1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 107.5 Kb.
bet10/15
Sana06.04.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1330393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

3. Antropogen omillar – inson o‘zining faoliyati bilan organik dunyoga o‘tkazadigan ta’siridir. U o‘zining hatto shunchaki mavjudligi bilan ham organikdunyoga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, u nafas olish jarayonida o‘simliklar oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan karbonat angidridini chiqaradi, o‘zi esa o‘simliklar yaratgan organik mahsulotlar bilan oziqlanadi.
Insonning yashash muhitiga ta’siri ayniqsa uning ishlab chiqarish faoliyatida kuchli namoyon bo‘ladi. Inson faoliyati natijasida yerning relefi o‘zgaradi, yer, suv va havoning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi, yer usti suvlari oqimining yo‘nalish o‘zgaradi, iqlim o‘zgaradi, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘zgaradi va hokazolar. Qisqasi, inson tabiatga kuchli ta’sir o‘tkazuvchi va uni o‘zgartiruvchi qudratli omildir. Hozirgi kunda butun bir Sayyoramizning tinch – omonligi inson omiliga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Bir omilning o‘zi bir joyda yashayotgan har xil turdagi organizmlarga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: kuchli shamol yalanglik joyda yashovchi yirik hayvonlarga yomon ta’sir qiladi, lekin u o‘sha joyda yashovchi mayda hayvonlarga deyarli ta’sir qilmasligi mumkin, chunki mayda hayvonlar shamol turishi bilan yerdagi kavaklarga va turli to‘siqlar ostiga kirib, bekinib olishi mumkin.
Ko‘pgina omillar joy va vaqtga ko‘ra o‘zgarib turadi. Bularga misol qilib yorug‘lik, harorat, namlik, shamol, yog‘ingarchilik, ozuqalar, yirtqichlar, parazitlar, raqiblar va boshqalarni keltirish mumkin. Aytilgan omillarning o‘zgarib turishi asosan davriy ravishda muntazam sodir bo‘ladi. Masalan: yorug‘lik va harorat sutkaning ma’lum vaqtlari bo‘ylab davriy ravishda o‘zgarib turadi. Ozuqalar, yirtqichlar va raqiblar ham sutkaning ma’lum vaqtlari bo‘ylab davriy o‘zgarib turadi. Tungi yirtqichlar o‘ljani faqatgina tunda ovlaydi, kunduzi esa bu omilning ta’siri bo‘lmaydi: kunduzgi yirtqichlarda buning teskarisi sodir bo‘ladi va x.k.z. SHamol, namlik va yog‘ingarchilik yilning fasllari bo‘ylab davriy ravishda sodir bo‘ladi. Ammo shunday omillar ham borki, ular nodavriy ravishda, tasodifan sodir bo‘ladilar. Bunga misol qilib dovul turishi, jala quyish, yer silkinishi va shunga o‘xshash tabiiy ofatlarni keltirish mumkin.
Ekologik omillarni ularning organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siriga ko‘ra 4 guruhga bo‘lish mumkin:
qitiqlovchilar: organizmni qitiqlab, unda fiziologik va biokimyoviy o‘zgarishlarni sodir qiladi, natijada organizm ularga moslashib oladi. Masalan: ayeroport, temir yul yoki avtomagistral yaqinida yashovchilar o‘sha joyning shovqiniga moslashib olganlari uchun ham unga ortiqcha e’tibor byerishmaydi;
o‘zgartiruvchilar (modifiqatorlar) organizmga ta’sir etib, unda anatomik va morfologik o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Masalan: daraxtning o‘sishiga biror g‘ov xalaqit byersa, u g‘ovning yonidan aylanib, qiyshiq o‘sadi;
cheklovchilar organizmga ta’sir ko‘rsatib uning muayyan muhitda yashashiga imkon byermaydi. Masalan; har bir turdagi hayvon ma’lum bir arealda yashashga moslashgan bo‘lib, bu areal tashqarisidagi joyning biror bir omili-iqlimi, ozuqasi yoki boshqa omili uning bu yerlarda yashashini cheklaydi. Masalan: Buxoro shahri va uning yaqin atrofidagi hududlarda botqoqliklarning quritilishi bu yerda ko‘plab yashagan laylaklarni ozuqa omilidan mahrum qilib, ularning yashashishini chekladi va boshqa hududlarga ketib qolishga majbur qildi;
xabardor qiluvchilar organizmni muhitning boshqa omillari o‘zgarishidan xabardor qiladilar. Masalan: havoda bulutning paydo bo‘lishi yomg‘ir yog‘ib, namlik ortishidan xabardor qiladi. Bu esa baqa va shunga o‘xshash namsevar hayvonlarga ta’sir qilib, ularning faolligini oshiradi.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling