1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 107.5 Kb.
bet12/15
Sana06.04.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1330393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

2. Libixning pessimum qonuni. Ekologik omilning yoqimli ta’sir darajasi optimumdan uzoqlashib borgan sari u organizmga yoqimsiz tuyula boshlaydi va hatto zarar ham byera boshlaydi. Uning zarar byeradigan darajasi omilning ekologik pessimumi deyiladi. Masalan: havodagi ozon gazining optimal miqdori 0,0001 mg/l bo‘lib, bunday havo odam uchun yoqimli va shifobaxsh hisoblanadi. Biroq, havoda ozon miqdorining ko‘payishi organizmga salbiy ta’sir qiladi - bu miqdor 0,02-0,03 mg/l bo‘lganida esa odamning nafas yo‘llari yallig‘lanib, zotiljam kasalligi kelib chiqishi mumkin. Qonunni nemis kimyogari YUstus Libix asoslagan.
3. SHelfordning cheklovchi omillar qonuni. Omil ta’sirining pessimumi organizm bardosh byera oladigan darajadan oshganda, ya’ni kritik nuqtaga etganda organizmni halokatga olib kelishi ya’ni uning hayotini cheklashi mumkin. Qonun «Tolyerantlik qonuni» ga mos bo‘lib, uni amyerikalik zoolog Yernst SHelford asoslagan.
4. Kommonyer qonuni. Bu qonun ekologiyada o‘rganilishi zarur bo‘lgan qonunlardan biri bo‘lib, u to‘rt qismdan iborat: 1) barchasi o‘zaro bog‘liq (tabiatdagi barcha hodisalar o‘zaro dialektik bog‘lanishda bo‘lib, birining o‘zgarishi ikkinchisiga ham ta’sir ko‘rsatadi). Bu qism «Ekologik korrelyasiya qonuni», «Ichki dinamik muvozanat qonuni» va «Tabiatning zanjir reaksiyasi qonuni»ga mos keladi; 2) barchasi qayergadir yo‘qolib ketadi (tabiatdagi barcha resurslar doimiy o‘zgarishda bo‘lib, bir turdan ikkinchi turga o‘tib turadi). Bundan xulosa shuki, mutloq chiqindisiz texnologiya bo‘lishi mumkin emas; 3) tabiat yaxshiroq «biladi» (inson tabiat sirlarini tabiatning o‘zichalik yaxshi bilmaydi). Bundan xulosa shuki, insonning tabiat qonunlarini chuqur o‘rganmasdan turib unga aralashishi ekologik fojiaga olib kelishi mumkin; 4) biror narsa ham o‘z-o‘zidan byerilmaydi (insonning tabiatdan olganlari o‘ziga qaytarib byerilishi kyerak). Bundan xulosa shuki, tuproqdan hosil olish davomida unga o‘g‘it kiritib, undan hosil bilan chiqib ketgan kimyoviy elementlar o‘rnini to‘ldirib turish zarur.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling