1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Ekologiya fanining bo‘lim va tarmoqlari


Download 107.5 Kb.
bet3/15
Sana28.09.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1689095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

Ekologiya fanining bo‘lim va tarmoqlari
Ekologiya ko‘p tarmoqli fan. Hozirgi kunda u o‘rganadigan sohalar ko‘payib, yangi-yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda.
Ekologiya fani 4 asosiy bo‘limdan iborat. Ular – umumiy ekologiya, global ekologiya, regional ekologiya va evolyusion ekologiya.
Umumiy ekologiya o‘z navbatida quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: faktorial ekologiya (autekologiya), populyasion ekologiya (sinekologiya) va biogeotsenologiya.
1. Faktorial ekologiya organizmni o‘rab turgan muhit omillari (faktorlari)ning organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi. Bu omillarga ekologik omillar deyiladi. Ular ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
abiotik omillar – bularga jonsiz tabiat omillari kiradi. Masalan, namlik, yorug‘lik, harorat, havo va havo to‘lqinlari, edafik, gidrofizik va gidrokimyoviy omillar; biotik omillarbularga tirik tabiat omillari, ya’ni o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan organizmlar kiradi.
Abiotik omillar orasida organizmga tez va jiddiy ta’sir ko‘rsatadiganlari namlik, yorug‘lik va haroratdir. Organizmlar muhitning bu omillariga minglab yillik evolyusiya davomida moslashib olgan. SHuning uchun ham, masalan, tropikadagi organizmlar shimoliy kengliklarda yashay olmaydi va, aksincha. CHunki bu kengliklarda namlik, yorug‘lik va harorat bir-birdan keskin farq qiladi.
Omillar ichida ayniqsa namlikning ta’siri katta. Namlik uch xil ko‘rsatgichda bo‘ladi: mutloq namlik, eng yuqori namlik va nisbiy namlik. Mutloq namlik – bu 1m3 havo tarkibidagi o‘rtacha namlik. Eng yuqori namlik – bu 1m3 havoni to‘yintirish uchun sarflanadigan namlik hisoblanadi. Amalda ko‘proq nisbiy namlik tushunchasi qo‘llaniladi. Bu – mutloq namlikning eng yuqori namlikka nisbatan foiz hisobida olingan miqdoridir. Boshqacha aytganda nisbiy namlik havoning suv bug‘lari bilan to‘yinganlik darajasini belgilovchi foizli ko‘rsatkich hisoblanadi.
Tabiatdagi turli tirik organizmlarning suvga nisbatan ehtiyoji turlicha bo‘ladi, chunki ular turli namlik sharoitida yashashga moslashganlar. Bu jihatdan organizmlarni bir qancha ekologik guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, gidrofillar faqat suvda yashaydilar; gigrofillar – namligi juda yuqori bo‘lgan quruqlik sharoitida yashaydilar; mezofillar – namligi mo‘‘tadil ya’ni o‘rtacha bo‘lgan sharoitni yoqtiradilar; ksyerofillar – namligi kam yoki juda kam bo‘lgan qurg‘oqchil sharoitda yashaydilar.
Organizmlarning yashashi, rivojlanishi va Yer yuzida tarqalishini belgilovchi omillardan biri haroratdir. CHunki organizmdagi modda almashinuv jarayoni undagi atom va molekulalarni harakatga keltiruvchi omil haroratdir. Turli organizm turlicha haroratli sharoitga moslashgan. Bu jihatdan organizmlarni ikkita ekologik guruhga bo‘lish mumkin: tyermofillar – issiqsevar organizmlar bo‘lib, bularga ko‘pchilik mikroorganizmlar, hasharotlar va ularning lichinkalari kiradi; kriofillar – sovuqqa chidamli bo‘lib, ular – 80 – 100 S da ham o‘zlarining aktiv faoliyatini davom ettiradilar. Bularga qutblarda va baland tog‘larda yashovchi baktyeriyalar, zamburug‘lar, mox va lishayniklar misol bo‘ladi. Tyermofillik va kriofillik orasida bir qancha oraliq shakllar ham mavjud.
Muhim ekologik omillardan yana biri yorug‘lik, ya’ni quyosh radiatsiyasi bo‘lib, bu omil barcha tirik mavjudotlar uchun yagona enyergiya manbai hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra quyosh sirtidagi harorat 50000S bo‘lib, undan har gektar maydonga yilida o‘rtacha 9 mlrd. kaloriya enyergiya etib keladi. Uning qariyb yarmi ko‘zga ko‘rinadigan (to‘lqin uzunligi 0,40-0,076 mkm) nur bo‘lib, qolgani ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil (50%), ultrabinafsha (1%) va radioaktiv nurlardir. Bu nurlar organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, to‘lqin uzunligi 0,25-0,30 mkm bo‘lgan ultrabinafsha nurlari organizmda «D» vitaminining hosil bo‘lishiga yordamlashadi, uning to‘lqin uzunligi 0,20-0,30 mkm bo‘lgan nurlari mikroorganizmlarni halok qiladi (jarrohlikda qo‘llaniladigan kvars lampalari shunga asoslangan), to‘lqin uzunligi 0,38-0,40 mkm bo‘lgan nurlari esa fotosintez jarayoniga qatnashadi.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling