P a r a z I t o L o g I ya
SHizogoniya (jinssiz ko’payish davri)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
SHizogoniya (jinssiz ko’payish davri). Maxsuldor hayvonlar, jumladan
quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya oosistalarini yutib yuboradi. Oosista ichida 4 ta spora va har bir spora ichda 2 tadan sporozoitlar bo’ladi. quyon ichida oosistaning qobig’i erib ketib, sporalarning po’sti yoriladi va ulardan duksimon ko’rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi va yumaloqlanib, o’sib xajmi kattalashadi hamda yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) bo’linadi. Yadrolar soniga qarab sitoplazma ham o’shanchaga bo’linadi va yangi avlod, ya’ni merozoitlar shakllanadi. Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib qaytadan sog’lom epitelial hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo’l bilan ikkinchi generasiyani xosil qiladi. SHunday usulda jinssiz ko’payish 4-5 marta takrorlangandan keyin merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) xosil bo’la boshlaydi. 16 Gametogoniya (jinsiy yo’l bilan ko’payish davri). Epitelial hujayralarga kirib olgan bir gurux merozoitlardan makro va mikrogametositlar xosil bo’ladi. Keyinchalik har qaysi makrogametositdan bitta makrogameta va har qaysi mikrogametositdan esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo’lgan bir nechta harakatchan mikrogametalar xosil bo’ladi. Mikrogametalar epiteliya hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo’shiladi va natijada zigota xosil bo’ladi. Zigota qobiqqa o’ralib oosistaga aylanadi va ichak bo’shlig’iga chiqadi. Sporogoniya. Koksidiyalarning oosistalari faqat kislorodli muhitda rivojlanadi. SHu sababli oosista xo’jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Oosistaning ikki qavatli po’sti ximoya vazifasini bajaradi. qulay sharoitda oosista rivojlana boshlaydi. Dastlab yadrolar 4 taga bo’linadi, ma’lum vaqtdan keyin sitoplazma ham yadrolar soniga qarab 4 ga bo’linadi va oosistada sporoblastlar shakllanadi. Keyinchalik sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitlar xosil bo’ladi. SHunday qilib, sporogoniyada har bir oosistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit voyaga etadi. Oosista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo’lib qoladi. Bunday invaziyali oosistalar hayvonlarning ichagiga tushganda sporalardan va oosistadan sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi. Koksidiyalarning 10 tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo’y va echkilarda, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashligi aniqlangan. Baliqchilikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan Eimeria sardinae va Isospora urug’i turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalar koksidioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlarning ishtaxasi pasayadi, o’sishi susayadi, ich ketish, kam qonlik kuzatiladi, hayvon ozadi. Hayvonlarni zich joylashtirish, binolarning zax bo’lishi, koksidiyalar uchun qulay sharoit vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi. Kasallangan hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furasetin va boshqa preparatlar bilan davolash hamda zoogigiena qoidalariga rioya qilish kerak. Molxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. Xo’jaliklarda mol boqish dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to’yimli em-xashaklar bilan boqiladi. Koksidiyalar turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan odamlarning jigari, talog’i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug’diruvchi Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling