P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)



 
 
 
 
 
 
 
 
 
P A R A Z I T O L O G I YA 
fanidan ma’ruzalar matni 


SO’Z BOSHI 
Parazitologiya zoologiyaning amaliy fanlaridan biri bo’lib, u odam, hayvon va 
o`simliklarda parazitlik qilib, turli kasalliklarni paydo qiladigan hayvonlarni va 
ularga qarshi kurash choralarini o`rganadigan fan. 
Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo’lib, 
hayvon yoki o’simliklarning turli vakillari orasidagi o’zaro munosabatning o’ziga xos 
ko’rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm hisobiga oziqlanishidan 
iborat. Xo’jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi va shuning 
uchun parazitning hayoti xo’jayin organizmining hayoti va xolati bilan chambarchas 
bog’liq bo’ladi. Bu xolat esa uzoq evolyusion taraqqiyot davomida shakllangan 
bo’lib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, bioximik, ekologik, genetik 
munosabatlar va o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Keyingi yillarda parazitologiya fani 
xalq xo’jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi 
muhim muammolarning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning tibbiyot 
parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogel’mintologiya kabi soxalari jadal 
rivojlanib bormoqda. SHuning uchun bo’lajak biolog-o’qituvchilar parazitologiya 
soxasida ham chuqur bilimga ega bo’lishlari lozim. 
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan asosan - sarkomastigoforalar
sporalilar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida, hamda 
ko’p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikan boshlilar, to’garak 
chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq 
xo’jaligiga, birinchi navbatda madaniy o’simliklarga va chorvachilikka katta zarar 
keltiradi. Parazitlar ta’sirida o’simliklar xosildorligi va chorva mollarining 
maxsuldorligi keskin kamayadi, xatto ularni nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson 
salomatligiga ham salbiy ta’sir etib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling