P a r a z I t o L o g I ya
toksoplazmalar (Toxoplasma gondii)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toksoplazmalar (Toxoplasma)
toksoplazmalar (Toxoplasma gondii) va qushlar hamda sutemizuvchilarning
muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya’ni go’sht sporalilari avlodlari ham kiradi. Tug’ma toksoplazmozda kasallik ona organizmidan xomilaga o’tadi va xomilaning nerv sistemasi, ko’zlari va boshqa a’zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki o’lik yoxud mayib-majrux bo’lib tug’iladi. Toksoplazmada tirik tug’ilgan bola aqlan va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnevmaniya, meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiya kabi og’ir kasalliklar kuzatiladi. Orttirilgan o’tkir toksoplazmoz esa terlamaga o’xshash kechib, bemor isitmalaydi, tomog’i og’riydi, jigari va talog’i shishadi yoki ko’pincha nerv sistemasi zararlanib, boshi og’riydi, qayt qiladi, falajlanadi. Xronik toksoplazmada, odatda, bemorning gavda harorati uzoq vaqt yuqori bo’ladi, boshi, tomog’i, mushaklari og’riydi, limfa tugunlari va jigari shishadi. Mexnat faoliyati susayadi. SHuningdek, bemor 17 psixikasining buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko’zi, yuragi zararlanishi mumkin. Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini olish uchun uy hayvonlarini sanitariya nazoratida saqlash, xomilador ayollarni tibbiyot ko’rigidan o’tkazish zarur. Hayvonlardan - qo’y, echki, cho’chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar, parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik ona hayvonlardan bolasiga sut orqali, bir-biriga yaqin bo’lish hamda turli kemiruvchi va xasharotlar orqali o’tadi. Kasal hayvonda yo’ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy xolsizlanish, organizm uvishishi va teri zararlanishi kuzatiladi. Toksoplazmalar (Toxoplasma) urug’iga bitta Toxoplasma gondii turi kiradi. Toksoplazmalar mushuk va boshqa mushuksimonlar oilasi vakillarining ingichka ichagida murakkab rivojlanish davrlarini o’tib, undan 2 ta sporali oosista - sporozoitlar xosil bo’lishi bilan tugaydi. Parazitni dastlab 1908 yili fransuz olimlari Nikol va Manso kemiruvchilarda aniqlashgan. Toksoplazmalarning rivojlanishi xo’jayin almashtirish bilan boradi, ya’ni mushuklar parazitning asosiy xo’jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa parazitning oraliq xo’jayinlari hisoblanadi. Umumiy po’st bilan o’ralgan merozoitlar to’plami sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan organlarda yoki hayvonlar so’lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo’ladi. Hayvonlar sistalarni yutganida yoki kasal hayvonlarni eganida parazitni yuqtiradi. Sistalar organizmga terining jaroxatlangan joylaridan ham o’tishi mumkin. Sutemizuvchilarda esa toksoplazmalar yo’ldosh orqali ona organizmidan embrionga o’tadi. Ayrim xollarda toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin. Toksoplazmalarning jinsiy ko’payishi faqat mushuklar organizmida o’tadi. Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o’zlariga yuqtiradi. Mushuk organizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo’lganidek jinsiy ko’payish va sporosistalar xosil bo’lishi bilan tugallanadi. Toksoplazmalarning rivojlanishida jinssiz ko’payish ustun turadi. Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo’zg’atadi. Toksoplazmalar odamga ovqat maxsulotlari (go’sht, sut, tuxum) va kasal uy hayvonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o’tib, meda - ichak yo’llariga tushadi. Parazitlar ichak devorlarini teshib limfa va qon tomirlari orqali turli organlar (bosh miya, orqa miya, jigar, taloq, buyrak, mushak va bosh.) hujayralari sitoplazmasida rivojlanib, to’qimalarni yallig’lantiradi. Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta’sir ko’rsatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmaydi, ayrimlari esa juda ta’sirchanligi tufayli xalok bo’lishi mumkin. Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuklar katta o’rin tutadi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi va ko’zning shikastlanishiga sababchi bo’ladi. Odam va boshqa sutemizuvchilar embrioni ona qornida toksoplazmoz bilan zararlanganida tushib ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og’ir jaroxatlanadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling