1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 107.5 Kb.
bet11/15
Sana28.09.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1689095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

3.3. Asosiy ekologik qonunlar
Atrof muhitda hukm suradigan ekologik qonunlarni o‘rganish ekologiya fanining bosh maqsadi hisoblanadi. Bu qonunlar turli-tuman bo‘lib, ulardan asosiylari quyidagilar:
1. Optimum qonuni. Bu qonun organizmga ijobiy ta’sir etadigan omilning me’yorda bo‘lishi zarurligini bildiradi. Omil darajasining meyordan kam bo‘lishi organizmga etarlicha ta’sir ko‘rsata olmasligiga olib kelsa, uning ko‘p bo‘lishi esa zaharli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bir xildagi omilning, masalan: haroratning, optimumi turli xil organizmlar uchun turlicha bo‘ladi. Bir turdagi organizm uchun zarur bo‘lgan optimum boshqa tur uchun kamlik yoki ko‘plik qilishi mumkin. Janubiy mamlakatlarda o‘suvchi xurmo daraxti uchun belgilangan harorat optimumi shimolda o‘suvchi boshqa turdagi daraxtga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Organizmlarning ekologik omillar ta’siriga bardosh byera olish darajasi ya’ni moslasha olish diapazoni ekologik valentlik, ekologik plastiklik yoki organizmlarning tolyerantligi (lot. tolyerantia - chidam), deb aytiladi. Ekologik valentlik turli xil organizmlarda turlicha bo‘ladi. Masalan: tundrada yashovchi shimol tulkisi (pesets) haroratning 800S o‘zgarishiga (+30-550S) chidagani holda, iliq suvlarda yashovchi qisqichbaqa haroratning atigi 60S o‘zgarishiga (+23+290S) chidayoladi, xolos. Ekologik valentligi keng bo‘lgan organizmlar oldiga «evri» (gr.eurys - keng) qo‘shimchasi qo‘yiladi, tor bo‘lganlariga esa «steno» (gr. stenos - tor) qo‘shimchasi qo‘yiladi. SHunga ko‘ra: evrityermlar – harorat o‘zgarishiga chidamlilar; stenotyermlar unga chidamsizlar; evribatlar – bosim o‘zgarishiga chidamlilar; stenobotlar – unga chidamsizlar; evrigalinlar – sho‘rlikning o‘zgarishiga chidamlilar: stenogalinlar – unga chidamsizlar va h.k.z. Bu tushunchani umumlashtirib, turli xildagi sharoitlarga keng moslasha oladigan organizmlarni «evribiontlar», faqat ma’lum bir sharoitdagina yashay oladigan organizmlarni esa «stenobiontlar» deb atash mumkin.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling