O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana29.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1400203
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Achilova O 2



Achilova Odina 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT 
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI 
SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHI 
902- GURUH TALABASINING 
PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL 
PSIXOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN 
 
 
Mavzu:Eksperimentlarni loyihalashtirish.
 
 
QABUL QILDI:
____________. 
TAYYORLADI: ACHILOVA O. 
 
Jizzax – 2023 yil 
MUSTAQIL ISHI


Achilova Odina 

Mavzu: Eksperimentlarni loyihalashtirish 
Reja: 
1. Bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar.
2. Ko‘p darajali eksperimentlar 
3. Faktorli loyihalar. 
4. Foydalanilgan adabiyotlar. 

1. Bir o‘zgaruvchili eksperimentlar 
Oddiy eksperimentda bir mustaqil o‘zgaruvchi ikki darajaga ega bo‘ladi. 
Ayrim tadqiqotchilar mazkur darajalarga mos keluvchi guruhlarni eksperiment 
guruhi va nazorat guruhi deb nomlashni ma`qul ko‘radilar. Ba`zi hollarda nazorat 
sharti – biron-bir ta`sirning mavjud emasligi aniq-ravshan bo‘ladi. Masalan, sizni 
biron-bir dorining xulq-atvorga ta`siri qiziqtirsa, nazorat guruhi bu dorini olmaydi, 
eksperiment guruhi esa – oladi. Bu erda nazorat guruhi kuzatilayotgan effekt 
eksperimentda ishtirok etishining o‘zi bilangina paydo bo‘lmaganini ko‘rsatishga 
ham yordam beradi. Boshqa hollarda, ayniqsa mustaqil o‘zgaruvchining bir necha 
darajalaridan foydalanilganida, qaysi guruhni nazorat guruhi deb nomlash zarurligi 
aniq bo‘lmaydi
1
. Shu sababli odatda, mustaqil o‘zgaruvchini tavsiflash uchun 
daraja atamasi ishlatiladi. Nima bo‘lganda ham biz real eksperimentga ega bo‘lish 
uchun kamida ikki darajadan foydalanishimiz lozim. Aks holda mustaqil 
o‘zgaruvchining o‘zgarishi xulq-atvorda o‘zgarish Yuz berishiga sabab bo‘lgan, 
deb aytish mumkin bo‘lmaydi, chunki taqqoslashni amalga oshirish mumkin emas.
Ma`lumotlarga qaraganda, eksperimental psixologiya endigina paydo bo‘lgan 
davrda bir o‘zgaruvchili va ikki darajali eksperimentlar odatdagi bir hol 
hisoblangan. Fanimiz o‘zining shakllanish bosqichida bo‘lgani bois, tadqiqotchilar 
1
Masalan, biz mustaqil o‘zgaruvchi sifatida jinsni (u sizda qay darajada ifodalangani nuqtai 
nazaridan emas, balki siz ikki jinsdan qaysi biriga mansubligingiz nuqtai nazaridan) qo‘llashga 
qaror qilgan bo‘lsak, kimni nazorat guruhi deb nomlasak, o‘rinli bo‘ladi: erkaklarnimi yoki 
ayollarnimi? Feministlar va ularning raqiblari bu xususda soatlab bahslashishlari mumkin, shu 
bois, undan butunlay uzoqlashish va guruhlarni 1-daraja va 2-daraja deb belgilash, bizningcha, 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Achilova Odina 

mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirining xususiyatini aniqlashdan ko‘ra, umuman mustaqil 
o‘zgaruvchi biron-bir ta`sir ko‘rsatadimi, degan savolga javob topish bilan ko‘proq 
shug`ullanganlar. Boz ustiga, ular yanada murakkab eksperimental omillarni tahlil 
qilish uchun zarur tekshirishlarning statistik metodlarini hali ishlab chiqqan 
bo‘lmagan. Bir qator holatlar uchun metodlar mavjud bo‘lgan, biroq, qoida 
tariqasida, o‘rtacha tadqiqotchiga ular yaxshi ma`lum bo‘lmagan.
Bugungi kunda jurnallarning muharrirlari odatda eksperimentda ta`sirlarning 
ikkitadan ortiq darajalarini ko‘rishga umid qiladilar. Ba`zan juda yaxshi bajarilgan 
ikki darajali eksperimentlar maqbul deb qaraladi (ayniqsa bir nechta 
eksperimentlar to‘g`risida xabar berilganida), biroq tipik eksperiment odatda 
darajalar to‘plamiga ega bo‘ladi. SHunga qaramay ikki darajali eksperimentdan 
birinchi 
qadam 
sifatida 
foydalanishga 
yo‘l 
qo‘yiladi. 
Boshlovchi 
eksperimentatorlar bunday eksperimentni o‘tkazishni o‘rganib olishlari lozim. 
Ayrim hollarda ikki darajali eksperimentlar qimmatli natijalar berishi mumkin.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling