1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 107.5 Kb.
bet9/15
Sana28.09.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1689095
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
1мавзу сиртқи

YAshash sharoiti – muhitning organizmlar hayoti uchun zarur bo‘lgan va unga bevosita ta’sir etadigan tarkibiy qismlari bo‘lib, organizm ularsiz yashay olmaydi. Muhitning bunday tarkibiy qismlariga ekologik omillar deyiladi.
Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi
Ekologik omillar tabiatda bir-biridan ajralgan holda emas, balkim yaxlit holda birgalikda ta’sir ko‘rsatadi va organizmlarning yashash sharoitini belgilaydi. Turli organizmlar bu omillarni turlicha qabul qiladi ma’lum bir omilni har xil qabul qilishi mumkin. Masalan, issiqsevar o‘simliklar sovuq iqlimda o‘sib rivojlana olmaydi va aksincha. SHo‘r suvda yashashga moslashgan dengiz va okean baliqlari daryodagi chuchuk suvda yashay olmaydi va hokazolar. Ekologik omillar o‘z xususiyatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
1. Abiotik omillar – bu o‘lik tabiatga tegishli omillardir. Bular o‘z navbatida 3 turga bo‘linadi:
kimyoviy omillar (suvning, havoning va tuproqning kimyoviy tarkibi)
fizikaviy omillar (harorat, yorug‘lik, bosim, namlik, shamol, suvning oqimi, radiatsion rejim va boshqalar)
geologik omillar (joyning relefi)
YUqorida keltirilgan abiotik omillar organizmlarga o‘z ta’sirini o‘tqazib, ularni evolyusion taraqqiyot davomida o‘ziga moslashtirib olgan. Bular orasida organizmlar soni va uning biomassasini tartibga solib turuvchi omillar borki, ma’lum bir maydonda organizmlarni ko‘p yoki oz bo‘lishi ana shu omillarga bog‘liq. Masalan: cho‘ldagi hayvonlar soni u yerda suvning mavjud bo‘lishiga bog‘liq, suvda yashaydigan ayerob organizmlarning miqdori o‘sha suvda yerigan kislorodning miqdoriga bog‘liq va hokazo.
2. Biotik omillar – bu tirik tabiatga tegishli omillardir. Bu omillarga organizmlarning o‘zaro ta’sir shakllari kiradi. Har bir organizm qaysi muhitda yashashidan qat’iy nazar, doimo boshqa organizmlarning ta’sirida bo‘ladi va o‘zi ham ularga ta’sir o‘tqazib turadi, ya’ni barcha tirik organizmlar bir-biri bilan doimo o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bu ta’sir turli organizmlar o‘rtasida turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘simliklar o‘simlikxur hayvonlarga em bo‘ladi, o‘txo‘r hayvonlar yirtqichlarga o‘lja bo‘ladi, xo‘jayin organizmi parazit uchun, yirik o‘simliklar esa ular tanasiga chirmashib yashovchi epifitlar uchun yashash muhiti sifatida ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik gullari hasharotlarni ozuqa bilan ta’minlaydi va ayni paytda hasharotlar o‘sha gullarni changlantiradi. SHunga o‘xshash misollarni tabiatdan behisob keltirish mumkin. Organizmlarning o‘zaro ta’sirda bo‘lishi biotsenoz va populyasiyalar hayoti uchun muhimdir.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling