaysi gapda kelishik qo'shimchasini qo'llash bilan bog‘liq xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Uning naqadar oqko'ngil, matonatli, fidoyi va kuchli ekanini ravshan his qilasan. B) Kampirni jig:i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan paxtasi bilan chig'irig'ini ko‘tarib, vaysagamcha uyiga kirib ketdi. C) Sport bilan shug'ullanish faqat inson jisminigina emas, balki uning ruhiyatini ham tetiklashtiradi. D) Hazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, tug‘ilib o‘sgan joy, maskan, manzil ma’nolarida ishlatganlar. 14. Qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq xatolikka yo‘l qo'yilgan? A) Imoratning o'pirilib tushgan joylari siniq pishiq g'isht bilan tiklangan edi. B) Tovus o'zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o'zining sharaf va shonini saqlaydi. C) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim. D) Qayerga intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o’sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo'yilgan bo'ladi. 15. Qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq xatolikka vo'l qo'yilgan? A) Tovus o'zini chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa sharaf va shonini saqlaydi. B) Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o'sha yerda ish yaxshi yo'lga qo'yilgan bo‘ladi. C) Imoratning o’pirilib tushgan joylari siniq pishiq g'isht bilan tiklangan edi. D) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim. 16. Qismat bu isnod-u uyat... ayni biz... boshimiz... solgan erkankim. shul zamonda tug'ilganimdan pushaymondaman, musibatli damlarda qulayotgan saltanat tojdori... - siz..., qanot bo'lolmaganimdan ozurda va armondaman. Ushbu parchadagi ko'p nuqtalarning nechtasi o'rnida adabiy til me’yorlariga muvofiq jo'nalish kelishigi qo'shimchasini qo'llash mumkin? A)
A) Bu soxada ko:plab ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. B) Sizdan bu qilgan aybim uchun afv so'ramoqchiman. C) Bu insoning shavqatsizligi hammamng etiroziga sabab bo‘ldi. D) Sizga shuni aytib qo'ymoqchi edimki, tavsifnomangiz yozip qo‘yildi. 18. Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo'lgan kelishik qo'shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) U do'stining gaplarini diqqat bilan eshitdi. B) Xatni olib, ko'k qalam bilan ostiga chizilgan satrlarm o'qidi. C) U mumtoz qo'shiqlarni zavq bilan kuylardi. D) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman. 19. Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo'lgan kelishik qo'shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) U mumtoz qo'shiqlarni zavq bilan kuylardi. B) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman. C) Sen aytgan manzilga avtobus bilan bir soatda borish mumkin. D) U do'stining gaplarini diqqat bilan eshitdi. 20. Qaysi gapda ko'makchini unga ma’nodosh bo'lgan kelishik qo'shimchasi bilan almashtirib bo'lmaydi? A) Xatni olib, ko'k qalam bilan ostiga chizilgan satrni qayta o'qidi. B) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman. C) Bola uyalgani uchun ichkariga kirmadi. D) Sen aytgan manzilga avtobus bilan bir soatda borish mumkin. 21. Bog'da oliy navli, asil olmalar, xilma- xil olchalar, yumshoq, xushbo'y noklar, achchiq va chuchuk anorlar va boshqa mevali daraxtlar ko‘p. Mazkur gapda narsa otlari necha o'rinda qatnashgan? A) 7 B) 5 C) 6 D) 4 22. Ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog'langan uyushiq vositali to‘ldiruvchilar qatnashgan gapni aniqlang. A) Mehmon bir menga. bir bobomga qarab hikoya qilardi. B) Tog:lar goh chap tomoningda, goh o'ng tomoningda paydo bo'lib qoladi. C) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo'lga tushdim. D) U na perrondagi shovqin-suronga, na kulgi, na yig’i-sig‘iga e’tibor berdi. 23. Ayiruv bog:lovchisi yordamida bog'langan uyushiq vositali to‘ldiruvchilar qatnashgan gapni aniqlang. A) U o’zining kelgani haqida na Qurbon otaga, na Siddiqjonga xabar qildi. B) Berdiboy dam tandir, dam o'choq quradi; dam daraxt kesadi, dam taxta tiladi. C) Shodmon aka goh toyga, goh Sheraliga koz tashlab zavqlanar edi. D) U siqilgandan goh ayvonga chiqar, goh uyga kirar edi. 24. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika yutuqlari ko'rgazmasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu gapdagi sodda yasama so!zlar haqida berilgan to‘g;ri ma’lumotni aniqlang. A) Ushbu gapdagi sodda yasama so’zlarning barchasi ot turkumiga mansub. B) Yasama so’zlar ega va aniqlovchi vazifasini bajargan. C) Ushbu gapda ot va fe’ldan yasalgan sodda yasama so'zlar qatnashgan. D) Ushbu gapdagi yasami otlarning barchasi o'rin-joy otlariga mansub. 25. Halollikni va pok yashashni o'zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlardan yomonlik kutmaymiz. Ushbu gap tarkibidagi sodda yasama so'zlar qaysi so'z turkumiga mansubligini aniqlang. A) sifat, ravish, fel B) ot, ravish, fel C) ot, fe'l, sifat D) ot, sifat, ravish 26. Zulfin toblab o’rgan qizlar, Elda davron surgan qizlar. Kaptarday bo’b yurgan qizlar, Qalpoq sotib turgan qizlar, Juringlar. Chambil ketamiz, Turinglar. Chambil ketamiz! Ushbu parcha qaysi xalq dostoni qahramoni nutqidan olingan? A) “Rustamxon” B) “Kuntug’mish” C) “Alpomish” D) “Ravshan” 27. Qaysi javobda “Kuntug'mish” dostonining voqealar bayoni to‘g‘ri berilmagan? A) Xolmo’min Mohiboy va Gurkiboy haqida yaxshi gumonda bo‘lib, ularni o’z uyiga xizmatga olib yaxshilik qiladi. B) To’raning baliq yutgan bolasining ismini sayyodlar o’z oti o’zi bilan deb Mohiboy qo’yishadi. C) Qosim Kuntug’mishga yomonlik qilish maqsadida yo‘l-yo‘lakay daryolardagi barcha qayiqlarni cho’ktirib yuboradi. D) Xasis, xudbin, razil Azbarxo’ja Qur’oni Karimni o’rtaga qo'yib Kuntug’mish bilan do’st tutinadi, ammo xiyonat qiladi 28. Ushbu asar uch qismga bo‘linadi: birinchi qism har xil odamlarning fe:l-atvori va ahvoli haqida; ikkinchi qism yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati to'g'risida; uchinchi qism turli foydali kuzatishlar va misollar haqida. A) “Hayrat ul-abror” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Muhokamat ul-lug'atayn” D) “Lison ut-tayr” 29. Qaysi javobdagi ma’lumot Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror dostoni haqida? A) Ushbu asar tilshunoslikka oid asar sanaladi. Unda ijodkor turk (o'zbek) va fors tillarini solishtiradi. B) Bu asarni muallif “shavq dostoni” deb ataydi. Unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug'lanadi. C) Ushbu asar 3 qismga bo'linadi. Uning uchinchi qismi turli foydali kuzatishlar va misollar haqida. D) Ushbu asar “Xamsa’’ tarkibiga kirgan birinchi doston bo'lib, u falsafiy-ta’limiy doston sanaladi. 30. Bobur o'z yurtiga qaytishga qanchalik urinmasin, unga erisha olmaydi. Minglab odamlarning behuda nobud boiishini istamaydi. Ko'nglida ming bir andisha bilan Hindiston sari yuzlanadi. O‘zini eng baxtsiz odam hisoblaydi va ruboiyda endi begona ellarda yurt so'ramoqchi, podshohlik qilmoqchiligini “xatolik” - xato ishlar deya tasvirlaydi. Ushbu parchada fikr vuritilgan ruboiv qaysi javobdagi misra bilan boshlanadi? A) “Tole yo;qi jonimg'a balolig' bo'ldi” B) “Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen” C) “Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi D) “Hajringda bu tun ko’ngilda qayg'u erdi Download 88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling