1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 107.5 Kb.
bet13/15
Sana28.09.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1689095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

Ekologik nisha. Ekologik nisha atamasini fanga amyerika ekologi Djozef Grinell kiritgan (1917 y.). Bu tushunchani turli ekologlar turlicha izohlaganlar. Masalan, Dj. Grinell uni turning makonni egallashi, deb taklif etgan. Ekologik nishani CH. Elton turning birlashmada tutgan o‘rni deb bilib, bunda asosiy e’tiborni trofik ya’ni oziqa aloqalariga qaratadi. Dj. Xatchinson uni turning normal yashashi uchun imkoniyat yaratib byeradigan ko‘p o‘lchamli makon deb qabul qilgan. Ekologik nisha to‘g‘risidagi keyingi ma’lumotlar oldingilarini inkor etmagan holda, ularni to‘ldiradi. Masalan, K.M. Sыtnik fikricha ekologik nisha – bu organizmlarning egallagan maydoni, ularning birlashmadagi funksional roli, tashqi muhit omillarining ta’siriga moslashuvi, fiziologik reaksiyasi va hatti-harakatlaridir. G.V.Stadnitskiy va A.I.Rodionov bu tushunchani qisqa qilib, u yoki bu turning yashash sharoitlarini belgilovchi muhit xususiyatlarining majmui, deb talqin qildilar. Xulosa qilib aytganda, ekologik nisha – bu turni barcha hayot sharoitlari bilan ta’minlovchi yashash muhiti va turning undagi funksional o‘rnidir. O‘z ekologik nishasini egallagan tur shu makondagi boshqa turlar bilan raqobatga kirishmaydi. Biror turning u yoki bu ekonishiga mansubligi avvalo uning oziqlanish xaraktyeri hamda ozuqani topish usullariga bog‘liq. Masalan, dashtlardagi o‘simlikxo‘r organizmlar bir maydonni egallasalarda, ularning har xil turlari o‘simlikning har xil qismlari bilan oziqlanadilar – tuyoqlilar bo‘yi baland to‘yimli o‘tlarni iste’mol qiladi, shu yerdagi sug‘urlar tuyoqlilar istemolidan qolgan pastroq o‘tlar bilan oziqlanadi, yumronqoziq va undan mayda kemiruvchilar esa tuyoqlilar va sug‘urlardan qolgan mayda o‘tlarni yig‘adi. SHunday qilib, bir maydonda yashovchi o‘txo‘r hayvonlar o‘rtasida o‘simliklar biomassasidan foydalanish chegarasi va tartibi kelishib olingan, deyish mumkin. Bu yerda bir ekonisha ikkinchisini to‘ldiradi va natijada o‘simliklar biomassasidan to‘liq foydalaniladi. Biogeotsenozdagi hayot sharoitlarining o‘zgarishi natijasida unga moslashish tariqasida organizm o‘z ekonishasini o‘zgartirishi ham mumkin. Masalan, havo harorati pasayib, ozuqa o‘ta kamayib qolgan davrlarda tungi hayvonlar kunduzi ham faol hayot kechiradilar.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling