P a r a z I t o L o g I ya
Trixomonadalar (Trichomonas)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Trixomonadalar (Trichomonas) - trixomonadoz kasalligini chaqiruvchilar
bo’lib, uch turni o’z ichiga oladi: 1.Ichak trixomonadasi - Trichomonas hominis; 2. qin trixomonadasi - Trichomonas vaginalis; 3.Og’iz trixomonadasi - Trichomonas tenax. Ichak trixomonadasi odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. qin trixomonadasi esa ayol va erkaklarning siydik va jinsiy yo’llarida hayot kechiradi. Trixomonadalarning tanasi oval shaklida bo’lib, orqa qismi ingichkalashib ketgan. Uzunligi 5-10 mkm (ichak trixomonadasi) va 15-30 mkmgacha (qin trixomonadasi) bo’ladi. 14 Oldingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan bo’lib, yadro oldida blefaroplast yotadi. Barcha xivchinlilar sinfi vakillari singari trixomo-nadalarning harakat organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchin-larining soni 4-5 ta bo’lib, ulardan bittasi to’lqinsimon parda bo’ylab orqaga qayrilgan. Sitoplazmasida xazm qiluvchi vakuolalari bor. Trixomonadaning tanasi bo’ylab uzunasiga ketgan tayanch o’zak aksostil joylashgan, cheti bo’ylab to’lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi. qin trixomonadasi va og’iz trixomonadasining to’lqinlanuvchi membranasi qisqa bo’ladi. Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi, ya’ni oziq moddalarni tananing butun yuzasi bilan shimadi (osmatik usulda) yoki hujayra og’zi - sitostom orqali (qamrab olish usuli bilan). Lekin xozirga qadar qin trixonomadasining sistostomi aniqlanmagan. Trixonomadalar uzunasiga bo’linish (mitoz) yo’li bilan jinssiz ko’payadi. Sistalar xosil qilishi aniqlanmagan. Ichak trixonomadasi odamlarda xavfli kasalliklarni keltirib chiqarmaydi, lekin kolit (ich qotish) kasalini tezlashtiradi. Ichak trixonomadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak trixonomadasiga tashxis qo’yish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib, vegetativ shakllari aniqlanadi. Qin trixonomadasi hamma joyda tarqalgan. Ular erkak va ayollarning siydik yo’llarida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40%, erkaklarda esa 15% ni tashqil qiladi. Qin trixomonadasi shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va jinsiy aloqa vaqtida o’tadi. Tashxis qo’yish uchun bemorning siydik va jinsiy yo’llaridan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi. Og’iz trixonomadasining patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og’iz bo’shlig’i va tish kasalliklari (gingvit,paradontoz, tish kariesi bilan kasallangan bemorlar) odamlarda ko’proq uchrab turadi. SHuning uchun stomatologiya korxonalarida og’iz trixomonadasini aniqlash usullariga aloxida e’tibor berish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling